Ijtimoiy-madaniy faoliyat va musiqa ta’limi



Download 1,66 Mb.
bet138/146
Sana14.07.2022
Hajmi1,66 Mb.
#797197
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   146
Bog'liq
Namangan davlat universiteti

Personalni boshqarish
Muzey xodimlari muassasaning eng asosiy aktivi xisoblanadi. Qanchalik kolleksiya qimmatbaho bo‘lmasin personalsiz u hyech qanday nafga ega bo‘lmaydi, chunki kolleksiya aynan xodim tomonidan nazorat qilinadi, saqlanadi, ko‘rgazmaga qo‘yiladi va tomoshobinlarga namoyon etiladi, kerakli preventiv(oldini oluvchi) konservatsiyalashsiz esa kolleksiya yaroqsiz holga kelishi va umuman yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Yirik muzeylarda binolarni, moliyani, mehnat resurslarni boshqarish, ko‘rgazmalar tashkil etish va badiiy bezak berish, marketing va jamoatchilik bilan aloqalar o‘rnatish kabi sohalarga ko‘plab ma'muriy va yordamchi personal, hamda boshqa mutaxasislar kerak bo‘ladi.
Yuqori va o‘rta bo‘g‘in menejerlari mamlakatda qabul qilingan mehnat qonunchiligiga oid qonun qoidalar bilan birga muzey kadrlar siyosatining rasmiy marosimlari va tartiblarini yaxshi anglashlari lozim. Bundan tashqari har bir xodim mehnat shartnomasi, muassasa kadrlar siyosatidagi belgilangan tartib qoidalarni bilish va tushunishga xaqlidir.
Milliy an'analar muzeydagi ishning xarakteri va diapazonini aniqlashda katta rol o‘ynaydi. Ayrim mamlakatlarda muzey xodilarining ikkita kategoriyasi mavjud:

  1. Kolleksiya va tadqiqot dasturlar bilan ishlaydigan oliy ma'lumotli mutaxassislar.

  2. Xavfsizlik, texnik ta'minoti va yordamchi xodimlar.

Boshqa muzeylarda esa har xil mutaxassislikning ko‘p turlariga ega bo‘lgan xodimlar ishlashi kuzatilgan. Ularning soni yigirmataga yetib, ilmiy konservatsiya va restavratsiya (ta'mirlash), dala tadqiqotlari, pedagogik, tarjimonlik, tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish, hamda boshqaruv va moliyaviy faoliyatga oid mutaxassisliklarning keng doirasini qamrab olgan.
Muzey kasbining joiz bo‘lgan xilma xilligi va diapazoni IKOM (Xalqaro muzeylar kengashi) tomonidan e'tirof etilgan kasblarning ixtisoslashtirilgan turlari ro‘yxatida yaxshi ko‘rsatilgan (6.2-jadval).



1

Direktorlar va bosh boshqaruvchilar (administratorlar)

2

Aloxida muzey turlari yoki muzey kolleksiyalari bilan ishlaydigan muzey saqlovchilari (25 dan kam bo‘lmagan bunday mutaxassisliklar mavjud ekanligi IKOM tomonidan tan olingan)

3

Konservatorlar-restavratorlar va boshqa ixtisoslashtirilgan texnik personal

4

Ro‘yxatga oluvchi va xujjatlashtirish bo‘yicha boshqa mutaxassislar

5

Muzey muallimlari va ta'lim, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha boshqa mutaxassislar

6

Muzey tadqiqotchilari, shu jumladan arxeolog, geolog, ekolog, etnograf, ijtimoiy tarixchilar va joylarda ishlar uchun boshqa personal.

7

Muzey arxitektorlari, dizayner va tarjimonlari

8

Ko‘rgazmalar personali

9

Audiovizual tizimi va yangi texnologiyalar sohasidagi mutaxasislar

10

Kutubxona, devonxona (arxivarius) va axborot resurslari markazlari xodimlari

11

Muzey xavfsizligi sohasidagi mutaxassislar

12

Umumiy va ixtisoslashtirilgan boshqaruv va ma'muriyat personali, shu jumladan moliyaviy, xodimlar, xuquqiy masalalar boshqaruvi va binodan foydalanish uchun ma'sul xodimlar

13

Jamoatchilik bilan aloqalar, marketing va boshqa tijorat faoliyati uchun ma'sul personal

14

Personalni tayyorlash, malakasini oshirish va o‘qitish uchun ma'sul personal, shu jumladan muzey instruktorlari va muzeyshunoslik yo‘nalishidagi ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari



jadval. IKOM tomonidan e'tirof etilgan muzey kasblarining ixtisoslashtirilgan turlari bo‘yicha ro‘yxat
Xar bir muzey xodimi o‘z sohasida tajribaga ega bo‘lishi yoki ma'lum tayyorgarlikni o‘tishi kerakligiga qaramay, butun personal bilishi lozim bo‘lgan ma'lum bazaviy bilimlar mavjud. IKOMning personalni o‘qitish bo‘yicha qo‘mitasi har bir xodim muzeyning jamiyatdagi o‘rni va ushbu xodimning muzeydagi roli nimada ekanligini tushunishini muassasa ta'minlay olishini tavsiya etdi. Bu borada personal ishlab turgan muzeyiga nisbatan berilgan quyidagi savollarga javob berishi taklif qilindi:

  • Muzeylar: nima uchun ular bizlarga kerak va jamiyatda ularning funksiyasi nimada?

  • Kolleksiyalar: qay tarzda biz ularni olamiz, qanday o‘rganamiz va parvarishlaymiz, ularni nima qilmiz?

  • Muzeyni tashkillashtirish: kim va nima bilan shug‘ullanadi, buni qanday amalga oshiradi?

  • Muzey va uning jamiyatga ko‘rsatadigan xizmatlari: qay tarzda biz ximat ko‘rsatamiz, ularni qanday tashkil qilamiz, ulardan qanday foydalanishadi?

Personalni boshqarishdagi adolatlilik tamoyili nafaqat amaliy zaruriyatdir, balki axloqiy me'yor ko‘rsatkichidir. Adolatlilik ishga qabul qilish, lavozimda ko‘tarish, nazorat va rahbarlik, rag‘batlantirishda tengxuquqlilik va xolislilikda namoyon bo‘ladi.
Muzeyning tashkiliy strukturasiga muvofiq har bir shtatdagi lavozimga yo‘riqnoma tuzish va ushbu lavozimni egallab turgan xodimni yo‘riqnoma bilan tanitish kerak. Shunda xodim o‘z zimmasiga olayotgan ma'suliyat va majburiyat xaqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘ladi. Yo‘riqnomada ishning asosiy tavsifi, hamda xodimni ishga qabul qilish shartlari, vazifalar va majburiyatlar aniq ko‘rsatilsada, bundan tashqari har bir xodimga personal tavsifnoma tuzish kerak bo‘ladi. Bular asosida esa kadrlarni tanlash jarayoni amalga oshiriladi. Lavozimga tayinlash bo‘yicha oxirigi qarorni qabul qilish uchun personal tavsifnomasi tayanch bo‘lishi mumkin. Xizmatlar vazifasi yo‘riqnomasi va personal tavsifnomasi quyida keltirilgan.




Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish