Ijtimoiy-madaniy faoliyat va musiqa ta’limi


Mavzu: San’at sohasi menejmenti va uning nazariy asoslari



Download 1,66 Mb.
bet126/146
Sana14.07.2022
Hajmi1,66 Mb.
#797197
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   146
Bog'liq
Namangan davlat universiteti

Mavzu: San’at sohasi menejmenti va uning nazariy asoslari.
E’tibor bering!
Bozor iqtisodiyoti talabi, madaniyat xodimlaridan halol mehnat qilishga, tadbirkorlik bilan ish yuritishga, tejamkorlikka, ijodkorlikka o‘rgatish, hozirgi zamon iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etishiga, uddaburonlik bilan faoliyat ko‘rsatishga o‘rganishni talab etayotir. Aktyor rolni yaxshi ijro etishi, rejissyor asarlarni sahnalashtirishi, musiqa xodimlari ijrochilik mahrratlarini egallashi bilan bir qatorda ular bu faoliyatni iqtisodiy masalalar ko‘lamini bilishni taqozo etadi. Shu o‘rinda madaniyat bozorining umumiy bozor bilan qanday mushtarak va farqli tomonlari bor, degan o‘rinli savol tug‘iladi. Bozor birinchi galda, ayirboshlash munosabati; ikkinchidan, oldi-sotdi amalga oshiriladigan joy; uchinchidan, kishilardan,ma'lum tarzda o‘zini tutishni talab etadigan ijtimoiy institutdir. Bozor iqtisodiyoti esa ma'lum tamoyillarga, eng asosiysi iqtisodiy faoliyat erkinligiga asoslangan turli-tuman iqtisodiy munosabatlar: ishlab chiqarish, taqsimot, is'temol qilish munosabatlari tizimini ifodalaydi. Madaniyat bozorida ham bu munosabatlar o‘z ifodasini topgani holda, sohada iqtisodiy jarayonni amalga oshirishda o‘ziga xoslik tomonlari mavjuddir. Ana shulardan kelib chiqib madaniyat bozoriga quyidagicha ta'rif berish mumkin: madaniyat bozori — ijodkor xodimlar bilan iste'molchilar o‘rtasidagi ixtiyoriy, kelishilgan, tovar-pul muomalasi qonunlariga asoslangan moddiy va ma'naviy munosabatlardir. Bu yerda asosiy maqsad aholining turli xil madaniy-badiiy iste'mol mollariga va xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish yotadi.
Madaniyat bozorining negizini madaniy-iqtisodiy aloqa tashkil qiladi. Bu aloqa vositasi iste'molchi oladigan madaniy oylik va undan keladigan moddiy manfaatdorlik hisoblanadi. Bunda hal qiluvchi mezon — iste'molchining ehtiyoji bo‘ladi. Madaniyat bozorini boshqarishda iqtisodiy, tashkiliy, ma'muriy va nihoyat psixologik usullar qo‘llaniladi. Madaniyat va san'at sof bozor negizida rivojlana olmaydi. U davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga olinib, byudjet tomonidan mablag‘ bilan ta'minlanishi lozim. Madaniyat soha mehnati natijasida real tovar mahsuloti yaratilmaydi. Bu jarayonda iqtisodiy munosabatlar asosan, qandaydir bir buyum shaklida gavdalanmasdan, balki faoliyat (xizmat) shaklida namoyon bo‘ladi. Madaniyatda mehnat ta'sir qiladigan ob'ekt tabiatdagi narsalar, buyumlar bo‘lmasdan, balki insonning o‘zidir. Umumiy bozorda tabiiyki moddiy boylikning xaridori ko‘proq bo‘ladi. Madaniy boylik yaratuvchilar soni sanoqli bo‘lganidek ular mahsuloti qadrini o‘rni1'a qo‘yadigan xaridorlar ham hisobli bo‘ladi. Va nihoyat madaniyatda malakali mehnat hissasining yuksakligi bilan izohlanib, unda "mehnat quroli" ijodiy qobiliyat va bilimdir. Shu bilan ham madaniyat bozori umumiy bozordan farq qiladi.
Madaniyat, bozor iqtisodiyotining tamoyillarini ifodalovchi soha sifatida quyidagi — siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni hal etishni taqozo etadi, madaniyat sohasida bozor munosabatlarining tarkib topishi, shubhasiz san'at ahlining tadbirkorligi, tashkilotchilik faolligiga, malakasiga, bilim va qobiliyatiga bog‘liq ekanini unutmasligimiz lozim. Biroq, sohaning ko‘plab o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlari tafakkurida madaniyat mehnat mazmunini bozor munosabatlariga xos tarkibiy yangilanishlarini amalga opshrishni strategik ustuvor yo‘nalishlari o‘ta muhim amaliy ahamiyat kasb etadi deb bo‘lmaydi. Shu bois, bozorni biladigan tijoriy tafakkurga moyil yangi iqtisodiy tafakkurda shakllangay madaniyat xodimlarini tarbiyalash, madaniyat sohasining bozor tamoyillari asosida boshqarishning asosidir.
Madaniyat soha mehnatining ijtimoiy tabiatiga asosan, bu jarayon ruhiy, hayotiy, ijodiy erkinliklari asosida kechishini talab etadi. Shu bois, ijodkor o‘z faoliyatida qaysi bir janr va mazmundagi asarni ijro etish yoki xizmat ko‘rsatishni bevosita tomoshabin yoki tinglovchining istak va talablari asosida bo‘lishini taqozo etadi. Bu holat o‘z navbatida bozor iqtisodiyoti sharoitida madaniyat va san'at sohalarida ma'muriy boshqaruv organlarini tugatishni kun tartibiga qo‘yadi. Bozor iqtisodiyotida madaniyat soha faoliyatining natijasi tomoshabin tomonidan qay darajada qabul qilib olishi bilan o‘lchanadi. Qaysi bir madaniyat muassasasi, iste'molchi istak talablaridan kelib chiqib o‘z mehnatini tashkil etsa, shunchalik ko‘p daromad oladi. Boshqacha aytganda madaniyat muassasalariga kelayotgan barcha daromadlar o‘z mulki bo‘lib, ularga bunga egalik qilish va uni tasarruf etish huquqi beriladi. Bu ishonch esa har bir xodimda o‘z ish joyiga haqiqiy xo‘jayinlik qilish hissini oshirib, ularda o‘z-o‘zini boshqarip1 uchun zamin yaratadi. Bozor iqtisodi har bir madaniyat muassasasini va ijodkorni yanada samaraliroq, sifatliroq ishlashga da'vat etadi. Eng muhimi, ular o‘z iste'dodlarini, tashkilotchilik qrbiliyatlarini ishga solish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Natijada madaniyat jabhasida o‘zaro sog‘lom iqtisodiy va ijodiy raqobat yuzaga keladi. Umuman, madaniyat muassasalari sa'y-harakatlari tinglovchi va tomoshabin talabiga bo‘ysundirishi kerak bo‘ladi. Bu holda madaniyat muassa salari tadbirlar soni bilan emas, balki tamoshabinlar soni bilan o‘lchanadi, madaniyat sohasining bozor munosabatlarida bajaripsh lozim bo‘lgan vazifalari tarkibiga xalq. Badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'at ham kirishi kerak. Xalqimizning durdonasi bo‘lgan hunarmandchilik ichki bozorni kerakli mahsulotlar bila to‘ldirish, odamlarni ish bilan ta'minlabgina qolmay, xalq amaliy san'atini takomillashtirish va kelajak avlodga meros qilib qoldirish, milliy qadriyatlarimizni, osori atiqalarimizni jahon bo‘ylab namoyish etishda muhimdir. Ma'lumki, har bir kasb-hunar xalq mehnati va madaniyatining hayotiy tajribalarining shakllangan oliy ko‘rinishidir. Shu ma'noda hunar o‘rganish moddiy boyish nazari bilan ichki imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, ma'naviy go‘zal ravishda jamiyatda o‘z o‘rnini topib olish bilan yechiladi. Qolaversa, xalq san'ati shu hunar-mandchilik tufayli avloddan-avlodga o‘tib boradi, sayqal topadi.
