1.1.1. rasm. Davlat pensiya turlari2.
Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo’lganidan so’ng istalgan paytda pensiya tayinlashni so’rab murojaat etishlari mumkin. Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga ularning o’zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi. Harbiy xizmatchilarni, shuningdek ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslarni hamda ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash shartlari, normalari va tartibi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi,ularga qonunda nazarda tutilgan asoslarda pensiyalar olish huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, shuningdek ichki ishlar organlari boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslar pul ta’minotining barcha turlari fuqaro shaxslarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |