Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


-jadval Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ruxsat berish jarayonlarining qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi



Download 179,03 Kb.
bet25/35
Sana01.01.2022
Hajmi179,03 Kb.
#281396
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
Navoiy davlat konchilik instituti

7-jadval

Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ruxsat berish jarayonlarining qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi

Ruxsat berish bilan bog`liq jarayonlar turlari

To’lov miqdori

To’lov miqdorining

qisqarishi, foizda

Avval amalda bo’lgan

Yangi kiritilgan

eng kam ish haqi

miqdori bo’yicha

so’mda*

eng kam ish haqi

miqdori bo’yicha

so’mda*

Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish

5

140200

2

56080

- 60

Bankda hisob raqamini ochish

1

28040

0,5

14020

- 50

Arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish

40

1120000

10

280400

- 75

Er uchastkasini rasmiylashtirish

-

130000

-

58000

- 56

Ekologik ekspertiza

25

701400

1

28040

- 96

Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish

10

280400

3

84120

- 70

Qurilish davomida nazorat-ijro s’emkalari o’tkazish

5

140200

3

84120

- 40

Normativlar loyihalarining ekologik ekspertizasini o’tkazish

75

2103000

1

28040

- 98,7

Gigienik sertifikatlar olish

10

280 400

3

84 120

- 70

Jami to’lovlar qiymati

(listenziya va ruxsatnomalarsiz)

-

5037660

-

830960

- 83,5

* Izoh: eng kam ish haqi miqdori to’lovlarni qisqartirishga oid me’yoriy hujjatlar qabul qilingan davrga tatbiqan olingan.

Jadvaldan ko’rinadiki, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ruxsat berish jarayonlarini qisqartirish va to’lovlarni optimallashtirish tadbirlari sezilarli darajada amalga oshirilgan. Masalan, normativlar loyihalarining ekologik ekspertizasini o’tkazish bo’yicha to’lov miqdori 75 marta, ekologik ekspertiza qiymati 25 marta kamaytirilgan. Buning natijasida har bitta tadbirkorlik sub’ekti uchun o’z faoliyatini tashkil etishda o’rtacha 4207 ming so’m miqdorgacha mablag`larni tejash imkoniyati paydo bo’lgan.

2009 yil davomida inventarizastiya natijasida aniqlangan qariyb 2 mingta bo’sh bino kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berildi. Bunda binolarni ijaraga berish tariflari tadbirkorlik sub’ektlarining qaerda joylashgani va ularning faoliyat turiga qarab 3 barobardan 10 barobarga qadar kamaytirildi. Shuningdek, o’tgan davr mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun quyidagi imtiyoz va qulayliklar yaratildi:


  • mahsulotlarning gigienik sertifikatini amal qilish muddati ilgarigi 3 yildan endilikda cheklanmagan muddatga o’tkazildi;

  • fitosanitariya xulosalarini berish muddatlari qisqartirildi;

  • elektr va issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni bajarish muddatlari 1 oydan 3 kungacha qisqartirildi;

  • binolarni turar joydan noturar joy toifasiga o’tkazish jarayoni

soddalashtirildi;

  • davlat mulkidagi bo’sh binolar ijara haqlari 10 va undan ko’p barobargacha tushirilishi natijasida ularning 81 foizi (aniqlangan 3650 tadan 2939 tasi) tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berildi;

  • tashqi reklamani joylashtirish tariflari o’rtacha 20 dan 30 foizgacha pasaytirildi hamda ayrim hududlarning qishloq joylarida haq olish bekor qilindi. Buning natijasida tashqi reklama beruvchi tadbirkorlarning ulushi 34 foizgacha oshdi;

  • tashqi reklamani joylashtirish qiymati Toshkent, Farg`ona, Jizzax, Namangan va Navoiy viloyatlarining qishloq joylari uchun 50 foizgacha pasaytirildi;

  • elektr energiyasini oldi-sotti shartnomasida belgilangan hajmga nisbatan kam sarflanishi uchun jarimalar bekor qilindi va ortiqcha sarflash bo’yicha jarimalar 50 foizga qisqartirildi.

Prezidentimiz o’z ma’ruzasida bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo’yishga alohida e’tibor qaratdi. Mamlakatimizda biznesni tashkil qilishning ushbu shakli biznesni yuritishda yuzaga kelgan milliy an’analarimizga, xo’jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to’la mos kelishi, bunday biznesni tashkil qilishning qonunchilik bazasi yaratilsa, oilaviy biznesning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va keng rivojlanishi va yangi ish o’rinlarining ochilishiga sharoit tug`ilishini ta’kidladi.

Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, biznesni tashkil etish turlicha, masalan, yakka, xususiy, kooperativ (hamkorlikdagi) tadbirkorlik, sherikchilik, mas’uliyati cheklangan jamiyat, akstiyadorlik jamiyatlari, yirik xo’jalik birlashmalari, uyushmalari va boshqa shu kabi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Bunda ko’plab omillar, shart-sharoitlar bilan bir qatorda muayyan tashkiliy-huquqiy shaklning biznes tashabbuskorlari iqtisodiy manfaatlarini naqadar to’la va samarali ro’yobga chiqara olishi darajasi inobatga olinadi. Shunga ko’ra, ham nazariy, ham amaliy jihatdan biznesda eng mustahkam tashkiliyhuquqiy shakllardan biri – oilaviy biznes hisoblanadi. Chunki, oila – bu qondoshlik aloqalari orqali mustahkam bog`langan kishilar guruhidir. Oila a’zolari o’rtasida biznes uchun zarur bo’lgan eng muhim belgi va tamoyillar yaqqol mavjud: o’zaro ishonch, bir-birlarining aqliy va jismoniy salohiyat va imkoniyatlarini bilish, o’zaro hurmat, samarali mehnat taqsimotini amalga oshirish imkoniyatlari, qat’iy mas’uliyat va javobgarlik va h.k. Bu esa oilaviy biznesni shaklining iqtisodiy jihatdan samarali va istiqbolli ekanligini namoyon etadi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar,

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, odamlarning “hayot falsafasini” o’zgartirdi. Vujudga kelgan erkinlik, har bir kishiga o’z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatining berilishi natijasida uzoq yillar davomida boqimandachilik kayfiyatida yurgan aholi orasidan ishbilarmon, tadbirkor, mohir xo’jalik egalari, hunarmandlar, kasanachilar, ish yurituvchilar ajralib chiqdi. Endilikda ular faqat davlatdan ish joyi va ish haqi kutib qolmasdan, balki o’zlari ham xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanib, yangi ish o’rinlarini yaratishga harakat qilmoqdalar. Bu natijalarni mamlakatimizdagi aholi daromadlari tarkibining o’zgarishi orqali ham kuzatish mumkin. 1990 yilda aholi daromadlari tarkibida ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar 69,8 foizni, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromad 7,6 foizni, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad 3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilda bu daromadlarning ulushi tegishli ravishda quyidagicha o’zgardi: 29,7 foiz, 27,0 foiz, 28,1 foiz. Bundan ko’rinadiki, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar darajasi bilan deyarli baravarlashgan.

Demak, mustaqillik yillari davomida oilalar moddiy asoslarining rivojlanishi, ular moliyaviy imkoniyatlarining kengaygani, yashash sharoitlari (elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi, oqova suv tizimi bilan ta’minlanganlik darajasi)ning yaxshilanishi kabi omillar endilikda biznesni oila a’zolari doirasida tashkil etish uchun qulay zamin yaratdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligi darajasini oshirishdagi roli ham ahamiyatli hisoblanadi. Haqiqatan ham, tadbirkor o’z mablag`larini ishlab chiqarish sohasiga kiritar ekan, ayni paytda o’z daromadlarini oshirish bilan birga jamiyat boshqa a’zolarining ham ish hamda daromad bilan ta’minlanishiga moddiy negiz yaratadi. Mamlakatimizda bu boradagi faoliyat ham kengayib bormoqda: 2000-2008 yillar davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida band bo’lganlar soni 3,3 marta oshdi. 2010 yilning 1 yanvar holatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda band bo’lganlar soni 8402,3 ming kishini, shu jumladan, yakka tadbirkorlar 6446,2 ming kishini, kichik korxona va mikrofirmadagi bandlar soni 1956,1 ming kishini tashkil etdi. Ushbu soha vakillari tomonidan 2002 yilda 369,3 mingta, 2005 yilda 434,2 mingta, 2006 yilda 290 mingta, 2009 yilda 390 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi.

Ma’ruzada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatimiz moliyabank tizimi o’zining barqaror va ishonchli ekanini isbotlaganligi, shu bilan birga, bu tizimning yanada mustahkamlanishi xususiy banklar va xususiy mulkka asoslangan lizing, sug`urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliyaviy tashkilotlar kabi moliyaviy institutlarni tashkil etishning qonunchilik asoslarini shakllantirish hisobidan bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish bilan ham bog`liqligi, bu esa bank va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning kengayishi hamda mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatining oshishiga imkon beradi va eng yuksak xalqaro standartlar talabiga mos zamonaviy bozor infratuzilmasining rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, deb ta’kidlab o’tildi.

Hozirgi vaqtda respublikamiz bank tizimining umumiy joriy likvidligi 1,5 milliard dollardan ortiq bo’lib, bu tashqi nodavlat qarzlar bo’yicha to’lanishi kerak bo’lgan to’lovlar hajmidan 10 barobar ko’pdir. Bu esa bizda likvidlik, ya’ni to’lovlarga qodirlik darajasi bo’yicha muammo yo’q, deb aytish uchun asos bo’ladi.

Keyingi yillarda bank tizimini yanada takomillashtirish, tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish, barqarorligini ta’minlash, investistiya jarayonlarida ishtirokini kengaytirish, ularning erkinligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida bank aktivlari 12 trln. 65 mlrd. so’mni, tijorat banklarining jami kapitali 2 trln. 104 mlrd. so’mni tashkil etdi. Fuqarolarning bank tizimiga bo’lgan ishonchi tobora oshib borayotgani, aholining banklardagi omonatlarining davlat tomonidan kafolatlangani, eng muhimi, fuqarolarning banklardan omonatlarini o’z vaqtida olayotgani, kredit tashkilotlari tomonidan aholiga 400 dan ortiq qulay omonatlar turlarining taklif etilishi 2010 yilning 1 yanvar holatiga omonatlar miqdorining 2 trln. 750 mlrd. so’mga etishiga zamin yaratdi (8­rasm).



Download 179,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish