to’lovlarning optimallashtirilishi
Ruxsat berish bilan bog`liq
jarayonlar turlari
To’lov miqdori
To’lov
miqdorining
qisqarishi,
foizda
Avval amalda
bo’lgan
Yangi kiritilgan
eng kam
ish haqi
miqdori
bo’yicha
so’mda* eng kam
ish haqi
miqdori
bo’yicha
so’mda*
Tadbirkorlik sub’ektlarini
davlat ro’yxatidan o’tkazish
5
140200
2
56080
- 60
Bankda hisob raqamini ochish
1
28040
0,5
14020
- 50
Arxitektura-rejalashtirish
topshiriqlarini ishlab chiqish
40
1120000
10
280400
- 75
Er uchastkasini
rasmiylashtirish
-
130000
-
58000
- 56
Ekologik ekspertiza
25
701400
1
28040
- 96
Loyiha-smeta hujjatlarini
ekspertiza qilish
10
280400
3
84120
- 70
Qurilish davomida nazorat-ijro
s’emkalari o’tkazish
5
140200
3
84120
- 40
Normativlar loyihalarining
ekologik ekspertizasini
o’tkazish
75
2103000
1
28040
- 98,7
Gigienik sertifikatlar olish
10
280 400
3
84 120
- 70
Jami to’lovlar qiymati
(listenziya va
ruxsatnomalarsiz)
-
5037660
-
830960
- 83,5
* Izoh: eng kam ish haqi miqdori to’lovlarni qisqartirishga oid me’yoriy hujjatlar qabul qilingan davrga
tatbiqan olingan.
Jadvaldan ko’rinadiki,
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ruxsat berish
jarayonlarini qisqartirish va to’lovlarni optimallashtirish tadbirlari sezilarli
darajada amalga oshirilgan. Masalan, normativlar loyihalarining ekologik
ekspertizasini o’tkazish bo’yicha to’lov miqdori 75 marta, ekologik ekspertiza
qiymati 25 marta kamaytirilgan. Buning natijasida har bitta tadbirkorlik sub’ekti
uchun o’z faoliyatini tashkil etishda o’rtacha 4207 ming so’m miqdorgacha
mablag`larni tejash imkoniyati paydo bo’lgan.
2009 yil davomida inventarizastiya natijasida aniqlangan qariyb 2 mingta
bo’sh bino kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berildi. Bunda binolarni
ijaraga berish tariflari tadbirkorlik sub’ektlarining qaerda joylashgani va ularning
faoliyat turiga qarab 3 barobardan 10 barobarga qadar kamaytirildi. Shuningdek,
o’tgan davr mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun
quyidagi imtiyoz va qulayliklar yaratildi:
- mahsulotlarning gigienik sertifikatini amal qilish muddati ilgarigi 3 yildan
endilikda cheklanmagan muddatga o’tkazildi;
- fitosanitariya xulosalarini berish muddatlari qisqartirildi;
- elektr va issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni bajarish
muddatlari 1 oydan 3 kungacha qisqartirildi;
37
- binolarni turar joydan noturar joy toifasiga o’tkazish jarayoni
soddalashtirildi;
- davlat mulkidagi bo’sh binolar ijara haqlari 10 va undan ko’p barobargacha
tushirilishi natijasida ularning 81 foizi (aniqlangan 3650 tadan 2939 tasi)
tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berildi;
- tashqi reklamani joylashtirish tariflari o’rtacha 20 dan 30 foizgacha
pasaytirildi hamda ayrim hududlarning qishloq joylarida haq olish bekor qilindi.
Buning natijasida tashqi reklama beruvchi tadbirkorlarning ulushi 34 foizgacha
oshdi;
- tashqi reklamani joylashtirish qiymati Toshkent, Farg`ona, Jizzax,
Namangan va Navoiy viloyatlarining qishloq joylari uchun 50 foizgacha
pasaytirildi;
- elektr energiyasini oldi-sotti shartnomasida belgilangan hajmga nisbatan
kam sarflanishi uchun jarimalar bekor qilindi va ortiqcha sarflash bo’yicha
jarimalar 50 foizga qisqartirildi.
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni
kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy
biznesni qonuniy belgilab qo’yishga
alohida e’tibor qaratdi. Mamlakatimizda
biznesni tashkil qilishning ushbu shakli biznesni yuritishda yuzaga kelgan milliy
an’analarimizga, xo’jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to’la mos kelishi,
bunday biznesni tashkil qilishning qonunchilik bazasi yaratilsa, oilaviy biznesning
huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va
keng rivojlanishi va yangi ish o’rinlarining ochilishiga sharoit tug`ilishini
ta’kidladi.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, biznesni tashkil etish turlicha, masalan,
yakka, xususiy, kooperativ (hamkorlikdagi) tadbirkorlik, sherikchilik, mas’uliyati
cheklangan jamiyat, akstiyadorlik jamiyatlari, yirik xo’jalik birlashmalari,
uyushmalari va boshqa shu kabi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshirilishi
mumkin. Bunda ko’plab omillar, shart-sharoitlar bilan bir qatorda muayyan
tashkiliy-huquqiy shaklning biznes tashabbuskorlari iqtisodiy manfaatlarini
naqadar to’la va samarali ro’yobga chiqara olishi darajasi inobatga olinadi. Shunga
ko’ra, ham nazariy, ham amaliy jihatdan biznesda eng mustahkam tashkiliy-
huquqiy shakllardan biri – oilaviy biznes hisoblanadi. Chunki, oila – bu
qondoshlik aloqalari orqali mustahkam bog`langan kishilar guruhidir. Oila a’zolari
o’rtasida biznes uchun zarur bo’lgan eng muhim belgi va tamoyillar yaqqol
mavjud: o’zaro ishonch, bir-birlarining aqliy va jismoniy salohiyat va
imkoniyatlarini bilish, o’zaro hurmat, samarali mehnat taqsimotini amalga oshirish
imkoniyatlari, qat’iy mas’uliyat va javobgarlik va h.k. Bu esa oilaviy biznesni
shaklining iqtisodiy jihatdan samarali va istiqbolli ekanligini namoyon etadi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar,
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, odamlarning “hayot falsafasini” o’zgartirdi.
Vujudga kelgan erkinlik, har bir kishiga o’z mehnatini sarflash sohasi va
shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatining berilishi natijasida uzoq yillar
davomida boqimandachilik kayfiyatida yurgan aholi orasidan ishbilarmon,
tadbirkor, mohir xo’jalik egalari, hunarmandlar, kasanachilar, ish yurituvchilar
38
ajralib chiqdi. Endilikda ular faqat davlatdan ish joyi va ish haqi kutib qolmasdan,
balki o’zlari ham xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanib, yangi ish o’rinlarini
yaratishga harakat qilmoqdalar. Bu natijalarni mamlakatimizdagi aholi
daromadlari tarkibining o’zgarishi
orqali ham kuzatish mumkin. 1990 yilda aholi
daromadlari tarkibida ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar 69,8 foizni,
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromad 7,6 foizni,
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad 3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilda
bu daromadlarning ulushi tegishli ravishda quyidagicha o’zgardi: 29,7 foiz, 27,0
foiz, 28,1 foiz. Bundan ko’rinadiki, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad
ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar darajasi bilan deyarli baravarlashgan.
Demak, mustaqillik yillari davomida oilalar moddiy asoslarining rivojlanishi,
ular moliyaviy imkoniyatlarining kengaygani, yashash sharoitlari (elektr
energiyasi, gaz, ichimlik suvi, oqova suv tizimi bilan ta’minlanganlik
darajasi)ning yaxshilanishi kabi omillar endilikda biznesni oila a’zolari doirasida
tashkil etish uchun qulay zamin yaratdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligi darajasini
oshirishdagi roli ham ahamiyatli hisoblanadi. Haqiqatan ham, tadbirkor o’z
mablag`larini ishlab chiqarish sohasiga kiritar ekan, ayni paytda o’z daromadlarini
oshirish bilan birga jamiyat boshqa a’zolarining ham ish hamda daromad bilan
ta’minlanishiga moddiy negiz yaratadi. Mamlakatimizda bu boradagi faoliyat ham
kengayib bormoqda: 2000-2008 yillar davomida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasida band bo’lganlar soni 3,3 marta oshdi. 2010 yilning 1 yanvar
holatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda band bo’lganlar soni 8402,3 ming
kishini, shu jumladan, yakka tadbirkorlar 6446,2 ming kishini, kichik korxona va
mikrofirmadagi bandlar soni 1956,1 ming kishini tashkil etdi. Ushbu soha vakillari
tomonidan 2002 yilda 369,3 mingta, 2005 yilda 434,2 mingta, 2006 yilda 290
mingta, 2009 yilda 390 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi.
Ma’ruzada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatimiz moliya-
bank tizimi o’zining barqaror va ishonchli ekanini isbotlaganligi, shu bilan birga,
bu tizimning yanada mustahkamlanishi
xususiy banklar va xususiy mulkka
asoslangan lizing, sug`urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliyaviy
tashkilotlar kabi moliyaviy institutlarni tashkil etishning qonunchilik asoslarini
shakllantirish hisobidan bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish bilan
ham bog`liqligi, bu esa bank va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning
kengayishi hamda mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatining oshishiga imkon beradi
va
eng
yuksak xalqaro standartlar
talabiga
mos
zamonaviy
bozor
infratuzilmasining rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, deb ta’kidlab o’tildi.
Hozirgi vaqtda respublikamiz bank tizimining umumiy joriy likvidligi 1,5
milliard dollardan ortiq bo’lib, bu tashqi nodavlat qarzlar bo’yicha to’lanishi kerak
bo’lgan to’lovlar hajmidan 10 barobar ko’pdir. Bu esa bizda likvidlik, ya’ni
to’lovlarga qodirlik darajasi bo’yicha muammo yo’q, deb aytish uchun asos
bo’ladi.
Keyingi yillarda bank tizimini yanada takomillashtirish, tijorat banklarining
kapitallashuv
darajasini oshirish, barqarorligini ta’minlash, investistiya
jarayonlarida ishtirokini kengaytirish, ularning erkinligini mustahkamlashga
39
alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida bank
aktivlari 12 trln. 65 mlrd. so’mni, tijorat banklarining jami kapitali 2 trln. 104
mlrd. so’mni tashkil etdi. Fuqarolarning bank tizimiga bo’lgan ishonchi tobora
oshib borayotgani, aholining banklardagi omonatlarining davlat tomonidan
kafolatlangani, eng muhimi, fuqarolarning banklardan omonatlarini o’z vaqtida
olayotgani, kredit tashkilotlari tomonidan aholiga 400 dan ortiq qulay omonatlar
turlarining taklif etilishi 2010 yilning 1 yanvar holatiga omonatlar miqdorining 2
trln. 750 mlrd. so’mga etishiga zamin yaratdi (8rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |