Ijtimoiy jamiyatda oilani bolalarni tarbiya qilishdagi roli juda katta. Bola bog’chada bo’lishiga, maktabda o’qishiga qaramay o’z umrining uchdan ikki qismini uyda, ota-onasi bag’rida o’tkazadi


Chiniqtirishda vaqt me’yorlariga qat’iy rioya qilish kerak!!!



Download 127 Kb.
bet3/8
Sana26.06.2022
Hajmi127 Kb.
#706035
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qo\'llanma Nazariya (11)BOLA-1

Chiniqtirishda vaqt me’yorlariga qat’iy rioya qilish kerak!!!
Suv bilan chiniqtirish juda foydali. Bola gigiyenik vannalar, yuvintirish, oyoqlarini yuvish, shuningdek badanni ho’l sochiq bilan ishqalab artish va ustidan suv quyish yo’li bilan chiniqtiriladi. Suv bilan chiniqtirishga asta-sekin va ehtiyotlik bilan kirishiladi. Bola 3-4 oylik bo’lgandan boshlab ho’l sochiq bilan ishqalab artish mumkin. Bu muolajani boshlashdan oldin albatta vrach bilan maslahatlashish shundan so’ng bola terisi uchun ho’l sochiq bilan ishqalab artishga tayyorlash lozim. Buning uchun bir parcha quruq pahmoq yoki yumshoq jun mato bilan har kuni ertalab bolani tanasi, qo’l va oyoqlari to qizargungacha ishqalanadi. Oradan 1.5-2-hafta o’tgach suv bilan artishga o’tish mumkin. Pahmoq sochiqchani suvga botirib siqib tashlanadi avval bolaning qo’llari, keyin ko’kragi, qorni, orqasi, oyoqlari artiladi. Shu zahotiyoq badanining ho’l bo’lgan joyini pahmoq sochiq bilan to teri sal qizarguncha artiladi. Bolani badani artiladigan joyidan boshqa hamma yerini adyol bilan yopib qo’yish kerak. Bir satakan suvga bir choy qoshiq tuz yoki bir osh qoshiq spirt qo’shib artsa ham bo’ladi. Odatda bola ertalab uyg’onganda badani artiladi. Muddati 5-6 minut. Suv harorati 32-33 ⁰C bo’lishi kerak. Keyin asta-sekin 5-7 kun oralatib, suv harorati 1 ⁰C dan pasaytira boriladi-da, 30 ⁰C tushiriladi.
Gigiyenik vannada suv juda issiq bo’lmasin suv harorati 6 oylikkacha bo’lgan bolalar uchun 36.5-37.5 ⁰C, undan kattaroq oylik bolalar uchun 36 ⁰C bo’lishi kerak. Vannadan keyin bolani ustidan suv quyish kerak bu suvni harorati 1-2 ⁰C kam bo’lishi lozim. Vaqt o’tishi bilan bolaning ustidan quyiladigan suvning harorati yana 2-3 ⁰C pasaytiriladi. Bola 10-11 oylik bo’lgandan boshlab ertalab va kechqurunlari yuzi, bo’yni va qo’llarini tirsagigacha sovuqroq suv bilan yuvish kerak (suv harorati 18-20 ⁰C dank am bo’lmasligi shart).
Bolalar uchun sayr qilish foydali
Bolani sovuq havoga honada asta-sekin derazani ochib qo’yib “sayr qildirishdan”, boshlab o’rgata boriladi. Bola ochiq havoda uxlatilsa juda yaxshi bo’ladi. Bolani chiniqtirayotga paytingizda hursand bo’lib o’ynab kulsin. Agar chiniqtirish paytida bola bezovta bo’lsa, yig’lasa, demak chiniqtirish noto’g’ri olib borilayotgan bo’ladi. Chiniqish barcha bolalarga hususan nimjon bolalarga foydali. Bunday bolalarga chiniqish turini vrach bilan maslahatlashib tanlanadi, berilgan muolaja dozasi asta-sekin oshirib boriladi.
Mobodo bola kasal bo’lib qolsa, juda bezovta bo’lsa (asabiylashsa, yaxshi uxlay olmasa, yig’layversa va hokazo) chiniqtirish to’xtatiladi.
Bola hayotini 1 oyidan boshlab massaj qilish foydali (yengil silash bilan) 2-oyidan boshlab esa gimnastika qildiriladi, biroq oldin bolani albatta pediatrga (bolalar shifokoriga yoki oilaviy shifokorga) ko’rsatish va bu muolajani qanday bajarishni u bilan kelishib olish lozim. Massaj va gimnastikani har kuni hamisha bir xil vaqtda, bola ovqatlanib bo’lgandan keyin 30 minut o’tgach qilinadi. Mashg’ulotlar davomiyligi 5-12 minut. Har bir mashq 4 martadan 6 martagacha takrorlanadi. 1.5 oylikdan 3 oylikkacha bo’lgan bolalarga mashqlarning quyidagi kompleksini buyurish mumkin, u massaj paytida (silash) va shartsiz reflekslarga asoslangan bo’ladi. Qo’llarni massaj qilish (1); oyoqlarni massaj qilish( 2); qorni bilan yotkizib orqani massaj qilish (3); qorinni massaj qilish (4-5); oyoq kaftlari uchun mashqlar (6-7); yon boshlab yotgan holda umurtqa pog’onasini yozish (8); massaj qilayotgan paytda qo’llarini chetdan o’rtaga qaratib ohista yengil silash kerak. Masalan qo’llarni bola panjasidan yelkasi tomon bilak va yelkaning ichki va tashqi yuzasi silanadi, oyoqlarni-oyoq kaftlaridan qov bukmi tomon, son va boldirning ichki va tashqi yuzasidan tizza qopqog’I ustidan va ostidan aylanib tizza bo’g’imi sohasiga tegmay silanadi. Bola 3-4 oylik bo’lganda bukuvchi muskullarning fiziologik tarangligi (tonus) kamayadi. Muskullar (bukuvchi va yozuvchi muskullar) o’rtasida muvozanat yuzaga keladi, shu sababli mashqlar kompleksiga asta-sekin passiv harakatlar kiritiladi. 3 oylikdan 4 oylikkacha bo’lgan bolalar uchun qo’llarni massaj qilish kiritiladi; qo’llar ikki tomonga yozilib, ko’krakda chalkashtiriladi (9); oyoqni massaj qilish (oldingi kompleksning o’zi); bolani qo’lidan ushlab turgan holda chalqanchadan qorniga yotqizish; orqani massaj qilish; qorin bilan ko’tarib turgan holda boshini orqaga egish (12); qorinni massaj qilish (huddi oldingi kompleksning o’zi); qo’llarni bukish va yozish kerak.
4 oylikdan 5 oylikkacha bo’lgan bolalar uchun mashqlar kompleksiga ko’p sonli passiv va aktiv harakatlarni kiritish lozim. Bu mashqlar emaklashga undashga va qo’llarni rivojlantirishga qaratiladi. Bola tez-tez qattiq joyga qorni bilan yotqizib turiladi. Kompleksda quyidagi mashqlar bo’ladi: qo’llarni ikki tomonga yozish va ko’krakda chalkashtirish; qorinni massaj qilish; “sirg’antirib yurgizish” (13); oyoqlaridan ushlab turib orqasidan qorniga ag’darish (14); orqasini massaj qilish (15); oyoqlarni birlashtirib navbatma-navbat bukish va yozish (16); chalqancha yotgan holda tananing yuqori qismini ko’tarish (17).
6 oylikdan 10 oylikkacha bo’lgan bolalar uchun mashg’ulotlar kompleksiga ancha murakkab mashqlar kiritiladi. Emaklashni rivojlantirishda yordam beradigan mashqlarga katta ahamiyat beriladi (tana va oyoq muskullari, suyak-bog’lov apparati uchun mashqlar). Bu o’z navbatida kichkinoyni to’g’ri o’tirishga, turishga, yurishga tayyorlaydi, yassioyoqlik va umurtqa pog’onasi qiyshayishining oldini oladi. Mashqlarga qo’llarning kuchish harakatlari; “sirg’anib” qadam tashlash; qorinni massaj qilish; bolaning oyoqlaridan ushlab turib, chalqanchadan o’ng tomonga ag’darilib qorin bilan yotish; orqani massaj qilish; ikkala cho’zilgan qo’lidan ushlab turgan holda o’tirg’izish (18); qo’llarni aylantirib harakatlantirish; chalqanchadan qorni bilan chap tomonga yotqizish; qorni bilan yotgan holda bolaning qo’llaridan ushlab turib tanasini ko’tarish (19); emaklatish (20) kiradi.
10 oylikdan 1 yasharu 2oylikkacha bo’lgan bolalar uchun mashqlar kompleksi quyidagilardan iborat bo’ladi; qo’llarni bukish va yozish; “sirg’anib yurish”; chambarni ushlab turib qo’llarni aylantirish (21); qorni bilan yotgan bolani ham o’ng, ham chap tomonga chalqancha yotqiziash; orqani massaj qilish; tanani bukish va rostlash (22-23); qorinni massaj qilish; uzatilgan oyoqlarni bosib mustaqil o’tirish (25); katta yoshli odamning tizzasida o’tirib zo’riqib egilish (26-27); halqa ushlagan qo’llaridan ushlab turib o’tirg’izish (28).
Bola mashq qildiriladigan xonani yaxshilab shamollatish, u yerdagi havo harorati esa 19-20 ⁰C dank am bo’lmasiligi kerak. Yozda mashqlarni yaxshisi hovlida daraxtlar soyasida 20-22 ⁰C da o’tkazish kerak. Gimnastika qilinadigan stolga to’rt buklangan pahmoq adyol yoziladi, ustidan kleyonka va yo’rgak solinadi. Ona yoki ota oldin qo’lini yaxshilab yuvib, istishi, uzuklarini, soatini yechib quyishi, xullas bola terisini tirnashi mumkin bo’lgan narsalarni yechib qo’yishi lozim. Mashq qildirilayotganda kichkintoyga shirin so’zlar yoki ashula aytib turish kerak. Massaj va gimnastika hamisha havo vannalaridan keyin qilinishi lozim.
Mana, farzandingiz bir yoshga ham to’ldi. Uning bo’yi, chamasi shu 12 oy ichida 25 santimetrga cho’zildi, balki bundan ham ko’proq o’sgandir, tana vazni deyarli uch hissa ortdi. 8 ta tishi chiqdi. Kichkintoy baquvvat va sog’lom, o’zi yuradi, o’tirishni va tayanmay turib olishni biladi, g’udurlaydi va 10-15 ta oson so’zlarni aytadi. Unga aytadigan hamma gapingizga diqqat bilan quloq solishini va qarab turishni, uzoq vaqtgacha tinmay o’ynashni biladi.
Bunday bolani ko’rish naqadar katta baxt. Lekin siz boshlagan tarbiyani davom ettirish uchun keyinchalik ko’p mehnat qilish kerak bo’ladi. Bu qiyin va murakkab vazifa, hamma ish ham doimo silliq va oson o’tmaydi.

Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish