Strategiyani aniqlash va ishlab chiqarish uchun informatsiyalarni yig’ish va
tashkilotlarining tashkilot-chilik madaniyatiga katta e’tibori natijasida ikkinchi
jahon urushidan so’ng jahon iqtisodiyotida Yaponiya oldingi o’rinlarga chiqib oldi.
Yaponiya, Amerika va Farbiy Yevropa menejmentining a’lo darajadagi natijalari
mutaxassislar. Ular tashkilot rivojlanishida mas’uliyatli strategik masalalarini hal
139
boshqaruvning taktik darajasi (taktik masalani hal etadilar);
boshqaruvning operativ darajasi.
Boshqaruvning strategik darajasining tashkilotchilik madaniyati uchun ijobiy
yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
strategik yo’naltirilganlik - Kelajakda korxonani raqobatbardoshliligining
saqlashda, boshqaruv faoliyatini ustunligini ta’minlash;
innovatsiyalashgan yo’naltirilganlik - Faoliyatning barcha sohalarida
kelajakda nau- xauni joriy qilishni aniqlash;
iste’molchilikka yo’naltirilganlik - bugungi va kelajakdagi iste’molchilar
bilan ishlash, ularning xoxish va talablarini bashoratlash, ularning kelajakdagi
iste’molini shakllantirish bilan bog’liq;
markazlashtirilmaslik (markaziy organlarning ba’zi vazifalarini mahalliy
idoralarga berilishi) yo’naltirilganlik - quyi boshqaruv organlariga rejali vazifalarni
bajarishda, qaror qabul qilishda aniq erkinlik berish;
tadbirkorlikka yo’naltirilganlik - iste’molchilar bilan o’zaro ta’sirda
bo’lgan boshliq va barcha xizmatchilarni ishbilarmonligini taqdirlash, avtonom
guruhlarni (foyda markazlari) tashkillashtirish orqali jamoaviy ish yuritish
sharoitlarini yaratish;
gumanitar yo’naltirilganlik - tashkilotda inson omilini ustun qo’yish;
ochiq axborot almashuviga yo’naltirilganlik - barcha martabadagi
boshqaruv vakillari bilan xizmatchilar o’rtasidagi samarali axborot almashuvini
shakllantirish;
demokratiyaga yo’naltirilganlik - o’zaro munosabatlarda demokratik
uslubdan foydalanish va qaror qabul qilishga quyi xizmatchilarni ham jalb etish;
liderlikka yo’naltirilganlik - hozirgi paytda faqatgina liderlar mas’uliyatni
o’z bo’yniga olib tavakkalchilikka borishi va jamoani o’z orqasidan ergashtirishi
mumkin;
jamoaga yo’naltirilganlik - jamoa bo’lib ishlash ma’lum bir umumiy
maqsad va a’zolarning malakasi yuqori bo’lgan sharoitda sinergetik samara beradi,
ya’ni juda murakkab muammolar ham osonlik bilan o’z echimini topadi.
Ishlab chiqarishdagi zamonaviy tendentsiyalari ilmiy texnikaviy yuksalish
bilan, raqobatning kuchayishi, ishchilarning professionallik talablarini oshishi,
ularning madaniy va intellektual darajasi yuqoriligi bilan bog’liq ravishda
rahbarlardan boshqaruv operatsiyalarini qayta ko’rib chiqishni talab etmoqda. Ular
tarkibiga operativ boshqaruv darajasini demokratiyalashgan tashkilotchilik
boshqaruv madaniyati tomoniga oshirish, ishchilarning tashabbuskorligining
o’sishini ta’minlash kiradi.
Zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini anglash - barcha darajadagi
140
menejerlar uchun asosiy vazifa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: