Boshqarishdagi barcha tamoyillarning bir-biri bilan o’zaro aloqadorligi. Boshqarishning barcha tamoyillari bir-biri bilan o’zaro aloqadordir. Ishlab chiqarish sharoitida bir tamoyilning buzilishi barcha tamoyillarning ham buzilishiga olib keladi. Rahbar barcha tamoyillarni yoddan bilishi shart. Faqat shundagina menejer ishlab chiqarish muammosi paydo bo’lganda uni tezda hal qila oladi. Korxonadagi ish to’xtab qolish sababini aniqlaydi va mazkur holatda qaysi tamoyil amal qilishini belgilab beradi. Shuni unutmaslik kerakki, ko’rib chiqilgan barcha tamoyillarni ro’yobga chiqarish firma boshqaruvi tizimi samarali ishlashiga imkon beradi. Shuning uchun G’arbda ushbu tamoyillar boshqarishning “oltin” qoidalari deb ataladi.
Mavzu: Madaniyat va san’at sohasida menejment tizimi. E’tibor bering! Boshqaruvda nima va qanday qilinadi, degan savollarga javob berish uchun boshqaruvning funksional tavsifini ko‘rib chiqishning muxim jixati bo‘lib, quyidagilar sanaladi:
Boshqaruvni o‘zaro aloqadorligi va tashkilotdagi munosabatlar tizimi;
Tashkilotning boshqaruvi va tashqi muxiti;
yetakchilik.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, adabiyotlarda tashkilot boshqaruvining bir qancha nuqtai nazarlari keltiriladi. Tashkilot boshqaruvining odatdagi nuqtai nazari asosan tashkilotda odamni boshqarish savollari bo‘yicha yoritiladi, boshqaruvning strategiyasi, ya'ni tashkilotni o‘zgaruvchan tashqi muxitga moslashuvi ko‘rsatiladi.
Tashkilot boshqaruvini ko‘rib chiqishning yuqori axamiyatli yondashuvi bo‘lib quyidagilar ko‘rsatiladi:
Boshqaruvni tashkilot ichida sodir bo‘ladigan amallar nuqtai nazaridan ko‘rish;
Boshqaruvni tashkilotning tashqi muxitga kirishishi amali xolatidan ko‘rish;
Tashkilot boshqaruvini shu faoliyatni amalga oshirish nuqtai gazaridan ko‘rib chiqish.
Iqtisodiyotning notijorat sektorining salmog‘li qismi ijtimoiy madaniy tadbirlarni amalga oshiruvchi, shu jumladan san'at muassasalari xisobiga to‘g‘ri keladi.
Notijorat asosida faoliyat ko‘rsayotgan muassasalar moliyaviy manbalarining tarkibi:
1.Davlat byudjeti mablag‘lari.
2. Axoli va boshqa ist'emolchilarga ko‘rsatilgan pullik xizmatlar.
3. Asosiy fondlarni ijaraga berish.
4. Xayrixoxlik va xomiylik badallari.
5. Boshqa daromadlar.
Barcha manbalardan shakllangan pul resurslari notijorat tashkiloti moliyaviy resurslarini tashkil etib, quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1. ish xaqini to‘lash
2. moddiy xarajatlar
3. boshqa tashkilotlar bilan xisob-kitoblar
4. iqtisodiy rag‘batlantirish fondini tashkil etish
Barcha notijorat asosida faoliyat ko‘rsayotgan tashkilotlar, agarda ular mustaqil balansga va xisob kitob raqamiga ega bo‘lsa, bank kreditlaridan foydalanish xuquqiga egadirlar. Ularning moliyaviy resurslarini jalb qilish va foydalanish turli bo‘lib, u uning xo‘jalik yuritish usuliga bog‘liqdir. Ular asosan smetali moliyalashtirish va to‘liq o‘z o‘zini qoplash bilan farqlanib turadi.
Smetali moliyalashtirishda moliyaviy resurslarning asosi byudjet mablag‘laridan tashkil qilinib, manbasi ham byudjet bo‘ladi.
O‘zbekistonda san'at muassasalarining ko‘pi asosan yuqori boshqaruv organiga qarashlidir va moliyalashtirishning asosiy manbasi davlat byudjeti hisoblanadi. Byudjetni o‘zlashtirish, moliyaviy xisobot va rejalashtirish muassasa moliyaviy menejmentini tashkil qilib, uning tamoyillari boshqaruv organi tomonidan ishlab chiqiladi. Moliyaviy resurslarni boshqarish ma'suliyati muassasa rahbariga yuklatiladi. Pirovardida esa butun personal ham bu ma'suliyatni o‘z zimmasiga oladi.