3.1.2-jadval
Samarkand viloyati Oqdaryo tumani “Xumora-sarka” fermerlik xo’jaligida
lizing to’lovlarining hisobi va to’lov grafigi (TTZ-80.11. traktori uchun ming
so’mda)
Asosiy karzni
kaytarilishi hisobiga
texnika koldik
narxining kamayib
borishi
Lizing
davri
Har yilda lizing
davriga to’g’ri
keladigan asosiy
karz mikdori
Har yilda
xisoblangan
lizing foizi
mikdori
Har yilda
tulanadigan
lizing to’lovlari
(asosiy
karz va
foizlar)mikdori
1
64168,2
2013
Fevral
534,735
374,316
909,051
2
58820,85
2014
5882,085
3945,9
9827,985
3
52404,03
2015
6416,82
3874,155
10290,975
4
45987,21
2016
6416,82
3424,977
9841,797
5
39570,39
2017
6416,82
2975,799
9392,619
6
33153,57
2018
6416,82
2526,624
8943,444
67
7
26736,75
2019
6416,82
2077,446
8494,266
8
20319,93
2020
6416,82
1628,268
8045,088
9
13903,11
2021
6416,82
1194,09
7610,91
10
7486,29
2022
6416,82
729,912
7146,732
11
1069,47
2023
6416,82
280,737
6697,557
12
534,735
2024
534,435
3,120
537,855
13
X
Jami
64168,2
22646,020
86814,228
Manba: Oqdaryo tumani "Xumora-sarna" f/xning hisobot ma’lumotlari
asosida tuzilgan.
3.1.2-jadval ma’lumotlariga ko’ra, Oqdaryo tumanidagi “Xumora sarka”
nomli fermer xo’jaligida TTZ-80.11 traktorini olish uchun uzoq muddatli lizing
shartnomasi tuzilgan. Traktorning umumiy narxi 75492 ming so’mli, lizing
stavkasining 7%ni, oldindan to’lanadigan avans to’lovi 15%ni yoki 11323,8 ming
so’mni lizing sharnomasi 10 yilga tuzilgan bo’lib, uning umumiy summasi
32712,676 ming sumni tashkil etadi. Bunda oylik lizing to’lovi 303,017 ming
sumdan iborat.
Bizning fikrimizcha, lizing operasiyalari loyihlarida ishtirok etayotgan
mijozlar o’zlarining 10-20% mablag’’lari bilan lizing loyihlarida ishtirok etishsin.
Ikkinchidan, lizing loyihsida ishtirok etayotgan mijozlar eng avvalo, o’zlarining
investisiya muammolarini hal etayotganliklarini tushinishsin.
Lizing operasiyalari jarayonida lizing oluvchi sub’yektlarning asosiy ustunligi
quyidagilardan iborat deb hisoblaymiz:
- ma’lum muddatdan keyin to’lash sharti bilan mulkni sotib olish - bunda
oldi-sotdi to’lovlari to’laligicha lizing beruvchi tomonidan moliyalashtiradi. Lizing
oluvchi esa yirik hajimdagi to’lovlarni amalga oshirmaydi. Bunday holat uning
ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun moliyaviy mablag’’larni shakllantirishiga
sabab bo’ladi;
- ma’naviy yoki jismoniy eskirgan texnikalarni almashtirish imkoniyati
paydo bo’ladi;
- lizingga olingan vositalarni qaytarib olinishi xavfi kamayadi;
68
- lizingga olingan mol-mulk lizingga beruvchi balansi hisobida turadi.
Bunday holat ularni mol-mulk solig’idan ozod qilinishiga olib keladi;
- lizingga olingan texnikalar uchun ijara to’lovlari shu texnikalarni
o’rnatilgandan va ekspluatatsiya qilish boshlangandan so’ng to’lanadi. Bu esa
ijaraga olingan texnikalarni ishlatish orqali yaratilgan mahsulotlarni sotishdan
tushadigan foydadan to’lash imkonyni beradi;
- lizing to’lovlari ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga kiradi ya’ni
mahsulotning hahiqiy tannarxiga kiritiladi;
- davlat tomonidan lizing munosabatlarini rivojlantirishning turli xil
shakllarini, ya’ni soliq bojxona, investisiya imtiyozlari to’la qonli amal qilishiga
imkon beradi;
- ishlab chiqarishni yoki xizmat ko’rasotishdan kam sarf-xarajat qilinib,
ko’proq foyda olishni ta’minlaydi;
- lizing faoliyati investorlari uchun quyidagi ustivorliklarni kiritish
mumkin.
- investisiya va boshqa imtiyozlar hisobidan davlat tomonidan qo’llab-
quvvalanishi;
- foydadan to’lanadigan soliqlardan ozod qilinishi;
Bunda lizing to’lovi uchun dastlabki avans to’lovlarni to’lash bo’yicha
olingan tijorat banklari kreditlari uchun imtiyozlar nazarda tutiladi.
Qishloq xo’jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchilar uchun ustunlik, ishlab
chiqarilgan texnika va texnikalar uchun kafolatli xizmatlarni ko’rsatishini yo’lga
qo’yish hisoblanadi. Lizing kompaniyalari uchun esa o’zlarining lizing faoliyati
hisobidan me’yoriy bozor foydasini olish hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, qishloq xo’jaligida lizing faoliyatini keng joriy etish
maqsadida lizing loyihalarida ishtirok etuvchi qatnashchilar sonini oshirish
maqsadga muvofiq. Bunday holatda lizing loyihalari uchun molyaviy xavf-xatar
(risk) uning ishtirokchilari o’rtasida teng taqsimlanib, ularning ma’suliyatini
oshiradi hamda moliyaviy xavf-xatarni bir muncha pasaytiradi. Lizing bitmlari
kafolatlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: Lizing oluvchi, jihozlar
69
(texnikalar)ni ishlab chiqaruvchi, lizing beruvchi, kafolat-bank, kreditor bank,
sug’urta kompaniyasi, lizingni qo’llab turuvchi fondlar. Bunda kafolat sifatida
qatnashuvchi har bir sub’yekt xavf-xatarni 5%dan 25%gacha o’z zimmasiga oladi
va muayyan darajada daromadga ega bo’ladi.
Lizing munosabatlari mexanizmi birinchi navbatda xususiy lizing faoliyatini
rivojlantirish va rag’batlantirish orqali ishlab chiqarish korxonalari (ishlab
chiqarish vositalarini) monopolizmini tugatishga qaratilmog’i lozim. Shu
maqsadda respublika miqiyosida lizing kompaniyalarini tashkil etish zarur.
Shuningdek lizing kompaniyalarin tashkil etishni qo’llab-quvvatlash qishloh
xo’jaligi ishlab chiqarishiga investisiyalarni kiritish jarayonnini faollashtirishga
olib keladi.
Lizing kompaniyalari - O’zbekiston Respublikasi qonunlari doirasida lizing
faoliyatini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo’lib, uning asosy maqsadi
kompaniya ta’sischilarini iqtisodiy manfaatlarini umumlashtirib moddiy mehnat va
moliyaviy resurslarni daromad (foyda olishga) yo’naltiradi.
Lizing kompaniyalari faoliyati kredita bo’lib, qishloq xo’jaligi ma’lum
to’lov, ma’lum shart-sharoit va muddatga lizing oluvchilarga (fermer xo’jaliklari,
mashina-traktor narxlari) egalik qilish va foydalanishga berish hisoblanadi.
Shuningdek lizing kompaniyalari qo’shimcha bir qator xizmatlarni ham
bajarishlari mumkin, xususan, uchinchi shaxslardan "nou- xau" intelektual mulk
huquqini, litsenziya huquqlarini, tovar belgisi huquqini, axborot-dastur va
boshqalarini sotib olishlari, lizing faoliyati predmetiga kiruvchi qishloq xo’jaligi
texnologiyalarini montaj qilish va ishga tushirish ishlarini amalga oshirish,
kommunikasiya va ishlab chiqarish maydonlarini tayyorlash va boshqa xizmatlarni
amalga oshirishi mumkin.
Lizing kompaniyalari bir qator (asosan uch) sub’yektlar o’rtasida
vositachilikni amalga oshiradi. Birinchi bo’lib, o’z ishlab chiqarishini kengaytirish
va yangilashga intilayotgan qishloq xo’jaligi korxonalari maydonga chiqadi.
Ikkinchi bo’lib, qishloq xo’jaligi texnikalarini yetkazib beruvchilar (ko’p hollarda
qishloq xo’jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar) maydonga chiqadi.
70
Bunday huquqga chet ellik sub’yektlar ham ega. Lizing munosabatini uchinchi
ishtirokchisi bu-moliyaviy resurslarni yetkazib beruvchi banklar yoki moliyaviy
tashkilotlar hisoblanadi. Bu uch sub’yektni lizing kompaniyasi o’zining lizing
loyihasida birlashtirib turadi. Birinchi ishtirokchi bilan u lizing shartnomasini
tuzadi, ikkinchisi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi, uchinchi bilan kredit
shartnomasini tuzadi. Ushbu o’zaro manfaatli kelishuvchilik yagona lizing
loyihasini tashkil etadi (3.1- rasm).
LIZING LOYHASI
Do'stlaringiz bilan baham: |