Hunarmandchilik har bir xalq o‘tmishidan darak beradi, duiyoqarashini, yashash tarzini aks ettiradi, estetik tafakkurini namoyon qiladi. Bir paytning o‘zida u xalq madaniyati darajasining oynasi hamdir.madaniyat va san'at maskanlari asosan aholi birmuncha zich yashaydigan, ishchi kuchi ko‘p hamda ortiqcha bo‘lgan tuman markazlarida joylashgandir. Ular o‘z mehnatlarini o‘sha hududda joy-lashgan jamoa manfaatlari, aholining ijtimoiy-madaniy hayotibilan chambarchas bog‘lagan holda faoliyatlarini odamlarning turli guruhlari, kasb-koriga, milliy va boshqa xususiyatlariga hamda ularning istak-talablarini hisobga olgan hrlda tashkil etishadi. Bu ishlar zamirida aholining tashabbuskorligi va havaskorlik ijodiyoti yotadi. Yuksak badiiy buyumlar ishlab chiquvchi xalq hunarmandchiligi ham mahallalardagi xonadonlarda rivoj topmoqda. Shu bois, kasb-hunarmandchilik san'atining istiqlolini madaniyat va san'at muassasalari faoliyatidan izlashga to‘g‘ri keladi.
Moddiy va ma'naviy ijodiy jarayonni viloyatlardagi "hunarmand" uyushmasi, "kamolat", "tadbirkorlik", mehnat vazirligining ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish hamda "mahalla" va shunga o‘xshash jamg‘armalar va hokimiyatlar qoshidagi madaniyat ishlari boshqarmasi hamkorlikda tuman, qishloq klublarida, madaniyat va istirohat bog‘lari qoshida xalq badiiy hunarmandchilik hamda amaliy san'atining mehnat faoliyatini qonunlarga asosan muvofiqlashtirishlari kerak bo‘ladi. Bu yerda ijodiy hamkorlikdagi mehnat ikki shaklda amalga oshiriladi, ya'ni odamlar- da hunarmandchilik ko‘nikmasini rivojlantirishga ketadigan butun sarf-xarajatlarni bu ishga tegishli bo‘lgan jamg‘armalar qoplashlari, madaniyat muassasalari esa hunarmand ustalar va shogirdlar bilan mehnat shartnomasini tuzib, o‘qish xonalari, dastgohlar, xom ashyo bilan ta'minlashlari lozim, usta hunarmand belgilagan dastur asosida shogirdlarga hunar o‘rgatishni o‘z zimmalariga oladilar. Hunar o‘rganish ishtiyoqidagi shaxslar bu jarayonda mahsulot ishlab chiqarishga jalb qilinadi, ya'ni u o‘z mehnati mahsulini ko‘radi. Shunga yarasha ish haqi oladi. Nihoyat, yakka tartibda amalga oshirilgan o‘qishning tugashi va egallagan hunar egasining ishga joylashtirilishi o‘rtasidagi muddat qisqaradi. Hunarmandchilik va amaliy san'at inson mehnatining bir turi bo‘lishi bilan birga, u ijod mahsuli hamdir. Bu jarayonda iste'dod mehnat bilan sayqal topadi. Shu bois, u faol targ‘ibot va tashviqotchilik harakatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu ma'noda, xalq san'atining ioyob turlarini va buyumlarning yuksak badiiy nusxalarini tayyorlashdagi an'analarni saqlab qolish hamda bu ish ko‘nikmalarini yoshlarga singdirish uchun bobomeros san'at asarlarini keng miqyosda targ‘ibot qilishga to‘g‘ri kelmoqda. Xalq badiiy hunarmandchilik san'atining rivojiga amaliy yordam
ko‘rsatish vazifalari hokimlar va. Tegishli vazirliklar hamda idoralarning eng muhim vazifasi bo‘lmog‘i lozim. Bu ishlar faqat shaharlarda emas, shu bilan birga qishloqlarda, hatto eng olis qishloqlarda ham iste'dodli yoshlarni topish ishlarini kuchaytirish zarur. Shu maqsadda madaniyat muassasalari qoshida mahalla-xonadon sharoitidagi hunarmandlarning ustoz-shogird an'analarini o‘rganuvchi "yosh hunarmandchilik" klubini tashkil etish vaqti keldi. Shuningdek, madaniyat ishlari vazirligi tarkibida xalq ijodiyoti va madaniy-ma'rifiy ishlar respublikasi markazi va uning barcha mintaqa markazlari mavjud.
