1.2. O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minotini moliyalashtirishning hozirgi holati.
Qonunchiligimizga kiritilgan mazkur o’zgartishlar fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti masalalarini hamda mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, ilg’or xorijiy tajriba va bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mosligini ta’minlash, pirovardida pensiya ta’minotida ijtimoiy adolat printsiplarini kuchaytirish, yuqori ish haqi olib ishlagan fuqarolarga mutanosib miqdorda pensiyalar tayinlash imkoniyatlarini yaratish va pensiyalar miqdorini ustuvor tarzda oshirishga xizmat qiladi. Pensiya ta’minoti – ijtimoiy himoyaning muhim yo’nalishlaridan biridir. Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, aholining manfaatlarini ta’minlash hukumatimiz olib borayotgan siyosatning ustuvor yo’nalishini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |