3.2.1-chizma. Mahsulot tannarini hisoblashda xarajat moddalari.
«Urug’lik va ko’chat materiallari» moddasida xo’jalikning o’zida ishlab
chiqarilgan hamda sotib olingan ekish uchun mo’ljallangan urug’lik va ko’chatlar
hisobga olinadi. Bunda xo’jalikning o’zida yetishtirilgan urug’lik va ko’chatlar
ularni ishlab chiqarish tannarxida, chetdan sotib, olinganlari esa sotib olish
bahosida hisobga olinadi. Ushbu urug’lik va ko’chatlarni ekishga tayyorlash
(transportga yuklash, tashish, tushirish, ekish va boshqalar) bu moddada aks etmay,
tegishli moddalar bo’yicha (mehnatga haq to’lash, asosiy vositalarni saqlash ish va
xizmatlar va boshqa) hisobga olinadi.
«Mineral va organik ug’itlar» moddasida ekinlarga solingan mineral va
organik o’g’itlar qiymati hisobga olinadi. Bunda, xo’jalikning o’zida mavjud
organik o’g’itlar (go’ng va boshqa) ularni ishlab chiqarish tannarxida, chetdan
sotib olinganlari esa sotib olish bahosida hisobga olinadi. Ushbu o’g’itlarni
ekinlarga solish (transportga yuklash, tashish, tushirish, sepish va boshqalar) bu
Xarajatlarning moddalar bo’yicha guruhlanishi
Mehnat haq to’lash ijtimoiy ajratmalari bilan
Boshqa xarajatlar
Ish va xizmatlar
Urug’lik va ko’chatlik materiallari
Mineral va organik o’g’itlar
O’simliklar va chorva mollarini himoyalash vositalari
Yem-xashak va ozuqa
Qayta ishlash uchun xom ashyo
Asosiy vositalarni saqlash
A) Yoqilg’i-moylash materiallari
B) Asosiy vositalar amortizatsiyasi
C) Asosiy vositalarni ta’mirlash
Chorva mollarining nobud bo’lishidan yo’qotishlar
83
moddada aks etmay, tegishli moddalar bo’yicha (mehnatga haq to’lash, asosiy
vositalarni saqlash, ish va xizmatlar va boshqa) hisobga olinadi;
«O’simliklar va chorva mollarini himaylash vositalari» moddasida ekinlar va
chorva mollarini kasalliklar, zararkunandalardan himoyalash va begona o’tlardan
tozalashda ishlatilgan vositalar: gerbisidlar, pestidlar, defoliantlar, kimyoviy va
biologik vositalar, biospreparatlar, tibbiy va dezinfeksiya vositalari hamda boshqa
himoya vositalarini sotib olish bilan bog’liq xarajatlar o’z aksini topadi.
Ushbu himoya vositalari bilan ekinlarga ishlov berish xarajatlari (sepish,
changlatish, defolyatsiya qilish va boshqalar) bu moddada aks etmay, tegishli
moddalar bo’yicha (mehnatga haq to’lash, asosiy vositalarni saqlash, ish va
xizmatlar va boshqa) hisobga olinadi. Chorvachilikda bu moddaga biopreparatlar,
tibbiy va dezinfiktsiya vositalarini ishlatish bilan bog’liq xarajatlar ham hisobga
olinadi.
«Yem-xashak va ozuqa» moddasida chorva mollarini oziqlantirishda
ishlatilgan xo’jalikning o’zida yetishtirilgan hamda chetdan sotib olingan yem-
xashak va boshqa ozuqa turlari qiymati o’z aksini topadi. Bunda ozuqalarni
xo’jalik ichida daladan omborga, ombordan mollarga berish joyiga tashish
xarajatlari, shuningdek, ularni ozuqaga tayyorlash bilan bog’liq xarajatlar ham
ushbu moddada hisobga olinadi. Ammo ozuqani chetdan tashib keltirish xarajatlari
bu moddada aks ettirilmaydi.
«Qayta ishlash uchun xomashyo» moddasida xo’jalikning yordamchi
tarmoqlarida mahsulotlarni qayta ishlashda, ishlatiladigan va yaratilayotgan
mahsulotning asosini yoki tarkibiy qismlaridan birini tashkil etadigan xomashyo va
materiallar sarfi o’z aksini topadi:
- aralash ozuqa (kombikorma) tayyorlashda – don, don aralashmasi, o’t
uni, suyak uni va boshqa mikro va mineral qo’shimchalar qiymati;
- tegirmonda – bug’doy qiymati;
- sabzavot va mevalarni qayta ishlashda – sabzavotlar, mevalar, turli xil
qo’shimchalar va konservantlar qiymati:
- kalbasaxonada – suyiladigan charva mollari qiymati;
84
- sut mahsulotlari tayyorlashda – sut, sut mahsulotlari, shakar, vanilin,
achitki va boshqa qo’shimchalar qiymati.
«Asosiy vositalarni saqlash» moddasida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan
asosiy vositalarni saqlash bilan bog’liq quyidagi xarajatlar aks etgiriladi:
- asosiy vositalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning ish haqi;
- ish haqidan ijtimoiy ajratmalar qilish;
- yonilg’i-moylash materiallariga qilingan xarajatlar (traktorlar va boshqa
mashinalarning qishloq xo’jaligi va boshqa ishlarni bajarish, bir yer maydonidan
boshqasiga ko’chish bilan bog’lik ishlarga sarflangan yonilg’i-moylash materiallari
qiymatini ham qo’shgan holda);
- aynan shu ekin yoki chorva mollari turiga taqsimlanadigan, asosiy
vositalarning balans qiymatidan kelib chiqib o’rnatilgan me’yorda hisoblanadigan
amortizatsiya ajratmalari;
- asosiy vositalarni barcha turdagi ta’mirlash, va texnik xizmat ko’rsatish
xarajatlari.
Asosiy vositalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish xarajatlariga
quyidagilar kiradi:
- ta’mirlashda ishtirok etgan ishchi va mutaxassislar ish haqi va ish
haqidan ijtimoiy ajratmalar;
- asosiy vositalarni ta’mirlashga sarflangan ehtiyot qismlar qurilish
materiallari va boshqa materiallar, ta’mirlash va undan so’ng sinab ko’rish
chog’ida sarflangan yonilg’i-moyalash materiallari qiymati;
- ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish korxonalarining xizmatiga haq
to’lash xarajatlari.
O’simlikchilik tarmog’ida ishlatiladigan asosiy vositalarni saqlash
xarajatlari alohida ekin turlari mahsulotlari va tugallanmagan ishlab chiqarish
turlari tannarxiga quyidagi tartibda qoshiladi:
▪ tor ixtisoslashuvdagi asosiy vositalarniki (masalan, sholi o’ruvchi
kombaynlar va paxta terish mashinalari) - bevosita shu ekin mahsulotlari
tannarxiga;
85
▪ traktorlarniki – ular tomonidan ekin turlari bo’yicha bajargan ishi
hajmiga (shartli etalon gektarda) mutanosib ravishda;
▪ tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarniki – ekin turlari bo’yicha ishlov
berilgan maydon hajmiga mutanosib ravishda;
▪ ekish agregatlariniki – ekin turlari bo’yicha ekilganp maydon hajmiga
mutanosib ravishda;
▪ hosilni o’rib-yig’uvchi kombaynlarniki – ekin turlari bo’yicha o’rilgan
maydon hajmiga mutanosib ravishda;
▪ mineral o’g’it soluvchi mashinalarniki – ekinlarga solingan
o’g’itlarning fizik hajmiga mutanosib ravishda;
▪ bir necha turdagi chorva mollari joylashtirilgan binolarniki – har bir
chorva moli turining binoda egallagan joyi hajmiga (metr-kvadratda) mutanosib
ravishda;
▪ bir turdagi chorva mollari joylashtirilgan binolarniki – to’g’ridan-to’g’ri
shu chorva mollari tannarxiga olib boriladi;
▪ mahsulotlarni saqlash omborlariniki - har bir mahsulot turining
omborda egallagan maydoni hajmiga mutanosib ravishda.
«Ish va xizmatlar» moddasida xo’jalikka boshqa korxona va tashkilotlar
tomonidan ko’rsatilgan ishlab chiqarish xarakteridagi ish va xizmatlar uchun haq
to’lash xarajatlari, shuningdek, xo’jalikning yordamchi ishlab chiqarish
bo’linmalari bajargan ish va xizmatlarning xarajatlari aks ettiriladi.
Mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
- ishlab chiqarishga yuqori unumli, ishonchli va arzon ishlab chiqarish
vositalarini joriy etish;
- yer, asosiy va aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish;
- ishlab chiqarishning material sig’imini kamaytirish va tejamkorlikka
erishish;
Fermer xo’jaliklari yetishirgan mahsulotlari tannarxini pasaytirishni
asosiy maqsad qilib qo’yadilar.
86
Xulosa
Ixtisoslashgan fermer xo'jaligida mehnatning xarakteri ham o'ziga xos
xususiyat kasb etadi. Agrar ishlab chiqarishning doimiy ravishda jonli mehnat
bilan bog'liq holda yuritilishi, bu sohada ishlab chiqarishga haqiqiy javobgarlik
hissi bilan yondashuvchi, uning natijalaridan bevosita manfaatdor shaxslar mehnat
qilishi lozimligini ko'rastadi. Fermer faqat uning o'zi va oilasining farovonligini
ta'minlashga yo'naltirilgan erkin, ijodiy mehnatdagina o'zining qobiliyatlari va
mahoratini to'laligicha namoyon eta oladi.
Qishloq xo'jaligini asosini jamiyatining boshlang'ich bo'g'ini tashkil etadi.
Oilaviy xo'jalikda o'zgacha ijtimoiy va ma'naviy muhit mavjud bo'lib, bu yerda har
bir shaxsning manfaati butun oila manfaati bilan qo'shilib ketadi. Bunda mehnat
jamoasi vakillarining bir-biriga bo'lgan ishonchi yuqoriligi sababli, har bir kishi
umumiy oila farovonligi yo'lida vijdonan va sifatli mahnat qiladi, mehnat va uning
natijalarini qadrlashga o'rganadi, o'zaro yordam va shaxsiy javobgarlik xislatlariga
moslashadi.
Iqtisodiy nazariyaning asosiy qonuniyatlaridan biri moddiy resurslarning
cheklanganligi bilan bog'liq. Shu munosabat bilan har bir xo'jalik yurituvchi
sub’yekt o'z ixtiyoridagi kamyob resurslardan samarali foydalanishga, ya'ni ishlab
chiqarish jarayoniga sarflangan har bir birlik cheklangan resurlar hisobiga
maksimal miqdorda mahsulot ishlab chiqarishga intiladi. Buning uchun esa,
resurslarning to'liq bandligiga va ishlab chiqarishning to'liq hajmiga erishish lozim.
Fermer xo'jaliklarining doimiy ravishda barqaror sur'atlar bilan rivojlanib
borishiga shart-sharoitlar yaratish uchun respublika miqyosida ularni texnik
vositalari bilan ta'minlash borasida yirik tadbirlarni amalga oshirish lozim bo'ladi.
Bunda eng avvalo respublikaning ichki imkoniyatlariga keng tayanilgan holda,
kichik va o'rta quvvatli traktorlar va mashinalarni seriyali ishlab chiqarish dolzarb
masalaga aylanmoqa.
87
Respublikamizda amalda bo'lgan qonunchilikka muvofiq ixtisoslashgan
fermer xo'jaliklari asosiy vositalarni moliyaviy yoki operativ lizing shartlarida
olishlari mumkin. Moliyaviy lizingda lizing muddati tugagach lizing obekti lizing
fermer xo’jaliklariga texnik xizmat ko’rsatish va mexanizatsiyalashgan ishlarni
bajarishda mashina-traktor parklari (MTP) larni xizmatini sifat jihatidan
yaxshilash, MTPlarga qishloq xo’jaligi ishlarini bajarish bilan birga,
xo’jaliklarning texnika vositalariga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash, ularga
texnikalarni ijaraga berish va yangi texnikalar keltirib sotish ishlarini ham bajarish
huquqini berishni yaratish.
Hududlarda
MTP
larni
rivojlantirish
yo’nalishida bir qator muhim qarorlar qabul qilinib Muqobil mashina-traktor
parklari soliq solish shartlari va qishloq xo’jaligi Tovar ishlab chiqaruvchilarga
ko’rsatilayotgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar bo’yicha “O’zagromashservis”
uyushmasi viloyat birlashmalarining mashina-traktor parklariga tenglashtirildi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasida texnika vositalarini ta’mirlash ishlarini
sifatli bajarish, fermer xo’jaliklarining normal faoliyat yuritishiga yordam beradi,
ular xizmatini shakillantiradi.
Fermer xo’jaliklari rivojlanishida “Lizing” xizmatlari samarali foydalanish
maqsadida moliyaviy lizingdan uzoq muddatga foydalanishni va kreditlashtirishni
yo’lga qo’yish. Bu orqali fermer xo’jaliklari texnikasidan unumli va uzoq
muddatga foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Lizingga olingan texnikani foydalanish davri to’lanadigan amortizatsiya
to’lovlarini o’z vqtida bajarilish tartibi va muddati ko’rsatilgan bo’lib, fermerlar
ularni yerga o’z vqtida ishlab berish imkonini beradi.
O'tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosa va takliflar ishlab chiqildi:
Dehqonchilik bilan shug'ullanadigan ixtisoslashgan fermer xo'jaligi uchun
yer uchastkalarining o'lchami paxtachilik va g'allachilikda eng kamidan 10 gektar,
bog'dochilik, uzumchilik, va sabzavotchilikda – 1 gektardan kam bo'lmasligi
kerak. Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklariga, ularga berilgan yer
88
uchastkalarining eng kam o'lchami bir shartli bosh chorva moliga hisoblanganda
sug'oriladigan yerlarda (Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg'ona,
Toshkent viloyatlari) 0,30 gektar, qolgan viloyatlar uchun 0,45 gektar,
sug'orilmaydigan (lalmi, cho'l, sahro) yerlarda kamida 2 gektar ajratib beriladi.
Fermer xo'jaligi o'ziga berilgan yer uchastkalaridan qat'iy belgilangan
maqsadada foydalanib, uning xususiylashtirish, oldi-sotdi, garov, hadya,
ayirboshlash ob’yektiga aylanishiga, shuningdek, ikkilamchi ijaraga berilishi va
bo'linishiga yo'l qo'ymasligi kerak. Yer uchastkasining o'lchami va chegaralari
faqat fermer xo'jaligi boshlig'ining roziligi bilan o'zgartirilishi mumkin.
Ixtisoslashgan fermer xo'jaligiboshlig'i vafot etgan taqdirda yer uchastkasini
ijaraga olish huquqi shu xo'jalik a'zolarining o'zaro kelishuvi asosida, fermer
xo'jaligi faoliyatini davom ettirish istagida bo'lgan xo'jalik a'zolaridan biriga meros
bo'yicha o'tadi.
Dehqon va fermerlarga axborot berish yo'li bilan ularning ishlab chiqarishni
nimaga yo'naltirish kerak, qaysi mahsulot turlarini ekish maqsadga muvofiq,
yetishtirilgan mahsulotni qaysi bozorda va qay vaqtda sotish samarali ekanligi
to'g'risida qaror qabul qilishiga ta'sir etiladi.
Fermer xo'jaliklari faoliyatini respublikada amalda bo'lgan qonunchilik
doirasida tartibga solib turadi. Bu birinchi navbatda fermer xo'jaligini tashkil etish
va faoliyat ko'rsatishi qoidalarini belgilash, ularda yerdan foydalanish, mehnat,
mol-mulk va boshqa munosabatlarni tartibga solish hamda buxgalteriya, soliq va
statistik hisobotlarni yuritish tartiblarini joriy etishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |