Kurs ishining asosiy masalalari va farazlari.Kurs ishi jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar kelgusida mamlakatimizda pensiya tizimining huquqiy asoslarini rivojlantirishga olib kelishi mumkin. Kurs ishining asosiy masalalari:
ijtimoiy himoya tizimida pensiya tizimining etakchi o’rni dalillar bilan ilmiy asoslangan;
fuqarolarni ijtimoiy himoyalash, fuqarolarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlarning huquqiy poydevori hamda moliyaviy ta’minoti barpo etilganligi ilmiy asoslangan;
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini daromadlarini ko’paytirishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
fuqarolarni jinsidan qat’iy nazar pensiya jamg’armalari daromadini shakllantirish va mablag’lardan foydalanishda teng ishtirokini ta’minlash bo’yicha takliflar berilgan.