Rivojlanib borayotgan global raqobat sharoitida har bir tashkilot o’zining
puxta ish uslubiga hamda strategik, taktik yo’nalishlariga ega bo’lishi talab etiladi.
Bu esa o’z navbatida tashkilotlarning raqobatda “jon saqlab qolish”ida hamkorlik
Mitra shunday qoplama ishlab chiqarishga yordam berdiki, bu qoplama tish
qobig’ini va nur yordamida o’rnatiluvchi tsement materiallarini himoya qiladi.
Shunga qaramasdan, kosmetik stomatologiya ommalashgani uchun, u stomatolog
xohlagan darajadagi kuch va tabiiylikka ega bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarish
uchun imkoniyat seza boshladi. Mitra dastavval 3M kompaniyasining 7000 ga
ma’lumotlar ba’zasi bilimlarni butun kompaniya bo’ylab o’rtoqlashishga imkon
Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 298-299-bet.
40
moliyalashtirilgan forumlarda yuz buradi. Bu forum butun dunyodagi olimlarni
bir-biriga bog’laydi”. Bu erda esa Mitra kompaniyaning boshqa bo’limlaridagi
mutaxassislarga tegishli kerakli ma’lumotlarni topa oldi. 3M kompaniyasining
tadqiqotchilarni bog’lovchi o’z sayti ham bo’lib, Mitra buni “3M tadqiqotchilari
uchun yaratilgan LinkedIn”sifatida tasvirlaydi. Tadqiqot markazi va Forum
Mitraning tadqiqoti uchun foydali bo’ldi. O’z tadqiqotlarini boshlaganidan 3 yil
o’tib, 3M kompaniyasi Filtek Supreme Plus ni taqdim qildi, bu juda kuchli, yorqin
material bo’lib, ilk marotaba u o’zida nanoqismlarni mujassamlashtirdi. 3M
kompaniyasida, ishchilar o’zaro hamkorlik qiladilar va muvaffaqiyatlariga qarab
ko’tariladilar. Kompaniya tadqiqotchilari o’rtasidagi bunday hamkorlik qator
yangiliklarning ochilishiga olib keldi.
Aytish mumkinki, bugungi kunda ishlash jarayoni butkul o’zgarib ketdi.
Garchi vazifalarning samarali bajarilishi muhim bo’lishiga qaramasdan,
tashkilotlar uning qanday bajarilishiga ham moslasha olishi kerak. Tan olish
kerakki, bugungi kunda innovatsiyani tezlik bilan o’rganish va uni bozorda
qo’llash juda ham muhim ahamiyatga egadir va bu bilan siz nima uchun
buyruqbozlik zanjiriga asoslanuvchi yuqoridan pastga qarab qaror qabul qilish
tizimi yaxshi ish bermasligini tushunib olasiz.3M kabi ko’pgina tashkilotlar
o’zlarida ishchilar o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqdalar. 11-3 jadval
hamkorlikda ishlashning ijobiy va salbiy tomonlarini ifoda etadi.Hamkorlik ichki
bo’lishi (tashkilot ichidagi ishchilarning orasida) yoki tashqi (har qanday aktsioner
bilan) bo’lishi mumkin. Har ikki holatda ham, ishchilar hamkorlik qanchalik
tashkilotning strukturasiga to’g’ri kelishini va hamkorlikda ishlash bilan bog’liq
muammolarni anglab olishlari zarur. Hamkorlikning har bir turiga alohida nazar
solib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: