menejer bo’lib ishlayotganligida, o’z ishiga borib kelish uchun ertalab va
kechqurun jami 1,5 soat vaqt sarflar edi. Hozirda esa, u o’z garajini ofisga
aylantirib oldi va endi masofadan turib ishlamoqda. U kompaniya ofisiga borishiga
to’g’ri kelgan kunlarda, u o’z joyini o’ziga bo’ysunuvchi, o’zgaruvchan vaqt
asosida ishlovchi 3 ta xodimi bilan bo’lishadi. Texnologiya bugungi kunda
masofadan turib ishlashga imkon bermoqda va tashqi ta’sirlar tufayli ko’pgina
tashkilotlar bunga majbur bo’lmoqdalar. Masofadan turib ishlash – bu ishchining
o’z uyidan turib, ish joyiga kompyuter orqali bog’lanib ishlashidir. Garchi barcha
ishlarni bu shaklda tashkil qilishning iloji bo’lmasada, ko’pgina ishlarni bu tarzda
mumkin, ammo bunday ish hammaga ham taklif qilinavermaydi. Hozirda esa,
45
ko’pchilik kompaniyalar uchun masofadan turib ishlash biznes uchun ehtiyojdir.
Masalan, SCAN Health Plan kompaniyasida,kompaniyaning bosh hisobchisi
aytishiga qaraganda, qo’shimcha ishchilarni masofadan turib ishlash asosida ishga
olish ko’shimcha o’zgarmas xarajatlar (qo’shimcha ofis xonalari, jihozlar) paydo
bo’lishining oldini oldi. Qo’shimchasiga, bu qimmat yoqilg’i xarajatlaridan
qochish va ko’proq erkinlik xohlovchi iqtidorli ishchilarni jalb qilish imkonini
berdi
11
.
Buning ochiqchasiga qo’llanilishiga qaramasdan, ko’pchilik menejerlar
ishchilarning
noutbuklarga
bog’lanib
qolishlariga
qarshidirlar.Ularning
ta’kidlashicha, ishchilar ko’proq vaqtini internetni titkilash yoki onlayn o’yinlar
o’ynash bilan o’tkazib yuboradilar. Natijada esa, ular o’z mijozlari va ish
joylaridan uzoqlashib boradilar. Buning ustiga, menejerlarning o’zida bunday
ishchilarni nazorat qilish uchun aniq javob yo’qdir.Qanday qilib ishchi bilan
yuzma-yuz uchrashmasdan turib uning ishonchini qozonish mumkin? Agar ish
rejalari o’z vaqtida bajarilmasa nima bo’ladi? Qanday qilib ularga ishni yaxshilash
uchun maslahatlar bera olasiz? Yana bir muammo esa kompaniyaning sirlari
ishchilar uydan turib ishlayotganda ham sirligicha.
Ishchilarni o’ylantiradigan asosiy jihat esa, ishdan chetda qolib ketishdir. O’z
ishchilarini dunyoning turli burchaklarida joylashtirgan Accenture kompaniyasi
kadrlar bo’limi boshlig’ining ta’kidlashicha, bunday sharoitda jamoaviy ruhni
ushlab turish juda qiyindir. Shunga qaramasdan, kompaniya ishchilarning mazkur
kompaniyaga tegishli ekanligi hissini saqlab qolish uchun turli xil dasturlar ishlab
chiqmoqda. Bundan tashqari, endilikda masofadan turib ishlovchi ishchilar uchun
uy va ish o’rtasidagi masofa noaniqdek ko’rinishi va bu ularni asabiylashtirishi
mumkin. Menejerlar masofadan turib ishlovchi ish o’rinlarini taklif qilayotganida
aynan mana shu narsalarni inobatga olishlari kerak.
Xo’sh, agar tashkilot o’z ishchilarini masofadan turib ishlashga undamoqchi
bo’lsa, buning uchun qanday choralar qabul qilishi kerak? Eng avvalo, ular
ishchilarni masofadan turib ishlashga ko’ndirishlari kerak. Masalan, SCAN Health
Plan kompaniyasi ishchilarning uylarida yuqori tezlikda ishlovchi internet va bepul
ofis mebellarini taklif qilishdi. Boshqa ishchilarga esa ularning yoqilg’i va
tushlikdan pul tejab qolishlari mumkinligi eslatib o’tildi. Yana ba’zi kompaniyalar
ularning yo’l uchun yoqilg’i sarflamasligi ekologiya uchun foydali ekanligiga
urg’u bermoqdalar. Ishchilarni boshqarish esa ularni o’z ish joylariga bog’langan
ekanligini tushuntrish bilan bog’liqdir.
11
Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 265-270-bet.