Mazkur jamoa o‘zining ijodiy salohiyatiga asosan xalq hunarmandchilik san'atini ilmiy asoslarda o‘rganishni o‘zining bosh vazifasi deb bilishi kerak. Yoshlar o‘rtasida milliy xalq hunarmandchiligini keng targ‘ib etish, ularni milliy kasblarga yo‘naltirish, ishlardagi muammolarini aniqlash, tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
maqsadida bolalar badiiy ijodiyoti respublika markazi qoshida ijtimoiy-psixologik ilmiy laboratoriyalar ochish maqsadga muvofiqdir. Bozor iqtisodiyoti savdo-sotiq tijoratsiz amalta oshmaydi. Hunarmandlar tayyorlagan buyum va mahsulotlar ham bundan holi emas. Xonadon sharoitida yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi hunarmand o‘z mahxulotining narxlarini iste'mol bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilashi kerak bo‘ladi, shu bois, hunarmandlar va amaliy san'at namoyondalari tomonidan ishlab chiqarilgan buyum va mahsulotlarni kim oshdi savdosida sotishda, shu jumladan, eksport qilishda barcha shart-sharoi!larni yaratish muhimdir. Bu maqsadlarda tuman (shahar) markazlarida tayyor mahsulotlarni sotish bo‘yicha ixtisolashgav do‘konlar tashkil etish mumkin. Ma'naviy barkamol insonlar mehnatini moddiy hamda ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash barchamizning muqaddas burchimizdir. Biroq, xonadon sha roitidagi badiiy hunarmandchilik va amaliy san'at turlarini ijtimoiy himoya etishda otaliqqa olish ishlarini hali talab darajasida deb bo‘lmaydi. To‘g‘ri, bu yo‘nalishda "kamolat" jamg‘armasi hamda o‘zbekiston tadbirkor ayollar uyushmasining "zumrad" madaniyat markazi tomonidan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biz esa bunday xayrli ishlarda "umid", "ulug‘bek" va boshqa qator
jamg‘armalarning ko‘mak berishini istar edik. Ishonch bilan aytish mumkinki, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'at bozor iqtisodiyoti jarayonida davlatimizning madaniy-qtisodiy taraqqiyot resursi bo‘lishi turgan ran. Mazkur maqsadlarni samarali yechish uchun quyidaga masalalarni hal etish kerak bo‘ladi: birinchidan, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atni davlat boyligi deb bilishimiz; ikkinchidan, madaniyat ishlari vazirligi va ularning barcha boshqarmalari (bo‘lim) turar joylarda layoqatli yoshlarni xalq san'ati ustalarining tajribalari asosida o‘qitib-o‘rgatadigan ta'lim va kadrlar zaxirasining ilmiy asoslangan dusturini yaratishi; uchinchidan, xonadon sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'ati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar bilan hamkorlikda yangi tamoyillarga asoslangan bozor sharoitida uning qoidalariga muvofiq ishlaydigan huquqiy-mel^yoriy hujjatlar majmuasini tarkib toptirish; to‘rtinchidan, xalq badiiy hunarandchiligi sohasida mehnat qilayotgan barcha usta va shogirdlardan imtiyozli ravishda soliqlar olish lozim.jamiyatda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, insonlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda tarixiy va madaniy yodgorliklarimiz g‘oyat ahamiyatlidir. Madaniy meros xalqimiz ijodiyotining muhim sohasi hisoblanadi. U asrlar osha tobora boyib, yuksalib xalqimizning ma'naviy taraqqiyotiga sezilarli ta'sir ko‘rsatishi bilan birga ahli basharga o‘zbek xalqining madaniy va badiiy idroki naqadar ulug‘vorligini ko‘z-ko‘z qilib kelmoqda. Bugungi kunda vatanimiz hududida xalqimizning bebaho mulki bo‘lgan 9 mingdan ziyod tarixiy va madaniy obidalarimiz madaniy merosimizning tarkibiy qismi sifatida saqlanmoqda. Mazkur obidalar mustaqil o‘zbekistonning tarixiy hurlik ramzi sifatida, bir tamondan xalqaro ahamiyatga molik bo‘lib, davlatlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni yaxshilash vositasi vazifasini o‘tasa, ikkinchi tamondan, tarixiy, madaniy, me'morchilik yodgorliklari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan sayyohlik davlatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashga, uning jahon davlatlari qatorida tutgan o‘rnini, obro‘yi, sha'ni, qadr-qiymatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.



Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish