- jamiyat yoki milliy iqtisodiyot miqyosida ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida kishilarning ehtiyojlarni qondirish uchun kerak boʻladigan neʼmatlarni yaratishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy faoliyatlar majmui. Bu faoliyat natijasida yalpi milliy mahsulot, shu jumladan, yalpi ichki mahsulot va milliy daromad ishlab chiqariladi. I.ch.ning ijtimoiy tavsifi turli neʼmatlar i.ch.da jamiyat aʼzolarining mehnat kooperatsiyasi asosida oʻzaro aloqada, birgalikda iqtisodiy faoliyat koʻrsatishlarini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |