Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi Milliy g’oya va falsafa kafedrasi


Malakaviy bitiruv ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi



Download 280 Kb.
bet5/14
Sana18.02.2022
Hajmi280 Kb.
#453634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O’zbekistonning ma’naviy rivojlanishida milliy va diniy qadriyatlarning uyg’unligi

Malakaviy bitiruv ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Kirish, uch paragrafni o’z ichiga olgan iki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Umumiy hajmi 73 betni tashkil etadi


I-BOB: Mustaqil O’zbekistonning ma’naviy rivojlanishida milliy qadriyatlarning o’rni
Xalqimizning madaniy-ma’naviy boyliklari va milliy qadriyatlarini to’la, oqilona egallash va rivojlantirish hozirgi avlodning vazifasidir. Gap o’tmish madaniy-ma’naviy boyliklariga ega bo’lishdagina emas, balki uni chuqur egallab, yangi yuksak bosqichga ko’tara bilishdadir.
Totalitar, ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvi yillarida xalqimiz o’tmishiga hadeb tosh otish, uni butkul qoralash sobiq sovet mafkurasiga xos holat edi. Bu ashaddiy madaniyatsizlik va siyosiy kaltabinlik, odob-axloqsizlikdan boshqa narsa emas edi. Buni boshqacha ta’riflab ham, tavsiflab ham bo’lmaydi. Yurtboshimiz aytganlaridek, ba’zi bir bo’sh, siyosiy irodadan mahrum bo’lgan, o’z xalqi or-nomusi, qadr-qimmati va g’ururini himoya qilishga jur’at eta bilmagan mahalliy rahbarlar amal pillapoyasidan ko’tarilishga umidvor bo’lib, o’z ajdod-avlodlarining urf-odatlari va ma’naviy qadriyatlarini mensimadilar. Xalqning urf-odatlari, an’analari, madaniyatini obdon oyoq osti qilinishiga yo’l qo’yib berdilar va o’zlari bunga hattoki bosh-qosh ham bo’ldilar.
Milliy, madaniy-ma’naviy, axloqiy, tarixiy qadriyatlarga bo’lgan munosabat masalasida ham jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yildi. O’zlarini ilmning hamma sohasini yakkayu yagona bilag’oni deb atagan kommunistik mafkura targ’ibotchilari o’z faoliyatlarida o’tmishdan qolgan barcha madaniy merosni butunlay inkor etish yo’liga o’tib oldilar. Navoiy, Bobur, Ulug’bek, Yassaviy, Mashrab, Nodirabegim singari ulug’ insonlar feodalizm davri namoyondalari, deb e’lon qilinishi oqibatida, ularning meroslarini o’rganish , unga to’la, xolisanillo baho berish imkoniyati cheklandi. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan bo’lgan bunday adolatsiz munosabat O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgunga qadar davom etdi.
Erishilgan mustaqillik xalqimiz madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga keng yo’l ochib berdi. O’zbekistonda hozir madaniy merosimizga alohida e’tibor bilan qaralmoqda, juda ko’plab ilmiy, badiiy, tarixiy, falsafiy asarlar, qadimiy qo’lyozmalar ketma-ket nashr qilinmoqda. Noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash ishlari ilk mustaqillik yillaridanoq boshlangan.
Xalqimiz dahosi bilan yaratilgan va g’ayriqonuniy ravishda respublikadan tashqariga olib ketilgan, milliy boylik bo’lgan san’at asarlarini, qimmatli qo’lyozmalarni izlab topish, O’zbekistonga qaytarish chora-tadbirlari ko’rilyapti. “Noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash, o’zbek xalqi yaratgan va milliy boylik bo’lgan san’at asarlarini izlab topish, ularni O’zbekistonga qaytarish ma’naviyat dasturimizning muhim bo’lagini tashkil etadi. Bu milliy boylik bizga ota-bobolarimizdan meros bo’lib qolgan. Binobarin, biz ham uni ko’z qorachig’iday asrab-avaylashimiz va farzandlarimizga meros qilib qoldirishimiz kerak.
... Butun dunyoda bunday noyob boyliklar birinchi galda davlat muzeylari tomonidan sotib olinadi va saqlanadi. Biz ham xuddi shu yo’ldan borishimiz, buning uchun kerakli mablag’ni aslo ayamasligimiz darkor. Tengsiz milliy boyliklarimizning shuncha talon-toroj qilingani yetar, endi biz bunga aslo yo’l qo’ymaymiz”1, deganda I.A.Karimov qanchalar haq edi.
Respublikamizda ilm-fan, madaniyat, xalq ta’limi, maorif, adabiyot va san’atni rivojlantirish, tarixiy obidalarni ta’mirlash, asliga keltirish, qariyb unutilayozgan xalq hunarmandchiligini tiklash masalalari bo’yicha Prezident farmonlari e’lon qilindi, bir necha qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosi ta’minlanmoqda.
SHarq xalqlarining bir necha ming yillar mobaynida yaratgan shunday bebaho odob-axloq qoidalari, jahonga ko’z-ko’z qilsa arziydigan qadriyatlari borki, ularni unutish o’tgan ajdodlar xotirasi oldidagina emas, hozirgi va kelajak avlodlar nasl-nasablarimiz oldida ham kechirib bo’lmaydigan eng katta gunohi azimdir.
Odob-axloq, ta’lim-tarbiya sohasidagi qadriyatlarimiz bizlar uchun faqat milliy merosgina emas, balki insoniyat ma’naviy hayoti borasida katta o’rin olishi mumkin bo’lgan ma’naviy boylik hamdir. Ana shu milliy qadriyatlarimizni tiklash, ulardan to’la bahramand bo’lish, yosh avlodni ular bilan tanishtirish mustaqilligimizni mustahkamlashda, odamlarda insonparvarlik, vatanparvarlik singari fazilatlarni qoror toptirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Gap ma’naviy va axloqiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, mehmondo’stlik, insonparvarlik va boshqa umuminsoniy hamda milliy qadriyatlar ustida bormoqda. Ular jamiyatimizning iqtisodiy taraqqiyoti, madaniy-ma’naviy kamoloti uchun nechog’lik muhim o’rin tutishini yetti yashardan yetmish yashargacha bo’lgan har bir inson biladi. Yurtboshimiz I. Karimov ta’biri bilan aytganda: Mustaqil O’zbekistonning kuch-qudrati manbai - xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo’shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab-asrab kelmoqda. O’zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur shart-sharoit yaratishdir”1.
O’zbek xalqida dunyo tan berib kelayotgan ajoyib insoniy fazilatlar, nodir urf-odatlar mavjud. Oila a’zolarining barchasi to’planmaguncha ovqat yemay turish, oila boshlig’ini odob saqlab kutish, ota-onani o’rnidan turib kutib olish, ularga har doim iltifot ko’rsatish, kattalarga hurmat, kichiklarga mehr-shafqat, ulug’-ajdodlarga, qo’ni-qo’shnilarga, xesh-aqrabolarga, mahalladoshlarga, tanish-bilishlardan yordamni ayamaslik va boshqalar bunga misol bo’la odi. Birovlar bilan muomalada odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish, o’zidan kattalar, yoshi ulug’lar bilan hayo, odob-andisha asosida so’zlashish, ularga nojoiz so’zlarni aytmaslik, betgachoparlik qilmaslik, odob-axloq, andishani qo’ldan bermaslik -bularning hammasi xalqimizda chinakam lutfu nazokat hisoblanadi va yuksak darajada e’zozlanadi. O’zidan kattalarni, birinchi galda keksa bobolaru otalarni, nuroniy onalaru buvilarni hurmat qilish, e’zozlash, ular uchun qo’ldan kelgan yordamni ayamaslik o’zbek xalqining an’anaviy qoidasi bo’lib, ular o’zbek oilalarida yoshlikdan bolalar ongiga, qon-qoniga, vujud-vujudiga chuqur singdirib boriladi. Ota-bobolarimiz an’analariga ko’ra, yoshlar o’zidan kattalarni ko’rganda tanish-tanimasligidan, millati va jinsidan qat’i nazar salom berishlari, ro’baro’ kelganda birinchi bo’lib yo’l berishi, ular bilan samimiy munosabatda bo’lishlari, iltifotlarini ayamasliklari lozim.
O’zbek oilalarida o’tadigan bironta ham marosim, to’y-tomosha, hashar keksalarning maslahatisiz va ishtirokisiz o’tmaydi. Keksalarning turmush tajribalari, bilim - boyliklari, bosib o’tgan yo’llari, yo’l-yo’riqlari, maslahatlari, saboqlari - yoshlar uchun eng katta boylik, bitmas-tuganmas xazinalar konidir. Keksasi, qarisi bo’lgan xonadonda fayz-baraka bo’ladi, degan mazmunda aytilgan qanchadan-qancha matallar, maqollar, afsonayu rivoyatlarimiz borligini ham aytib o’tish mumkin.
XI asrning atoqli shoiri, donishmandi va davlat arbobi Yusuf Xos Hojib qarilarni hurmat qilish, ular haqida behuda so’z aytmaslik, ular huzurida odob va kamtarlik bilan so’zlash joizligini uqtirgan edi.
O’zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib kelayotgan, o’z ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan yana biri ota-onani yuksak darajada e’zozlash, izzat-ikromi, hurmatini joyiga qo’yishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan ko’ra mehribon, aziz va mo’’tabar zot yo’q. Ota-ona farzandning suyanchig’i, bitmas-tuganmas boyligidir. Hech ikkilanmasdan shuni aytish kerakki, ota-ona farzand uchun hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan buyukliklari ham ana shunda. O’zbek xalqi odob-axloq qoidasi bo’yicha, keksalarning, ota-onaning oldidan salom bermasdan o’tish gunoh hisoblangan.
SHunday ekan, ota-onani qadrlash, ularning beminnat xizmatini unutmaslik, duolarini olish - bolalarning farzandlik burchi. Bu milliy qadriyatlarimizning eng muhim talabalaridan biridir.
Buyuk bobolarimiz aytganidek, ota-ona uchun xizmat qilmoq farzandlar uchun majburiyatdir: “ Ota-ona ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bo’lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyong obod bo’lishini istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turgan-birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning so’zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. Hamma xizmatni sen odob bilan bajar, “adab” so’zidagi “dol” kabi qomatingni ham qil”1.
Tan olib shuni aytishimiz kerakki, keyingi paytlarda keksalarni, ota-onalarni hurmat qilish zarurligi haqidagi milliy qadriyatlarimiz biroz xira torta boshlagandek tuyuladi. Ba’zi yoshlarda kattalarni hurmat qilish, ularning gapiga quloq solish singari yuksak ma’naviy fazilatlar yo’qolib ketayotgandek. Ehtimol, boshqa millat vakillari bunga unchalik e’tibor berishmas, lekin biz o’zbeklar buni his qilmay ilojimiz yo’q. Keksalar uchun ajratilgan “Qariyalar uylari”da farzandlari tirik ota-onalar yashayotganligi achinarli holdir. Goh-gohida bo’lsa-da, o’z ota-onasiga qo’l ko’targan, undan ham og’irroq jinoyat sodir etgan farzandlar haqida matbuot sahifalarida o’qib, o’ylanib qolasan kishi. Bu - oddiy bir nuqson emas, balki inson uchun ma’naviy tubanlik, bag’ritoshlik, ko’rnamaklikdir, ajdodlarimiz o’gitlarini nazar-pisand qilmaslik, oyoq osti qilishdir. Bunday holatlarni ko’rib, milliy, axloqiy qadriyatlarimizga, o’zbek xalqining sha’niga dog’ tushiradigan bunday yaramas hodisalar qaerdan kelib chiqdi, ularning asosiy sababi, ildizi nimadan iborat, degan savol har bir ma’naviyatli insonni o’ylantirishi tabiiy. SHuni aniq aytish kerakki, taraqqiyotning muayyan bosqichida, sobiq Ittifoq davrida ayrim yoshlar o’zbek xalqining milliy qadriyatlarini chuqur o’rganish, tahlil etish, mohiyatini to’la anglab yetishdan butkul mahrum bo’lib qoldilar. Ajdod-avlodlarimizning o’gitlari, pand-nasihatlari, eng ajoyib an’analarimiz, milliy qadriyatlarimiz tinmay targ’ib-tashviqot qilinishi, odamlar ongi va turmushiga singdirilishi o’rniga nuqul qoralandi, yomon otliq qilindi, bid’at, xurofot, deb baholandi. Milliy qadriyatlarimizning serma’no, serhikmat g’oyalarini o’zida jo qilgan va targ’ib-tashviq qiladigan o’zbek xalq rivoyatlari, ertaklari, dostonlari, maqol va matallari, aruz va baytlari, kuy va qo’shiqlariga unchalik e’tibor berilmadi, ular sinchiklab o’rganilmadi. Bularning o’rniga Yevropa va boshqa xalqlarning madaniy-ma’naviy meroslariga ruju qilindi.O’nlab yillar davomida biz ta’lim-tarbiya borasida Yevropa, Rossiya modelini ko’klarga ko’tarib maqtab, targ’ib qilib, yoshlarimizni o’z milliy qadriyatimizdan bebahra qilib qo’ydik. Ana shu kasofatlar tufayli diniy, axloqiy, madaniy-ma’naviy qadriyatlarimizning, oila, maktab, mahalla-ko’y, qo’ni-qo’shnilar ta’lim-tarbiyasining hayot sinovidan o’tgan bebaho boyliklaridan judo bo’la boshladik, bora-bora ularni unutdik va bugun xalqimiz orasida turli illatlarga duch kelib turibmiz.
Milliy qadriyatlarimizning mohiyatiga zid bo’lgan bunday salbiy hodisalarning uzoq davom etishiga ortiqcha chidash, sabr-toqat qilish mumkin emas edi. Mustaqilligimiz tufayli bularga chek qo’yildi. Mustaqilligimiz ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalarida ham tub burilish davrini boshlab berdi. Milliy an’analar, milliy madaniyat, milliy qadriyatlar o’zining qaddini rostlay boshladi.
Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mehr-shafqat, ota-onaga e’zoz, farzandlarga mehr-sadoqat - bular insonni inson sifatida ulug’laydigan, axloqiy, ma’naviy jihatdan go’zal va barkamol qiladigan qadriyatlardan hisoblanadi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining asosiy qonuni-Konstitutsiyasida farzandlarning jamiyat, oila hamda ota-onalari oldidagi insoniy burchlari va mas’uliyatlari nimalardan iboratligi milliy qadriyatlarimizdagi asosiy g’oya va qoidalarga asoslanib belgilab berilgan. Uning 66-moddasida qayd qilinishicha, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amg’o’rlik qilishga majburdirlar1.
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda jamiyat a’zolari madaniy-ma’naviy, axloqiy kamolotini oqilona yo’lga qo’yish, ma’rifiy tadbirlarni muntazam amalga oshirish benihoya katta ahamiyatga ega. Agar inson to’g’ri tarbiya topmasa, uning faoliyati jamiyat uchun zararli bo’ladi. Jamiyat hayotidagi barcha muammolar yechimi ma’naviy jihatdan barkamol bo’lgan kishilarning fidokorona, halol mehnati, halol va pokligi asosida ro’yobga chiqadi. “Ma’naviyat tarbiyaning eng ta’sirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish, bolalarimizni vatanparvarlik, rostgo’ylik, haqsevarlikka o’rgatish kerak bo’ladi. Aslini olganda, axloq-ma’naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchaki salom-alik, xush muomaladangina iborat emas. Axloq-bu avvalo insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik degani”2.
Hozirgi paytda taraqqiyotimiz taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Aqliy zakovat, ruhiy, ma’naviy kamolot, insofu diyonat, muruvvat, mehr-oqibat - bular ma’rifatli, ma’naviyatli insonning asosiy fazilatlaridir.
Milliy qadriyatlar ustida fikr yuritganda yana bir muhim masalani alohida ta’kidlashga to’g’ri keladi. Ma’lumki, qadimiy urf-odatimizga ko’ra, o’zbek oilalarida, ayniqsa, ko’p bolali xonadonlarda yoshlar bolaligidanoq mehnat quchog’ida tarbiyalanadi, mehnatda chiniqadi. Dalada, uy-joyda ota-onaga yordam berib, mehnat qilib, hali hech bir bola mayib bo’lgan emas. Aksincha, mehnat qilgan bola chiniqqan, oq-qorani tanigan, ota-onasining qadriga yetgan. Mehnat qilib murakkab hayot yo’lida uchrashi mumkin bo’lgan har qanday to’siq va qiyinchiliklarni sabr-toqat bilan yengib o’tishga o’rgangan.
Afsuski, o’tgan sobiq sovetlar davrida xalqimizning ana shu muhim an’analari ba’zan e’tibordan chetda qola boshladi, yoshlarning mehnatsevarlik xislatlarini shakllantirish masalasiga rasmiyatchilik bilan qaraldi. SHahar va qishloqdagi maktab o’quvchilarini kasb-hunarga o’rgatish masalasiga birmuncha sovuqqonlik bilan qaraldi.
Prezident tomonidan qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga binoan, respublikamizda turli mutaxassislik bo’yicha 297 yo’nalishdagi kasb-hunar kollejlari tashkil etildi. Xalqimiz orasida boy tajribalar to’plangan kasb–hunar sirlarini o’rganish, ta’lim–tarbiyada milliy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish asosiy o’rin tutadigan bo’ldi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlarimizga e’tibor kuchaydi. Yoshlarda milliy g’ururni shakllantirish va mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladigan bo’lganligi tahsinga sazovordir.
“Bundan 12 yil oldin boshlangan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va 2004 yilda uning tarkibiy qismi sifatida qabul qilingan maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi ijtimoiy hayotimizda tub burilish yasadi, - degan edi Prezident Islom Karimov O’zbekiston Konstitutsiyasining 17 yilligiga bag’ishlangan ma’ruzasida, bu dasturlar doirasida yurtimizda ming-minglab litsey va kollejlar, maktablar qurish va ularni rekonstruktsiya qilish, eng yuksak talablar asosida jihozlashdek keng ko’lamli vazifani qo’yganimizda, bu ishlarning qanday ulkan, aytish mumkinki, beqiyos maqsadlarni ko’zda tutishini kamdan-kam odam o’ziga tasavvur qilardi... Birgina 2009 yilda barpo etilgan 214 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejining 170 tasi qishloq tumanlarimizda bunyod etilgani va rekonstruktsiya qilinganini ta’kidlash lozim”1.
Jamiyatda har kim o’ziga munosib o’rin egallashi va hayot kechirishining mezonlari hozir tamomila boshqachadir. Bundan buyon insonning jamiyatdagi o’rnini, istiqboli va kelajagini faqat uning bilimigina emas, balki aql-idroki, ishbilarmonligi va uddaburonligi, mehnat malakalari ham belgilaydi.
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tayotgan hozirgi sharoitda oiladagi, maktablar, barcha bilim va tarbiya muassasalaridagi mehnat tarbiyasining ahamiyati ayniqsa katta. Mustaqil O’zbekiston uchun haqiqiy mehnatsevar, malakali, ishbilarmon, ko’plab insonlar Respublikamizning yanada rivojlanishiga munosib hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
Insonning o’zi va o’z oilasining baxt-saodati yo’lida mehnat qilishga shaxsan tayyor ekanligi uning ichki imkoniyatlarini tashkil etadi.
Bilimni sevish va ardoqlash, olimu fuzalolarni, ustozlarni hurmat qilish, mardlik, odamiylik, kamtarlik, adolat, halollik va haqgo’ylik kabi insoniy fazilatlarni ulug’lash borasida ham boshqalar ibrat olishi mumkin bo’lgan ajoyib qadriyatlarimiz ham benihoya ko’p. SHulardan yana ba’zi birlari ustida to’xtalishni lozim topdik.
Milliy qadriyatlarimizda bilim va bilimdonlik juda ulug’lanadi. Bilim va zakovatning qadr-qimmati, jamiyat taraqqiyoti, shaxsning madaniy-ma’naviy, axloqiy kamoloti uchun ahamiyati haqida qanchadan-qancha kitoblar bitilganini, rivoyatlar aytilganini, maqollar to’qilganini hammamiz juda yaxshi bilamiz. Bilim eng katta boylik ekanligi, dunyoda undan qadrliroq narsa yo’qligi to’g’risida Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Nosir Xisravning “Saodatnoma”, “Ro’shnoma”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilik”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat”, Alisher Navoiyning “Xamsa” kabi mashhur asarlarida bir-biridan muhim, bir-biridan sermazmun fikrlar bayon etilgan.
Bizning madaniyatimiz va tariximizda insonni ilm asoslarini bilib olishga da’vat etmagan, bilimning xosiyati haqida kuyib-yonib so’zlamagan bironta shoir va yozuvchi, bironta olim bo’lmagan. Buning uchun loaqal Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning, Abu Nasr Forobiyning, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinoning muborak nomlarini eslashning o’zi kifoya qiladi. Ularning qalamlariga mansub bo’lgan asarlarning har biri insoniyat uchun mislsiz boylik, bitmas-tuganmas xazinalar konidir.
O’zlarining aql-idroklari, tafakkur quvvati, zehn-zakovati, buyuk kashfiyotlari, ilm-fani bilan dunyoni hozirgacha lol qoldirib kelayotgan buyuk mutafakkirlari, fuzaloyu ulamolari benihoya ko’pligi bilan o’zbek xalqi har qancha faxrlansa, iftixor qilsa, boshini baland ko’tarib g’ururlanib yursa arziydi! O’zbeklar nasl-nasabi, o’tmishi nihoyatda ulug’ va baquvvat, ildizi juda chuqur, qadimiy xalqlardan biridir. Biz tarix maydonida kuni kecha paydo bo’lgan xalq emasmiz.
Ilm-fanga o’chlik, ma’rifat tomon talpinish, madaniyatga tashnalik, odob-axloq qoidalarini chuqur o’zlashtirib hayotga tatbiq etishga intilish, kitob mutolaasini hech qachon kanda qilmaslik, zehnini o’tkirlab, fikrini boyitib, tafakkur quvvatini oshirishga doimo shay turish - bularning hammasi o’zbek xalqiga ajdodlaridan o’tib kelayotgan buyuk an’ana, ajoyib meros bo’lib, uning qon-qoniga chuqur singib ketgan.
Insonni kamtar, sermulozamat, vazmin, og’ir-bosiq qilib ko’rsatadigan fazilat va xislatlar kishining bilimidan kelib chiqadi. Buni bizning ajdodlarimiz orasida o’tgan ulug’ va dono kishilar, shoir va faylasuflar ham ko’p ta’kidlab o’tganlar. XII asrning iste’dodli shoiri va donishmand murabbiysi Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq” (“Haqiqatlar armug’oni”) asarida ilmli bilan ilmsizni, olim bilan johilni qiyoslab, bayon etgan quyidagi fikri bunga misol bo’la odi: “Bilim to’g’risida so’zlamoqdaman, so’zimni yaxshi tingla, bilimdon kishilarga o’zingni bog’la. Bilim bilan baxt-saodat yo’llari o’rganiladi, bilim egallab, saodat yo’lini top. Bilimli kishi qimmatli oltindir. Johil, bilimsiz kishilar arzimas qalbaki aqchadir. Bilimli bilan bilimsiz qachon teng bo’ladi? Bilimli ayol marddir, bilimsiz er zaifdir. Suyakka ilik, er kishiga ilm kerak. Erning ko’rki aql, suyakning ko’rki ilikdir. Iliksiz suyak bo’sh-quruqdir, iliksiz suyakka esa qo’l uzatmaydilar. Er kishi bilim o’rganib, bilguvchi bo’lib qoladi, bilimsiz er kishi tiriklikda ko’rguliklar ichida qoladi. Bilimli er o’lsa ham tirikdir”1. Ya’ni, bilim egasi vafot etganda ham uning nomi boqiy qoladi. Bilimsiz kishi tirikligida ham o’likdan farqi yo’qdir. Ahmad Yugnakiyning bu mulohazalari, hozirgi davrimiz uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Ilmu ma’rifatning inson qadr-qimmati va izzat-e’tiborini oshirishdagi ahamiyati Qaykovusning “Qobusnoma”sida, Yusuf Xos Hojibning “Kutadg’u bilig“ (“Baxt keltiruvchi bilimlar”) nomli asarlarida ham o’zining chuqur ifodasini topganligini qayd qilib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Ana shu yerda ulug’ bobomiz Alisher Navoyining “Mahbub ul-qulub” asaridagi kamtarlik-tavoze haqidagi fikrlarini keltirib o’tish joizdir: “Tavoze - do’stlik gulshanida toza gullar ochadi va chamandan oshnolik va ulfatchilik bazmiga xilma-xil gullar sochadi. Tavoze - takabbur muxolifga muloyimlik va kamchilik yo’lini ko’rsatadi. Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha xalqlar uchun yoqimlidir. U mansabdor kishilardan go’zalroq va badavlat odamlardan hurmatliroqdir. Odobli odam o’z tengdoshlari orasida ham tahsinga loyiq. Hech qanday ehson bermay kattadan-kichik, hammani shod qiladi. Hech qanday hadya qilmay, kishilarning g’amini tarqatadi... Tavoze va odob egallariga hamma ta’zim qiladi va hurmat bildiradi”2.
“Makorimul-axloq” kitobining muallifi, tarixchi Xonadamir “Boshingga takabburlik havosini keltirma. CHunki takabburlik bilan hech kim biror joyga yetgan emas. Go’zallar zulfi kabi shikastalikni odat qil, bu bilan har nafasda minglab ko’ngilni ovlaysan ”, deydi.
Mustaqillikning ma’naviy zaminlarini mustahkamlashda diniy qadriyatlardan, ayniqsa, odob, axloq borasida islom dini ta’limotidan oqilona, ijodiy foydalanish maqsadga muvofiqdir. Islom dinida nafaqat milliy, balki umuminsoniy ahamiyatga ega bo’lgan, hozirgi paytda ham o’z qimmatini to’la saqlab kelayotgan eng muhim axloqiy qoidalar, falsafiy fikr-mulohazalar behisob. Islom odamlarni dinidan, millatidan qat’i nazar o’zaro hurmat izzatda bo’lishga, bir-birlarlarini doimo qo’llab-quvvatlashga undaydi.
Islom dinining jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirishda, insonning ma’naviy kamolotida tutgan o’rni haqida gapirib, Prezident I.A.Karimov shunday fikrlarni bildirib o’tadi. “Barchamizga yaxshi ma’lumki, din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to’g’risidagi orzu-armonlarini o’zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar mustahkamlab kelayotgan g’oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir”1.
Sobiq sovet hokimiyati yillarida islom dinining kuchayishi pirovardida islom millatchiligi kuchayishiga olib keladi, ijtimoiy zaminga ega bo’lgan islom millatchiligi aholini rus xalqiga, sovet siyosiy tuzumiga qarshi kurasha oladigan va uni larzaga keltiradigan kuchga aylantirishi mumkin, degan hadiksirash va bahonalar bilan milliy va diniy qadriyatlarimizga qarshi kurash avj oldirib yuborildi. Din, shu jumladan, islom dini xalq uchun afyun, deb qoralandi. Islom dini, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri to’g’risidagi ilmiy dalillarga butunlay zid bo’lib, mazlumlar ongini zaharlaydi, deb kelindi. Hamma joyda va har doim, diniy normalar, qoidalar, dasturlar erkin fikr yuritishga yo’l qo’ymaydi, ijtimoiy va shaxsiy hayot taraqqiyotiga to’sqinlik qiladi, ularni diniy yo’l bilan cheklab qo’yadi, degan g’oya zo’r berib yoyildi. Qur’oni Karim va Hadisi sharif singari muqaddas kitoblar ta’qib ostiga olinib, qatag’on qilindi. Odamlarni ana shu qadriyatlardan mahrum etishdi.
O’zbekistondagi barcha dinlarning, birinchi navbatda, islom dinining ko’zga ko’ringan yirik vakillari birin-ketin qamaldi, surgun qilindi, imi-jimida yo’q qilinib, otib tashlandi. Siyosiy ta’qib va tazyiqlardan nasroniy va yahudiy dinlariga qaraganda ham islom dini kuchliroq talafot ko’rdi. Din peshvolari, ruhoniylar juda ko’plab imtiyozlardan mahrum qilindi, mol-mulklari tortib olindi, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’rifiy ishlardan butunlay chetlatildi.
CHorak kam bir asr davomida diniy-ma’naviy tarbiyaga o’rin berilmadi. Diniy tarbiya tor doirada, faqat masjidlardagina qisman amalga oshirildi. Diniy axloq va madaniyatning zarari haqida aytmagan gap qolmadi, milliy udum va an’analar, milliy qadriyatlar kamsitildi, eng muhim insoniy munosabatlar obro’siga putur yetkazildi.
Dahshatlisi shu bo’ldiki, islom dinini “fosh etish” maqsadida aziz-avliyolarning mozorlariga o’t qo’yildi, maqbaralari ostin-ustun qilindi. Kommunistlar, rahbar xodimlar ota-onalari, qavm-qarindoshlari janozasiga borishdan qo’rqib qolishdi. Yurak yutib borganlari esa partiyadan o’chirilib, ishdan olindi.
“Madaniy inqilob” davrida “xudosizlar jamiyati” tuzilib, unga minglab odamlar a’zo bo’lishgan. O’sha “faollar” odamlarni go’yo diniy sarqitlardan ozod qilish va dahriylik ruhida tarbiyalash bahonasida qari-qartanglar, xotin-qizlar, mullalar, eshonlarning nafsoniyatlariga shu qadar qattiq tegishgan, insoniy sha’ni, milliy, diniy, axloqiy qadriyatlarini toptaganlarki, buni tarix unutmaydi.
Xalq o’rtasida dahriylikni targ’ib qilish va dinga qarshi murosasiz kurashish niqobi ostida o’rta asr me’morchiligining takrorlanmas namunasi bo’lgan minglab masjidlar, yuzlab madrasalar, xalqimizning milliy g’ururi hisoblangan muhtasham qasrlar, tarixiy obidalar, xonlar, amirlar saroylarining bir qismi ko’z ko’rib, quloq eshitmagan darajada vahshiylik va yovuzlik bilan buzib tashlanib, bir qismi omborxonalarga, paxta quritadigan joylarga, dorixonayu otxonalarga aylantirildi. XX asr boshida birgina Toshkent shahrining o’zida 349 ta masjid va 17 ta madrasa bo’lgan. Hozir ulardan ayrimlarigina saqlanib qolgan, xolos.
Bular kamlik qilganidek, necha-necha asrlardan beri avlodlarimiz tomonidan ko’z qorachig’idek, avaylab-asrab kelingan, xalqimiz turmush tarzining tarkibiy qismiga aylanib ketgan haqiqiy xalqchil urf-odatlar, xalq marosimlari va bayramlari, turli sayillar so’rab-surishtirib o’tirmay taqiqlab qo’yildi. Diniy nikoh va beshik to’ylari, hosil bayrami, qovun sayli, gul sayli, gap-gashtaklar, ko’pkari, kelin salomlar, qizlar bazmi va hattoki, milliy libos kiyib yurish “eskilik sarqiti”ga chiqarildi. Ko’klamda sumalak pishirish, bolalarni sunnat to’yi qilish, aqiqa kabi boshqa marosimlarni o’tkazish qoralandi. “Navro’z” bayrami diniy marosim sifatida ta’qiqlandi. Holbuki, uning hech qanday diniy marosimga aloqasi yo’q edi. Axir u xalqning islomdan ancha ilgari mavjud bo’lgan ajoyib udumi-ku?
Sobiq SSSR o’zini butun dunyoga dahriylar mamlakati, deb e’lon qildi. Dinsizlik yuqumli kasallikday hamma joyga yoyildi. Odamlar sekin-asta dindan, diniy iymon-e’tiqoddan yiroqlasha boshladi. Islom diniga qarshi uzoq yillar davomida olib borilgan ko’r-ko’rona, bir yoqlama kurashdan, g’ayriilmiy, g’ayriinsoniy xatti-harakatlardan xalqimiz va madaniyatimiz behad zarar ko’rdi, odamlarning dili ranjidi, ko’ngli o’ksidi. Holbuki, islom dinining har bir oyati va surasida insoniyat manfaatiga xizmat qiladigan qimmatli o’gitlar, yo’l-yo’riqlarni istagancha topish mumkin edi. Hadisi sharifda, kimki musulmon mamlakatida yashovchi boshqa dinga mansub kishini xaqorat qilsa, qiyomat kuni yasalgan qamchi bilan uriladi, deyiladi. Ta’kidlanishicha, mo’min mo’minning ko’zgusidir, ularning hammasi bir-birlariga birodar, biri ikkinchisidan ortiq, kam emas. Mo’min-musulmonlar hamma sohada bir-biriga o’zaro yordamlashadi, mol-dunyosi va obro’sini himoya qiladi, birining kamchilik va nuqsonini boshqasi tuzatadi. Mo’min mo’minning molu joniga tajovuz qilmaydi.
Islomda mamlakatlararo mojarolar, qonli to’qnashuvlar qattiq qoralanadi Tabiatga mehr-muhabbat, tevarak-atrofni, suvni, havoni, tuproqni, hayvonotu nabototni asrab-avaylash islomning eng asosiy g’oyalaridan biridir. Biz yashayotgan zamindagi, yer yuzidagi barcha noz-ne’matning qadriga yetish insonning burchi. Tabiiy ne’matlarni e’zozlash ularni avaylab-asrash, isrof qilmaslik asosida amalga oshadi. “Qur’on” oyatlarida, Payg’ambarimiz Hadislarida hayvonot olami, nabotot olami va atrofimizni o’rab turgan boshqa barcha narsalarni to’la-to’kis himoya qilish, saqlash, ularni buzmaslik, isrof qilmaslik to’g’risida ta’limotlar borki, ularning ma’nosi bilan tanishib, bu ta’limotolar go’yo, hozirgi kunimizni ko’zlab aytilgandek tuyuladi.
Xalqimizning ko’hna va boy tarixiga nazar tashlasak, Yurtboshimizning quyidagi so’zlari qanchalik asosli ekaniga ko’p bora guvoh bo’lamiz:
«Azaldan o’zbek mahallasi chinakam milliy qadriyatlar maskani bo’lib keladi. O’zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, yetim-esirlarning boshini silash, to’y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko’pchilik bilan bamaslahat o’tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo’lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar avvalambor mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan».
Mustaqillik yillarida esa mahallaning bu azaliy xususiyatlari qatoriga ko’plab yangi va mas’uliyatli vazifalar kelib qo’shildi. CHunonchi, mahallaning huquq va vakolatlari doirasi sezilarli kengaytirildi. U o’zini o’zi boshqarishning g’oyat xalqona, tabiiy tizimi sifatida jamiyat hayotini tashkil etishda tobora faol ishtirok etmoqda. Uning bu ishtiroki ham qonuniy, huquqiy asosga ega bo’ldi. «Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta «mahalla» tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o’rni va maqomi qat’iy belgilab qo’yildi».
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida: «SHaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi.
O’zini o’zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi», – degan norma mustahkamlangan bo’lib, bu huquqiy maqom bilan mahalla tizimi jamiyatimiz hayotini boshqarishda o’zining mas’uliyatli o’rni va ahamiyatiga ega bo’ldi.
Avvalo, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 12-sentabrdagi Farmoniga ko’ra, yurtimizda «Mahalla» xayriya jamg’armasi tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17-oktabrdagi «Respublika «Mahalla» xayriya jamg’armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida»gi qarori, Oliy Majlisning 1993-yil 2-sentabr va 1999-yil 14-apreldagi sessiyasida yangi tahrirda qabul qilingan «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi Qonuni mahallaning Konstitutsiyada belgilangan maqomini yanada mustahkamlaydigan huquqiy asoslar bo’ldi.
O’z faoliyatini mana shunday qonuniy negizda olib borayotgan bugungi mahalla fuqarolar yig’inlari joylashgan shinam binolarga, ular atrofida bunyod etilgan so’lim go’shalarga, militsiya tayanch punktlari, bolalar sport maydonchalariga bir nazar tashlang. Bugun mahalla-ko’yda o’tkaziladigan barcha katta-kichik tadbirlar mahalla oqsoqollari, maslahatchilar bilan bahamjihat, o’zaro ko’mak asosida tashkil qilinadi. Mahalla hududini obod qilish, ko’chalarni tekislash, asfalt yotqizish, yoritish, ariq-zovurlarni tozalash, uylar, daraxtlar, gul va butalarni tartibga keltirish singari barcha ishlar ustida shu fidoyi insonlar bosh-qosh. Ayni hududda yashovchi har bir fuqaro – ish joyi, lavozimi, yoshi, millati va dinidan qat’i nazar – shu maskanni o’zining mo’jaz vatani, barcha shodlik va quvonchlariga guvoh aziz go’sha sifatida ardoqlaydi, asraydi. Endi tasavvur qiling, aziz o’quvchi, agar butun mamlakatimizdagi barcha mahallalarda mana shunday fidokorona mehnat qilinsa, har bir mahalla hududi obod etilsa, Vatanimiz qanchalar go’zallashadi, qanchalar tarovatga ega bo’ladi. Eng muhimi, agar barcha mahallalarda, uning tarkibidagi xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik hukmron bo’lsa, odamlar o’rtasida o’zaro mehr-oqibat, mehr-shafqat tuyg’ulari ustuvor holatga kelsa, bu diyorning baxt-u iqboli qanchalar ochiladi.
SHu tufayli ham Prezidentimiz mahallalardagi ma’naviy muhit sog’lomligi mamlakat hayotida qanchalik muhim rol o’ynashini shunday ta’kidlaydi: «Biz har qaysi xonadon, butun el-yurtimizdagi ma’naviy iqlim va vaziyatni anglamoqchi bolsak, bu boradagi haqiqiy manzaraning yorqin ifodasini avvalo mahalla hayotida xuddi oynadek yaqqol ko’rish imkoniga ega bolamiz».
Darhaqiqat, biz uchun oilamiz ko’z ochib ko’rgan dargoh bo’lsa, mahallamiz muqaddas Vatanimiz ichidagi mo’jaz vatandir. Aytganimizdek, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag’rida kamol topgani kabi oila ham mahalla ko’z oldida barpo bo’ladi, uning ichida ravnaq topadi. SHu tufayli ham mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisidir.
Keyingi yillarda mahallalarimiz kam ta’minlangan, ko’p bolali oilalar, yolg’iz keksalar, nogironlar, yetim-esirlar, boquvchisini yo’qotgan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilishning asosiy kuchi bo’lib qoldi. Bu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan juda katta mablag’ mahalla ixtiyoriga berilishi, uning adolatli taqsimlanishi borasida mahallaga ishonch bildirilishi ham uning obro’sini va mas’uliyatini yanada oshirdi. Uning mavqeyi va e’tibori yuksalishida 2003-yilning mamlakatimizda «Obod mahalla yili» deb e’lon qilinishi alohida muhim rol o’ynadi. Har yili Navro’z va Mustaqillik bayramlari arafasida tashkil qilinadigan umumxalq hasharidan tushadigan milliardlab mablag’lar ham Respublika «Mahalla» jamg’armasi, uning viloyat va tuman bo’limlari hisobiga o’tkazilib, mazkur mablag’lar kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlariga, «Mehribonlik», «Muruvvat» va «Saxovat» uylariga yo’naltiriladi. SHuningdek, oilada ma’naviy- axloqiy muhitni sog’lomlashtirish, madaniy turmush darajasini oshirish, barkamol avlodni shakllantirish maqsadida respublikamizdagi barcha mahalla oqsoqollarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy masalalar bo’yicha maslahatchilari lavozimi joriy etildi. Bu degani qariyb o’n ming nafar ma’rifatli, hayot tajribasi boy opalarimiz va onalarimiz oilalarga ma’rifat nurini, yuksak ma’naviy qadriyatlarni muntazam olib kirish imkoniyatiga ega bo’ldi, deganidir.
Bugungi kunda mahalla fuqarolar yig’inlari huzuridagi mutasaddi kengashlar rahbarligida uning hududida jamoat tartibini saqlash, yoshlar va o’smirlar o’rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini muhofaza qilish, yoshlarni harbiy xizmatni o’tashga jismoniy va ma’naviy jihatdan tayyorlash vazifalari muvaffaqiyatli hal etilyapti.
Mahallada to’ylar, bayramlar, motam marosimlarini o’tkazish bilan bog’liq tashkiliy ishlarni amalga oshirish, ularni isrofgarchiliksiz, ortiqcha xarajatlarsiz ixcham o’tkazish, albatta, mahalla oqsoqoli va mahalla faollariga bog’liq. Qolaversa, mahallada o’tayotgan har bir tantana yoki marosim uchun mahalla ahlining katta-yu kichigi birday mas’uldir. Bunday tadbirlarda ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har bir fuqaroga bir xil hurmat-ehtirom ko’rsatiladi. CHunki mahalla kimning qaerda ishlashi, qancha pul topishiga qarab emas, balki kim qanday inson ekani, yashayotgan joyiga qanday yordam berib, uning obro’siga nima qo’shgani bilan hisoblashadi, shunga ko’ra odamga baho beradi.
Mahalla, ta’kidlanganidek, oila tinch-totuvligini, jipsligini mustahkamlaydigan joy. Tabiiyki, oilada ba’zi arzimagan narsa tufayli janjal chiqishi va bu haqda er yoki xotin mahalla fuqarolar yig’iniga murojaat etishi mumkin. Bunday holatda mahalla kattalari vazmin, chuqur mushohada yuritib, ularni iloji boricha yarashtirish yo’lidan borishadi. Bu bilan uydagi janjal hamma yoqqa ovoza bo’lishining, keyingi xijolatgarchiliklarning oldi olinadi. Eng muhimi esa – farzandlarga muqaddas oshyon bo’lgan oila asrab qolinadi.
Yurtimizdagi ko’pgina mahallalarning yoshlari kechqurunlari tinch, osuda, o’zaro hurmat bilan foydali suhbat qurayotganliklarini ko’rib, qalbing quvonchga to’ladi. Bunday ahillik va madaniyatlilik mahalla faollari ma’naviy-axloqiy tarbiyasining natijasi, shu mahallaning ko’rki va ziynatidir.
Komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim vositalaridan ta’lim – tarbiya, fan, madaniyat va ma’rifat, adabiyot va san’at, din, sport sohalari hisoblanadi.
Milliy an’ana, urf – odamlar – milliy dunyoqarash manbai hamdir. Alazdan har bir avlod o’z ota – onalaridan dunyoqarashni o’zlashtirib, o’z dunyoqarashiga aylantirgan va shu asosda farzandlari dunyoqarashini shakllanitirib, meros tarzida uzatib keldilar.
An’analarning milliyligi tufayli avlodlar orasida hamfikrlik, o’zaro ishonch, izzat, maqsad birligi, samimiylik tantana qilar edi.
O’zbekiston biz uchun nafaqat xududiy ma’noda Vatan, balki o’zbekona urf – odatlar, an’analar vatani hamdir. SHu sababli biz o’z davlatchiligimiz, tilimiz, ma’naviyatimiz, tariximiz, istiqbolimiz, milliy davlatimizning gullab – yashnashidan manfaatdormiz.
An’ana, urf – odat qanday paydo bo’ladi? Odamlarni bir – biriga yaqinlashtiruvchi, birlashtiruvchi urf – odatlar progressiv, bunyodkor urf – odatlar. Odamlarni boqimandalikka tortuvchi (masalan, “bizga bo’laveradi” deb qarash), bir – biridan farqini bo’rttirib ko’rsatuvchi, bo’lib tashlovchi ko’pchilikka zarar keltiruvchi urf – odatlarni – yomon urf – odatlar deb aytsa bo’ladi.
Ilmiy xulosalarga ko’ra, odamning xotirasida 90% xollarda – o’zi bajargan ish, 50% xollarda – ko’rgani va 10 % xollarda – eshitgani saqlanib qoladi. Demak, yoshlarni biz istayotgan faoliyat turiga jalb qilib, g’oyaviy tarbiyada ko’proq ko’rgazmalilikka, undan ham ko’proq – yoshlarning o’zlari bevosita ishtirok etadigan amaliy mafkuraviy ishlarga jalb qilishimiz kerak.
Milliy istiqlol g’oyasi nafaqat milliy qadriyatlarni o’z ichiga oladi, balki umumbashariy tamoyillarning ham o’z ichiga singdiradi. Ushbu tamoyillarni uyg’unligini ko’rsatish mamlakatimizning jahon hamjamiyatida muhim o’ringa chiqishida ahamiyatlidir.
Umuminsoniy yoki umumbashariy qadriyatlar insoniyat, xalqlar, millatlar erishgan oliy boylik bo’lib, chinakam milliy g’oyalar ham ana shu qadriyatlar tamoyiliga asoslanadi. Qadriyatlarning turlari ko’p va har birining ma’nosi juda keng.
Har qanday qadriyat inson faoliyatining mahsuli, uning ob’ektiv olamiga nisbatan bo’lgan munosabatining ifodasi ,shu bilan birga inson ma’naviy kamolatining muhim omili ekanligi haqida fikr yuritishdan oldin, uning ilmiy-falsafiy ma’nosi, paydo bo’lish va rivojlanishining ijtimoiy -iqtisodiy va ma’naviy ildizlari, shakllanishidagi shart -sharoit, imkoniyat va zaruriyatlar milliy, mintaqaviy, umumbashariy, diniy qadriyatlar singari turlari nimalardan iboratligini aniqlab olishga to’g’ri keladi.
Qadriyatlar deyilganida jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan, faqat o’tmish davrlar uchun muhim ahamiyat kasb etib qolmasdan, hozirgi kundagi va kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadigan kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa boyliklar majmui tushuniladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti va istiqboli uchun ahamiyatli bo’lgan ijtimoiy, ma’naviy hodisalar qadriyatlar jumlasiga kiradi.
Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotining zaruriy mahsulidir. Qadriyatlar muayyan bir davr sharoit va ehtiyojning mahsuli bo’lish bilan birga uning ko’zgusi hamdir.
Qadriyatlar ijtimoiy taraqqiyot jarayonida namoyon bo’ladi, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarni o’zida aks ettiradi, o’zgarib, rivojlanib, boyib, takomillashib turadi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida bo’ladigan o’zgarishlar va rivojlanishlar qadriyatlarning mazmunida o’z ifodasini topadi.
Jamiyat taraqqiyoti doimiy ravishda o’zgarib rivojlanib, yangilanib turgan sari qadriyatlarning ahamiyati oshib, ularni baholash mezonlari ham oldingidan boshqacha bo’lib turadi.
Barcha zamonlarda ham inson eng oliy qadriyat hisoblanib kelingan. Hamma narsani qila oladigan oliy mavjudot bu Inson oliy hazratlaridir. Tarix ham, tarixiy taraqqiyot ham inson faoliyotidan boshqa narsa emas.
Insonning barcha davrlar va jamiyki ijtimoiy tuzumlarda eng oliy qadriyat deb baholanishi bejiz emas, albatta. CHunki, unda boshqa jonli mavjudotlardan farq qiladigan eng muhim belgilar-ong, aql-idrok, did-farosat, bilim, odob-ahloq, din, tafakkur, hulq, orzu-umid va baht-saodatga intilish, mas’uliyat tuyg’usi, imon-e’tiqod, maqsad va ehtiros, aqliy kamolot, or-nomus, ishq-muhabbat, g’urur, nafrat va boshqa ma’naviy javohirlar jamuljamdir.
Insonlar hayoti ijtimoiy munosabatlarga asoslangandir. Inson mavjudot sifatida tabiat mahsuli bo’lsa, ammo odam sifatida u faqat jamiyatda, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy munosabatlar ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. Inson inson bilan tirik. Inson borki hayot bor.
Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-siyosiy, taraqqiyot, o’zgarish va rivojlanishning asosida inson mehnati, uning yaratuvchilik amaliy faoliyati yotadi. Inson mehnati, aql zakovati, istedodi va ijodiyoti - bularning hammasi uning buyukligi, oliy qadriyat ekanligidan nishonadir. Dunyoda insondan qudratli aql- farosatli, oqilu dono mavjudot yo’q.
Tabiatni obod va ko’rkam, jamiyatni go’zal va farovon qilishni, aql idrok va tafakkuri bilan odamzotga kerakli bo’lgan jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarni shaharu-qishloqlarni, ilm fan va madaniyat maskanlarini, temir yo’lu-tosh yo’llarini, zavodu fabrikalarni bog’u - bo’stonlarni, texnika va texnologiyalarini, mikroskopu teleskoplarni, ulkan kosmik kemalarni, xullas barcha va har qanday qadriyatlarni yaratgan va yaratib kelayotgan inson zoti oliylarining nomi dunyoda mag’rur jaranglaydi.
Insonning oliy qadriyat ekanligi, uning dastavval, o’z-o’ziga va jamiyatning insonga bo’lgan axloqiy munosabatiga aks etadi. Qadriyatlar insonlar o’rtasida o’zaro munosabatda va shaxsning o’z xulqini tartibga solishida ijobiy rolь o’ynaydi. O’z qadr-qimmatini anglash shaxsning o’z-o’zini nazorat qilishi bo’lib, uning o’z-o’ziga nisbatan talabchanligi va shunga asoslanadi.
O’z-o’zini hurmat qilish ko’p jihatdan shaxsning taqdirini belgilovchi g’oya muhim xislatdir, chunki u insonni kamsitadigan, yerga uradigan, ho’rlaydigan va shu bilan uning boshqa kishilar ko’z o’ngida o’z qadr qimmatini yo’qotishga sabab bo’ladigan qiliqlariga yo’l qo’ymaydigan to’siqqa aylanadi. Har bir inson, eng avvalo, o’z-o’zini hurmat qilishi, qadr-qimmati, or-nomusi, shaniga dog’ tushirmasligi lozim.
O’zining qadr-qimmatiga yetish, or-nomusini saqlay olish muhim insoniy fazilatdir. O’z izzat - hurmatini bilmasdan turib, ma’naviy boylikka yetishish, elda qadr-qimmat topishni tasavvur qilish qiyin. O’zini hurmat qilmaydigan kishi o’zgalarni qadrlay olmaydi.
Qadr-qimmat shaxsni hurmatlashni uning huquqini e’tirof etishni ham o’z ichiga oladi. Qadr-qimmat shaxsning ijtimoiy va ma’naviy erkinligining muhim tomoni sifatida yuzaga keladi.
Qadriyatlar ijtimoiy hususiyatga ega bo’lib kishilarning amaliy faoliyati jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Inson yo’q joyda biron narsaning qadr - qimmati haqida so’zlash bemanilikdir. Qadriyatlar kishilarni turli sohadagi, avvalo ishlab chiqarish mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar majmui bilan bog’liq ravishda yuzaga keladi. Barcha ahloqiy normalar, yurish-turish qoidalari singari, jamiki insoniy qadriyatlar ham jamiyat taraqqiyoti talablari asosida yuzaga kelib yangi mazmun, yangi shakl kasb etib, boyib va takomillashib boradi.
Jamiyatimiz har bir insonni e’zozlab uning turmushini yaxshilash bilimi va madaniy saviyasini o’stirish qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish uchun o’zida bor bo’lgan hamma imkoniyatlarini ishga soladi. Keyingi yillarda insonning shaxsiy haq- huquqlarini, erkinliklari va qadriyatlarini muhofaza qilish masalasida juda katta ishlar amalga oshiriladi.
Qadriyatlar moddiy va ma’naviy qadriyatlarga bo’linadi. Moddiy qadriyatlarga kishilarning moddiy ehtiyojlarini bevosita qondiruvchi narsa (ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari, mehnat ash’yolari, moddiy ne’matlar va boshqa)lar kirsa, ma’naviy qadriyatlar - siyosiy, huquqiy, badiiy, diniy musiqaviy, ilmiy, estetik, falsafiy, axloqiy va boshqa shu kabi qadriyatlardan iboratdir.
Har qanday milliy tafakkur darajasi, avvalo, nimalarga asoslangani bilan o’lchanadi. Bu asos qanchalik mukammal bo’lsa, milliy g’oya ham shunchalar boy bo’ladi. Albatta, bunda moddiy va ma’naviy qadriyatlar uyg’unligi juda muhim rolь o’ynaydi.
Odamlarning yashashi va rivojlanishi uchun moddiy noz-ne’matlar qanchalik zarur bo’lsa, ma’naviy qadriyatlar ham shu qadar muhimdir.
Odob -ahloq, urf-odatlar , marosimlar shaklida namoyon bo’ladigan qadriyatlar ham mavjud bo’lib, ular kishilarning o’zaro munosabatlarida, yurish-turishida, axloq va odobida ko’zga tashlanadi.
Odob-axloq, urf-odatlar sohasidagi qadriyatlar xalqimizning eng qimmatli boyligidir. Qadriyatning ana shu turi insonning ichki ma’naviy ehtiyojiga aylansa, kishilar tomonidan o’zlashtirib olinib hayotga oqilona tatbiq etilsa, katta ijtimoiy kuchga aylanadi.
«Xalqimiz asrlar osha yashab kelgan an’analar, urf-odatlari, tili va ruhi negiziga qurilgan milliy mustaqillik mafkurasi, - deydi Prezident, - umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg’unlashgan holda kelajakka ishonch tuyg’usini odamlar qalbi va ongiga yetkazishi, ularni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashi, halollikni, mardlik va sabr-bardoshlikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalash yo’lida xizmat qilmog’i lozim. U davlat fuqarolarining buyuk maqsad yo’lida ma’naviy yaqinlashuviga ko’maklashmog’i kerak».(Islom Karimov)
Yaxshilik, halollik, poklik, hamkorlik, xayrihoxlik, hamdardlik, burchga sodiqlikka asoslangan munosabatlarda namoyon bo’ladigan qadriyatlar mavjudligini ham aytmasdan o’tib bo’lmaydi. Inson faqat o’zining tabiiy ehtiyojlarini qondirish bilangina tirik emas. Mehnat qilish, jamiyatda yashash, o’zidan boshqa kishilar bilan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy aloqa va munosabatda bo’lish jarayonida u inson sifatida shakllanadi, o’sib-unadi, qobiliyat, iqtidor va iste’dodlarini namoyon qiladi. Ana shu ma’noda olganda insonga xos bo’lgan ma’naviy va ahloqiy fazilatlar ajralib insoniy qadriyatlar jumlasiga kiradi.
Estetik qadriyatlar ham mavjud bo’lib, ularga birinchi navbatda barcha tabiiy va ijtimoiy go’zalliklar va ulardan zavqlanish kiradi.
Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Abulqosim Firdavsiy, Zahiriddin Muxammad Bobur, Lutfiy, Durbek Sa’diy va boshqa yuzlab va minglab buyuk adiblarimiz tomonidan yaratilgan nazmiy va nasriy asarlar, son-sanoqsiz badiiy adabiyot namunalari estetik qadriyat sifatida hozirgi paytda ham jamiyatimiz ma’naviy taraqqiyotida katta o’rin egallab kelmoqda. Sa’natning, badiiy adabiyotning ham o’tmishda va hozirgi paytda yaratilib, voqelik aks ettirgan barcha turlari odalarning fikr va xislariga ta’sir etib, hayotni chuqurroq o’rganishlariga yordam bermoqda. Insonning murakkab ichki dunyosini, psixologiyasini, ruhiy holatlarini, ma’naviy qiyofasini tasvirlashda san’atning hech qaysi turi badiiy adabiyotga tenglasha olmaydi. Badiiy adabiyot estetik qadriyat sifatida kishilarga hayot, jamiyat to’g’risida ong-bilim beradi, hayot hodisalari va mustaqil O’zbekiston davlati to’g’risidagi tasavvurimizni boyitadi, jamiyatimizga xos bo’lgan murakkabliklar, ziddiyatlar, qiyinchilik va muammolarni ob’ktiv haqiqat tarzida bilib olishimizda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Qadriyat tushunchasi hayotning o’zi kabi keng qamrovli bo’lib, u har bir xalq ming yilar davomida hayotning turli sohalari bo’yicha sayqallab to’plagan tajribalaridir. Axloqiy qadriyatlar, harbiy qadriyatlar, davlatchilik qadriyatlari - bularning hammasi bir butun holda halqning dunyoviy qiyofasini o’ziga xos tarzda belgilaydi. Darhaqiqat, O’zbekistonning kuch - qudrati manbai - xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligi, ulug’ ajdod-larimizning avlodlarga o’tayotgan ma’naviy merosi-ning kuchliligida, fuqarolarimizning el - yurtga, ona-zaminga bitmas-tuganmas mehrida, milliy g’ururidadir.
O’zbek xalqi uchun asrlar bo’yi diniy qadriyatlar ham muhim rolь o’ynab kelgan. Diniy qadriyatlarda, birinchi navbatda islom ta’limotida jamiki odamzodni ezgulikka, haq va haqqoniyatga to’g’ri yo’lga da’vat etadigan nohaqlikka qarshi kurashishga chorlaydigan shunday bebaho falsafiy g’oyalar, nodir hikmatlar, rivoyatlar, pandu-nasihatlar, eng muhim yo’l-yo’riqlar borki, ularni bilib, chuqur o’zlashtirib olib, qat’iy amal qilgan, ularga suyanib faoliyat ko’rsatgan kishi hayotda hech qachon qoqilmaydi.
Islom dini - bu ota -bobolarimiz dini, u biz uchun iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig’indisi emas. Ana shu ma’rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o’gitlarga amal qiladilar. Mehr- oqibatlari nomusli, oriyatli bo’lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar. Diniy qadriyatlar odamlarni ilm-fanga, ma’naviy va marifatga da’vat etganligi jihatidan ham alohida ahamiyatga ega. Buni islom dini misolida ko’rish mumkin. Islom - ilm demakdir. Uning muqaddas kitobi - «Qur’on» da 78000ga yaqin so’z bo’lsa unda «ilm» so’zi turli hollarda 765 ta marta takrorlanadi. Islom faqat shar’iy ilmlarni emas, balki barcha ilmlarni o’rganishni foydali deb hisoblagan. Qur’on Karimning oyat va suralari, payg’ambarimizning Hadislari ilmga da’vat bilan to’la. Islom ilm talab qilishni ibodat darajasiga ko’targan, hattoki ibodatdan ilmni ustun qo’ygan.
Islom sha’riy hukmida shunday ma’naviy-axloqiy tomonlar, qoidalar borki, ularni biror millat yoki davlat chagarasi bilan cheklab bo’lmaydi. Har qanday musulmon, har bir inson bajarilishi kerak bo’lgan sha’riy qoidalar sifatida o’g’rilik qilmaslik fohishabozlik, poraxo’rlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi qabih ishlar bilan shug’ullanmaslik, insofli - diyonatli bo’lishi, ota-onaning xizmatlarini qilib, ularni rozi qilish va boshqalarni eslatib o’tish mumkindir.
Din va diniy qadriyatlarning xalqparvarlik, millatsevarlik va insonparvarlik sohasidagi tarbiyaviy ahamiyati nafaqat o’tmish davrlar uchun, balki hozirgi payt va kelajak uchun ham benihoyadir.
Diniy qadriyatlarning mafkuraviy-ma’rifiy, axloqiy ahamiyati tabiatga mehr - muhabbat, tevarak - atrofni, suvni, havoni, tuproqni, hayvonotu nabotatni asrab - avaylash haqidagi islom ta’limoti g’oyalarida to’la ifoda topgandir.
Sayyoramizdagi, O’zbekiston saxiy zaminidagi jamiki noz-ne’matlarning qadriga yetish barcha odamlarning insoniy burchidir. Tabiiy boyliklarni, yer-suv va daraxtlarni, hayvonot olamini avaylab asrash Qur’ondagi oyat suralariga, Payg’ambarimiz Hadislaridagi g’oyalarga to’la hamohangdir. SHuning uchun ham tabiatni e’zozlash haqidagi har bir falsafiy g’oya o’zining ilmiy va amaliy ahamiyatiga ko’ra umuminsoniy qadriyatlar hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, o’zligini anglagan har bir xalq, millat va davlat jamiyatning umumbashariy tamoyillarini e’tirof etishi, rivojlantirishi shart va bu tamoyillarning milliy asoslari, mohiyatini tushuntirib borish milliy istiqlol g’oyasining asosiy vazifalaridan biridir.
Or – nomus, hamiyat, mardlik, vijdon amriga itoat etish, adolatpeshalik, haqgo’ylik sifatlari necha asrlardan beri davom etib kelmoqda. Hayo, andisha, lafz, omonatga xiyonat qilmaslik, rostgo’ylik dini islomimizda ham, xalq tushunchasida ham mustahkam o’rin tutib kelgan. «Hayo iymondandir», deyiladi muborak Hadisi sharifda. Ulug’ allomalarimiz o’z asarlarida bu xislatlarni komil inson fazilatlari sifatida ulug’lab kelganlar. “Haromdan yiroq yurgin, tongla qiyomat kuni otashda kuymaysan», deya uqtiradi Abduxoliq G’ijduvoniy. SHe’riyat sultoni Alisher Navoiy esa o’zining «Mahbub ul-qulub» asarida: «Odamiyning yaxshirog’i uldirkim, parso va pok bo’lgay va haq so’zni ayturda bevahmu pok bo’lgay. O’zi poku ko’zi pokni inson desa bo’lur, tili arig’ (nozik) va ko’ngli arig’ni musulmon desa bo’lur», deydi. O’zbek xalqining ma’naviy qiyofasi uning milliy xususiyatlari bilan go’zal va boshqa xalqlardan ham u o’zining ana shu xususiyatlari bilan ajralib turadi. Milliy udumlar, urf-odatlar va an’analar xalq ma’naviyatini boyituvchi muhim omil ekanligi haqida gapirib, I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bildirib o’tadi: “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi”2.
Bugun G’arbning ayrim “o’ta liberallar»i milliy urf –odat, anьanalar mamlakat taraqqiyoti va undagi demokratiyaga zid keladi, iloji boricha ulardan voz kechish kerak, degan qarashlarni targ’ib etmoqdalar. Ular G’arb mamlakatlarida mavjud an’ana, udum va odatlar, turmush tarzi yer yuzining hamma joyida birday amal qilishini istaydilar. Ularning istagiga ko’ra, SHarq mamlakatlari o’z milliy qiyofasi, ma’naviy–axloqiy qadriyatlaridan voz kechishi, ya’ni, xalq yoppasiga amerikalashishi yoki yevropalashishi kerak. G’arb mamlakatlaridagi «buyuk tafakkur» egalari fikricha, farzand ulg’aygandan so’ng, u butunlay mustaqil shaxs, u endi ota–ona maslahatlariga muhtoj emas, har qanday ishni bemalol o’zi hech kimning maslahatisiz hal eta oladi. Oilada ham har bir kishi o’z muammosini o’zi mustaqil hal etishi kerak, har kim o’zi uchun yashaydi, er xotin ishiga, xotin er ishiga aralashishi mumkin emas. Kishidagi betgachoparlik, manmanlik, andishasizlik ular uchun o’z huquqini himoya qilish, ya’ni “demokratiya“ deb baholanadi. Bu va bunga o’xshash illatlarni xalqimiz azal–azaldan qoralab kelgan. Bu illatlar g’arbliklar jar solayotgan “yuqori madaniyatli“lik belgisi emas, bu milliy qiyofasini buzish, milliy iftixor, milliy o’zlikni anglashdan mahrum etish, turli illatlarni kuchaytirib, ruhiy–ma’naviy fazilatlarni, yaьni odamiylikni yo’q qilishdir. Bu g’oyat qabix niyatdir. Bunda nafaqat alohida shaxslar shikastlanadi, balki butun millatlar yemiriladi va odamlarimiz shunday g’oyani olib kelib singdirganlar uchun tayyor qurolga, «taraqqiy etgan» qulga aylanadilar. Ana shunday ahvolga tushmaslik uchun yoshlarimiz qalbida milliy–ma’naviy qadriyatlarni tinmay tarbiyalab borishimiz zarur. Bugun milliy ma’naviyatimizni izdan chiqarishga qaratilgan buzg’unchi kuchlarga zarba berish uchun birinchi galda ularning mafkurasi va falsafasini, bu kuchlar qaerdan ma’naviy oziqlanayotganligi hamda maqsadlarini aniq - tiniq tasavvur etish kifoya va yoshlarga ularning buzg’unchi niyatlarini ochiq–oydin tushuntirib berishimiz darkor.
Xalq o’rtasida buzg’unchi kuchlar mafkurasiga qarshi milliy ma’naviyatimiz boyliklari targ’ibotini tobora kuchaytirib borish zarur. Bu sohada mamlakatimizda katta ishlar amalga oshirilmokda. Milliy–ma’naviy tiklanishlar va ma’naviyatimiz targ’iboti boshida Yurtboshimiz I.A.Karimovning o’zi turibdi. Bugun xalqimizning yo’qlik sari yuz tutgan barcha milliy–ma’naviy qadriyatlarini tiklash va ularning targ’ib–tashviqotiga alohida ahamiyat berilmoqda.
SHuncha harakatlarga qaramay, ba’zan turli sabablar bilan odamlar, yoshlar orasida turli buzg’unchi illatlar ta’siriga tushib qolgan kimsalarni ham uchratib turibmiz. Bugun jinoyat ko’chasiga kirib qolgan, giyohvandlik tufayli jismonan va ruhan mayib–majruh bo’lgan, hatto, ota-onasi oldidagi farzandlik burchini unutib, ularni mexribonlik uyiga elitib qo’yayotgan yoshlar uchrab turibdi. Ko’cha–ko’yda ochiq–sochiq kiyinib, behayo so’zlarni bemalol gapirib, hammaning asabiga tegadigan yoshlar qaerdan paydo bo’lyapti? Hayotga yengil – yelpi qarashga o’rgangan, turmushning ilk qiyinchiliklari oldida dosh bera olmay ajrashib ketayotgan yosh oilalar qancha. O’rtada farzandlar yetim, yetim bolalar uylari soni ortsa ortyaptiki, kamayayotgani yo’q. Bu nimaning oqibati, degan savolga bu turli buzg’unchi g’oyalar ta’siri oqibati, inson ma’naviyatidagi kemtiklik, deyish mumkin.
Aslida, yer yuzida bekamu ko’st jamiyatning, davlatning o’zi bo’lmagan, bo’lmaydi ham. Ideal inson bo’lmagani kabi, kamchiliksiz odamning o’zi yo’q. Ammo xalq tomonidan ardoqlanib, avaylab-asrab kelinayotgan qadriyatlar, odob- axloq me’yorlariga rioya etmaslik SHarq mamlakatlarida ma’naviyatidagi illat hisoblanadi. Xo’sh, balo–qazodek yopirilib kelayotgan bunday illatlarga qanday qarshi kurashish kerak, ularning, kelajagimiz bo’lmish yoshlar ongini zaharlamasliklari uchun nima qilish kerak, degan haqli savol o’z – o’zidan paydo bo’lib turibdi.
Yoshlar ma’naviyatini turli illatlardan saqlab qolishning eng muhim omili bu tarbiya, tarbiya esa, avvalo, oiladan boshlanadi. Zero, oila jamiyatning bosh bo’g’ini, tarbiyaning asosiy tayanchidir.
Odamlarni, xususan yoshlarni har qanday ta’sirlardan, buzg’unchiliklardan asrashning yagona yo’li avvalo, oilada ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani davom ettirish, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan qarshi turmoq lozim. «Tarbiya, - deyiladi muqaddas «Avesto»da, - hayotning eng muhim tayanchi bo’lib hisoblanishi lozim». Bugungi tahlikali davrda agar ota–onaning o’zi tarbiyalangan, milliy–ma’naviy qadriyatlardan xabardor va unga qat’iy amal qiladigan bo’lsagina, ular tarbiyalayotgan farzandda milliy xususiyatlarni ko’rish mumkin. Onaning o’zi «zamonaviy»man deb yarimyalang’och kiyinsa, behayo so’zlarni odat qilgan bo’lsa, spirtli ichimliklarni iste’mol qilib tursa, yengiltaklik ko’chasida yurgan bo’lsa yoki bunday qusurlarga ota ruju qo’ygan bo’lsa, ular tarbiyalayotgan farzandda qanday qilib ma’naviy kemtiklik bo’lmaydi, deya olamiz. «Farzandlar tarbiyasidagi fazilatlar va nuqsonlar sababchisi bolaning o’zi emas, balki, uning ota-onalaridir», deganda nechog’li haq edi, o’zbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan biri Yusuf Xos Hojib. Zero, millat, mamlakat ma’naviy taraqqiyoti oiladan boshlanar ekan, Prezidentning quyidagi fikri uni yana bir bor isbotlab beradi: «…Oila sog’lom ekan-jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan-mamlakat barqarordir»1.
Haqiqatan, inson tarbiyasi, uning ma’naviy kamolati oilada tarkib topa boradi. Axir «Qush uyasida ko’rganini qiladi», deb bejiz aytishmaydi. Aynan oila muhitida paydo bo’ladigan ota–onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash, har qaysi insonga xos bo’lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olami tashkil etadi. SHunday ekan, oiladagi muhitni yaxshilash, har tomonlama mustahkam oilalarni ko’paytirish oldimizda turgan muhim vazifa.
Ma’lumki, ota–bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilmu-ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti hamda millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Bugun oila bilan bir qatorda bola tarbiyasi va uning ma’naviy qiyofasiga mas’ullik bevosita ta’lim-tarbiya maskanlari zimmasidadir. Bu yerda ta’lim–tarbiyaviy, ma’naviy–ma’rifiy ishlar qanchalik puxta tashkil etilsa, bola ma’naviyatining tug’ri shakllanishiga shuncha katta ta’sir ko’rsatadi. Bugun ustoz-murabbiylarga qo’yilayotgan talab ham qat’iy: har bir bolaning chuqur bilim olishi bilan birga uning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, dunyoda sodir bo’layotgan mafkuraviy jarayonlar, turli buzg’unchi g’oyalarning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga singdirish va ularning ongida buzg’unchi g’oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish dolzarb vazifa. CHunki bugun bir bola tarbiyasiga nisbatan e’tiborsizlik ertaga bir necha yoshlarning buzg’unchi g’oyalar ta’siriga tushib qolishiga olib kelishi mumkin. SHu o’rinda I.A.Karimov aytganidek, bugun yoshlarimiz qanday qadriyatlar sari intilmoqda, qanday niyat, orzu, o’y–xayollar bilan yashamoqda, biz bunga aslo loqayd va befarq qaramasligimiz kerak. Ota –ona, ustoz, murabbiy, yetakchi–rahbar sifatida bu jarayonni chetdan turib kuzatib turishga xaqqimiz yo’q. O’zini haqiqiy pedagog, murabbiy–ustoz deb bilgan har bir ziyoli kishi ta’lim–tarbiya maskanida faoliyat yuritar ekan, demakki, shu yerda tahsil olayotgan har bir bolaning tarbiyasida, ma’naviy olamining shakllanishida bevosita masьuldir. «Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar-yaxshilik va ezgulik, olijanob va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir»2.
Xalqimiz orasida o’zini bolalar tarbiyasiga bag’ishlagan, o’nlab ajoyib shogirdlar tarbiyalagan, o’zining yuksak ma’naviyati bilan el hurmatiga sazovor bo’lgan murabbiy–ustozlarimiz qancha. Ular tarbiyalagan shogirdlar mamlakatimiz taraqqiyotiga, xalqimizning ma’naviy kamolatiga xizmat qilmoqda. Ammo «guruch kurmaksiz bo’lmagani»dek, o’zini ziyoliman, deb yurib, turli buzg’unchiliklar bilan shug’ullanayotgan insonlar ham oramizda yo’q emas, albatta. Ustozning yoshlar tarbiyasi, ma’naviy qiyofasining shakllanishidagi o’rni alohida. Qachonki, ustozning o’zi o’z ishiga fidoyi, jonkuyar va u yuksak ma’naviyat egasi bo’lsa, uning tarbiyasini olgan yoshlar ma’naviyatida turli buzg’unchiliklarga o’rin olmaydi. Xalqimiz «Ustoz otangdek ulug’» deganida shogirdning o’z ustoziga hurmati bilan birga ustoz o’zining yuksak insoniy fazilatiga ega bo’lishini ham nazarda tutgan, desak xato qilmagan bo’lamiz.
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri — yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. Bu o`z navbatida bir necha o`n yillar mobaynida sinfiypartiyaviy mafkuta tomonidan taqiqlangan o`zbek xalqining ma'naviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochish kerak edi.
Darhaqiqat, O`zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma'naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo`lmasligini hayotning o`zi ko`rsatdi. Shuning uchun ham mamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko`rdi.
O`zbekiston rahbarligiga saylangan I.Karimov o`zKP XXII syezdida (1990-yil iyun) shunday degan edi:
«Yaqindagina o`zbek adabiyotining klassigi Boburni baholashda tor sinfiy yondashuv ro`y berdi. Adib ijodining milliy va umuminsoniy ahamiyati kamsitildi. O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo`mitasining 1986-yilda bo`lgan uchinchi Plenumida Bobur shaxsi tahqirlanib, u «ma'rifatli zolim» deb-tilga olindi.
Xalqimiz Markaziy Qo`mita va jumhuriyat hukumatining Navoiy, Ulug`bek, Bobur, Mashrab, Furqat, Qodiriy va xalqimizning boshqa buyuk farzandlari yubileylarini o`tkazish to`g`risidagi qarorini juda ruhlanib kutib olganligi bejiz emas. Ularning merosi O`zbekiston xalqlari umuminsoniy qadriyatlarining ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan edi va bundan buyon ham xizmat qiladi. Biz ularning bebaho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga yetkazish uchun barcha ishlarni qilamiz».
O`zbekiston yangi rahbariyatining bunday pozitsiyasi respublikada ma'naviy poklanish, yangilanish davrining bosWanganini bildirar edi.
Shundan so`ng adib Primqul Qodirovning Bobur va boburiylar haqida hikoya qiluvchi «Yulduzli tunlar» romani e'lon qilindi, Boburning «Boburnoma»si yangitdan nashr qilindi. «Sharq Yulduzi» jurnalida «Temur tuzuklari»ning to`la e'lon qilinishi keng jamoatchilikni behad quvontirdi. Bular, albatta, yurtimiz tarixida o`chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimiz shaxsiga yangicha munosabatlar qaror topayotganini ko`rsatar edi.
Endilikda mamlakat istiqlolga erishgandan so`ng, asrlar davomida ota-bobolarimiz yaratgan bu boyliklarni e'zozlash, avaylab asrash, o`rganish va ko`paytirish imkoniyatiga ega bo`lindi.
1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi barcha hur fikrli kishilar tomonidan keng nishonlandi.
Bu to`yga yurtimizda katta tayyorgarlik ko`rildi va u xalqning katta madaniyat bayramiga aylandi. Awalo buyuk shoir asarlarini keng xalq ommasiga yetkazish uchun muhim ishlar amalga oshirildi. Uning yigirma jildlik mukammal asarlar to`plami nashr etila boshlandi. Bundan tashqari, «Lison-ut tayr», «Sab'ai sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayrat ul-Abror» singari shoh asarlari alohida-alohida holda bir necha ming nusxada bosmadan chiqarildi. Bir necha ilmiy-ommabop asarlar sovg`a kitoblar sifatida nashr qilindi.
Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk siymosi ifoda etilgan sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi. Alisher Navoiy nomida Davlat mukofoti ta'sis etildi. Pushkin ftomidagi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi. Shoir nomi berilgan Davlat adabiyot muzeyi yangi eksponatlar bilan boyitildi. Toshkentda ulug` bobomizning muhtasham va purviqor haykali qo`yildiki, bugungi kunda u xalqimiz muqaddas ziyoratgohiga aylandi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan 1994-yil Ulug`bek yili deb e'lon qilindi va uning 600 yilligi mamlakat va jahon miqyosida keng nishonlandi.
Bu tadbirlar buyuk alloma qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir.
Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Zahiriddin Bobur va boshqa ko`plab ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo`shgan allomalar sifatida xalqimizning milliy iftixori bo`lib qoldi. Samarqand, Buxoro va Xiva butun insoniyat ucbjin ziyoratgohga aylandi.
O`zbekistonda xar yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Fitrat, Furqat, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kabi ulug` shoir va ma'rifatparvarlar kunlarini o`tkazish an'anaga aylanib qoldi. Masalan, 1992-yil may oyida mamlakatimiz poytaxtida boshlangan Mashrabxonlik kunlari uning vatani Namanganda keng nishonlandi. Ushbu shaharda uning nomi bilan ataluvchi katta istirohat bog`i barpo etildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga binoan 1998-yil 24-oktabr kuni Farg`onada Ahmad al-Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi, 1999-yil 5-noyabrda Xorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga, 1999-yil 17-dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o`g`li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 1999-yil 18-dekabr kuni Nukusda Ajiniyoz Qosiboy o`g`li tavalludining 175 yilligi keng nishonlandi.
Bulardan tashqari, mustaqillik yillarida Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Berdaq, Fayzulla Xo`jayev singari madaniyat va jamoat arboblari yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora-tadbirlar ham ma'naviy hayotdagi muhim qadamlardir.
UNESKO bilan O`zbekiston o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida yana bir muhim qadam qo`yildi. O`zbekiston hukumati va UNESKO o`rtasida imzolangan bitim faqat madaniyat, ilm-fan va maorif sohalari muammolari bilan cheklanib qolmaydi. U mavjud ekologik, xususan, Orol dengizi qurishi bilan bog`liq muammolarni hal etishning ilmiy yechimini topishni ham nazarda tutishi bilan qimmatlidir. Bitimga ko`ra, ko`p o`tmay Toshkentda UNESKOning vakolatxonasi ochildi.  » *• .^
UNESKO ijroiya qo`mitasining maxsus qaroriga binoan 1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1999-yil 6-noyabr kuni Termizda «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi keng nishonlandi.
Tabiiyki, ma'naviy ruhiy poklanish, qadriyatlarning tiklanishi bir kunda bo`ladigan jarayon emas, balki u bizdan izchillik bilan ish olib borishimizni talab etadi.
2001-yilda hazrat A.Navoiyning 560 yilligi yana ham kengroq nishonlandi. Buyuk mutafakkir nomi bilan ataladigan viloyat markazida 100 gektar maydonda bog` yaratildi. Bog`da bobokalonimizning purviqor haykali o`matildi.
2001-yilda Xorazmda «Avesto»ning 2700 yilligi keng nishonlandi. Mo`tabar madaniy yodgorlik hisoblangan «Avesto» kitobi dunyoga kelganidan buyon birinchi marta o`zbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi.
2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi, Shahrisabzning 2700 yilligi UNESKO ishtirokida keng bayram qilindi. 2003-yilda Abduxoliq G`ijduvoniy tavalludining 900 yilligi nishonlandi.
Ma'naviyat va ma'rifat markazi
Mamlakat ma'naviy hayotini yanada takomillashtirishda «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazining o`rni alohida e'tiborga loyiqdir.  _..
1994-yil 23-aprelda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil etish to`g`risidagi Farmoni e'lon qilindi.
Shu yili 8-iyunda Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonning bajarilishini ta'minlashga qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Unda Markazning asosiy vazifasi va faoliyat yo`nalishi qilib o`zbek xalqining boy ma'naviy-madaniy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg`or g`oyalarni yuzaga chiqarish, jami-yatdagi sog`lom kuchlar, yuksak iste'dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo`naltirish, millatlararo do`stlik, hamjihatlikning ahamiyatini oshirish, tinchlik va barqarorlikni saqlash, mintaqada yashayotgan millatlarning madaniy, ma'rifiy, ma'naviy taraqqiyot tomirlari mushtarakligini targ`ib qilish va hokazolar qilib belgilandi.
1994-yil sentabrda «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi qoshidagi «Oltin Meros» Xalqaro xayriya jamg`armasini qo`llab-quvvatlash to`g`risida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi.
Mustaqillik butun hayotimizni yangilab, uzluksiz mudroqlikdan uyg`otib, qarashlarimizni o`zgartirib yuborgani kabi ma'naviyatga munosabatlarimizni ham isloh qildi. Ma'naviy va ma'rifiy turmushimiz muammolarini hal etishda bosh islohotchi — Davlat yana ko`makka keldi va mamlakat Prezidenti «Biz ma'rifat va ma'naviyatga tadbirkorlik va tijorat sohalari tomonidan qilinayotgan homiylikni qo`llab-quvvatlaymiz, bunday homiylarga yengUlik berish lozimligini ham bUamiz. Lekin homiylik mablagiari chinakam badiiy asarlarga, chinakam ijodiy tadbirlarga sarflanishi shart. Xalqimizning kelajagi uchun suvday, havoday zarur boigan bunday sohalarga birinchi va eng katta homiy — davlatning o`zi», — dedi.
Bu moddiy jihatdan birmuncha qiyinchilik sezilayotgan bir davrda ma'naviy hayotimizga ^davlat g`amxo`rligining yorqin ko`rinishidir. Bularning hammasi O`zbekistonda milliy madaniyat va ma'naviyat ravnaqining keng miqyosli dasturi mavjudligini, unga bevosita davlatning o`zi va shaxsan Prezident I.Karimov rahnamolik qilayotganini ko`rsatadi.
Davlat tili va ma'naviy tiklanish
Ma'naviy poklanish o`zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi katta ahamiyatga ega bo`ldi. «O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonuni ancha ilgari — 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan edi. Bu qonun xalqimiz milliy ongining rivojlanishiga, mamlakat mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning ma'naviy yangilanishida muhim rol o`ynadi.
Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilinganidan keyingi yillar mobaynida mamlakatda katta ishlar qilindi. o`zbek tilini davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sudlarda, davlat notarial idoralarida qo`llash to`g`risidagi moddalar ro`yobga chiqarildi. Xalq ta'limi, fan sohalarida, ommaviy axborot vositalarida tub o`zgarishlar amalga oshirildi. Ko`plab tarixiy nomlar tiklandi, atamalar milliy til asoslariga muvofiq yangilana boshladi.
1993-yil 2-sentabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to'g`risida»gi Qonun qabul qildi. 1995-yil may oyida Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida mazkur Qonunga o`zgartirishlar kiritish haqida Qonun qabul qilindi.
Mazkur qonunlar o`zbek tilining Davlat tili sifatidagi maqomining mustahkamlanishi, mamlakatning har taraflama kamol topishi va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishi uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi.
Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni 2005-yil 1-sentabrgacha bosqichma-bosqich amalga oshirib borishga qaror qilindi.
Hayot Davlat tili haqidagi Qonunning ayrim moddalarini qayta ko`rib chiqish, tahrir qilishni talab qilardi. Xususan, 4-modda davlat hokimiyati va boshqaruvning barcha xodimlaridan o`z xizmat vazifalarini bajarish uchun yetarli darajada Davlat tilini bilishni taqozo etadi. Amaliyot shuni ko`rsatdiki, bu talabni rus tilida o`qigan va uzoq yillar shu tilda kasb-kor bilan shug`ullangan yuzlab va minglab keksaygan malakali mutaxassislar bajarishga qodir emas edi. Ularga jamiyat ravnaqi yo`lida xotirjam ishlash va o`z imkoniyatlaridan loaqal pensiya yoshiga yetgunga qadar samarali foydalanishlari uchun imkoniyat berish maqsadga muvofiq bo`lib qoldi. Hamma joyda Davlat tili va yangi alifboga o`tishning asosli o`quv-uslubiy negizini yaratishni taqozo etardi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi sessiyasida «O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
«Navro'z»ning tiklanishi
Xalq turmush tarzi va ma'naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat marosim va bayramlari tashkil qiladi. Shu bois, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma'naviy tiklanish haqida gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarni ham alohida ta'kidlash lozim.
Mamlakat Prezident I.A.Karimovning Farmoni bilan 1991-yildan boshlab har yili 21-mart — «Navro'z» bayrami umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo`ldi. Bu kun dam olish kuni deb e'lon qilindi.
Xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisoblanmish «Navro'z» bayramining xalqimizga qaytarib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo`ldi.
Darhaqiqat, avlodlarimiz Navro`zni juda muqaddas bilganlar, uni g`oyat qadrlaganlar. Navro`z kunlarida qadimda, hatto, urushlar ham to`xtatilgan, el-yurt osoyishta hayot kechirgan. Navro`z go`zallik va yaxshilik, mehr-oqibat, muruwat bayrami sifatida qadrlangan. Shuning uchun ham, bu shodiyona kunlarda inson dilini og`ritish juda qattiq gunoh hisoblangan. Bir-birlarini muborak ayyom bilan qutlab, yaxshi tilaklar. izhor etganlar. Gina-kuduratlar unutilgan, adovat o`rniga ezgulik tuyg`ular jo`sh urgan. Ana shu el ardoqlagan, avloddan-avlodga o`tib kelgan azaliy an'ana yana hayotdan mustahkam joy ola boshladi.
Bu qadimiy bayramni xalqimiz nihoyatda orziqib kutishining yana bir boisi shundaki, Navro`z rizq-ro`zimiz bo`lmish dehqon yilining boshlanishi hamdir. Navro`zning bayram qilinishi teran xalq an'analari, yerga va tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish, dehqon mehnatini hurmat qilish, yaxshi qo`shnichilikka, mehr-muruwatga va boshqalarning dardiga malham bo`lishga intilishlari tiklanishning qudratli omili bo`lmoqda.
Har bir jamoa, muassasada nishonlanadigan bunday bayramlar, kishilarda xalqimizning qadimiy an'analariga hurmat, mehnatga muhabbat hissini tarbiyalaydi. Bundan tashqari, ma'naviy hayotdagi diniy bayramlar, hayit kunlarining mamlakatda umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi uchun keng yo'1 ochilgani ham ma'naviy poklanishning muhim ko`rinishidir.
Din va davlat o`rtasidagi munosabatlar
Sir emas, Sho`ro tuzumi sharoitida «din afyundir» degan kommunistik shior hukm surib keldi. Dindorning ma'naviy huquqi cheklandi. Bunday bir tomonlamalik ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida o`z ta'sirini ko`rsatdi. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`nggi tarixiy o`zgarishlar bunday qarashlar asossiz ekanligini ko`rsatdi.
Konstitutsiyaga ko`ra, O`zbekiston — dunyoviy davlat, binobarin, mamlakatimizda din davlatdan ajratilgan. Mamlakatimiz rahbariyati bu masalaga oqilona yondashib, din davlatdan ajratilgan bo`lsa-da, jamiyatdan ajratilmaganini, xususan, O`zbekiston singari qadimiy va barqaror diniy an'analarga ega mamlakatda bu borada g`oyat nazokat va ehtiyotkorlik bilan ish yuritish lozimligini o`z vaqtida to`g`ri anglab yetdi.
Ko`p millatli mamlakatimizda hech qaysi din vakillarining diniy nafsoniyatlarini kamsitmagan holda, ayni vaqtda diniy hissiyotlarni avj ham oldirmasdan, og`ir-vazmin, uzoqni ko`zlangan siyosat amalga oshirilmoqda.
Davlatimizning dinga bo`lgan siyosatining mohiyati Prezidentning quyidagi fikrlarida aniq-ravshan belgilab berilgan: «Din odamzotni hech qachon yomon yo`lga boshlamaydi. Bu dunyoning o`tkinchi ekanini ta'kidlab, odam bolasini hushyor bo`lishga, yaxshi bo`lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi.
Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yaratib beramiz, diniy rasm-rusumlarga, bayramlarga, diniy tarbiya va ta'limga doimo jiddiy e'tibor beriladi. Ayni zamonda biz din peshvolariga, o`zimizga o`xshagan musulmon birodarlarimizga bir narsani takror va takror uqtirmoqchimiz: din o`z yo`li bilan, davlat o`z yo`li bilan. Diniy partiyalar tuzib, hokimiyat talashib yurishlar xudoga ham yoqmaydi. Islom dini insonlarni kamtarlikka, kamsuqumlikka undaydi... Hamma ahil, hamma pokiza bo`lib yashasin, kimning fazilati qancha, kimning gunohi qancha ekanini Yaratganning o`zi ajrim qilib beradi».
Qachonki kishi o`zligini anglamasa, o`z vijdoni bilan yuzma-yuz turmasa, iymon va e'tiqod oldida.hisob bermasa, qo`shnisi, mahallasi, jamiyat, Vatan oldidagi mas'uliyatini his etmasa, bunday odam insonlik sharafiga munosib bG`lmaydi.
Mamlakatda Islom dini omilidan unumli foydalanish, uning boy ma'naviy va madaniy qadriyat sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirish choralari ko`rildi.
1992-yil 27-martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ro`za hayiti kunini dam olish kuni deb e'lon qilish to'g`risida» Farmoni e'lon qilindi.
Musulmon hayotidagi qutlug` sanalar — Qurbon va Ramazon hayitlari kunlarini bundan buyon doimiy sur'atda bayram qilish va ularni dam olish kunlari deb e'lon qilinishi ham aynan xalqimiz ko`nglidagi ish bo`ldi.
Islom ma'rifati
Islom olamining zabardast allomalari — vatandoshlarimiz imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 yilligi (1995-yil), Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandning 675 yilligi (1993-yil) va Xoja Ahrori Valiyning 600 yilligi keng ko`lamda nishonlanishi yurtimizda iymon, din-u diyonat qaytadan yuksalayotganiga yorqin dalil bo`ldi. Bu aziz va mukarram zotlaming bebaho asarlari qayta chop etildi, nomlari abadiylashtirildi.
2000-yili Islom olamining ulug` huquqshunosi Burhoniddin Marg`iloniyning 1200 yilligi va benazir allorna Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi keng nishonlandi. Ularning merosini o`rganishga bag`ishlab xalqaro konferensiya o`tkazildi.
2003-yili Naqshbandiy talimotining asoschisi Abduxoliq G`ijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi. Uning maqbarasi va, umuman, G'ijduvon shahri qayta ta'mirlandi, yangi binolar, bog`lar, yo`llar barpo etildi.
Jamiyat a'zolarining vijdon erkinligini ta'minlash, ularning o`z diniy marosim va urf-odatlarini ado etishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar vujudga keltirildi. Yangidan-yangi masjid va madrasalar qurish, eskilarini tiklash-ta'mirlash bo`yicha ulkan tadbirlar amalga oshirildi va bu jarayon hozir ham davom etmoqda. Diniy asarlarni nashr etish keskin suratda oshdi. Jumladan, imom Buxoriyning to`rt jilddan iborat, imom Termiziyning bir jildli hadis kitoblari, boshqa allomalarning qator asarlari yuz minglab nusxalarda chop etildi. Qufoni Karim sakkiz marta, jami bir million nusxada nashr etildi.
2002-yili Qur'oni Karimning izohli tarjimasi shayx Abdulaziz Mansur tomonidan tayyorlandi va ommaviy nusxada nashr etildi. Bundan tashqari, hadis va shar'iy ilmlariga doir ko`pgina asarlar ona tilimizga o`girildi va minglab nusxalarda chop etildi.
Mamlakatimizning har bir viloyatida kamida bittadan diniy Madrasa, Toshkent shahrida esa Toshkent Islom Universiteti, Xalqaro Islom tadqiqotlar markazi, Imom Buxoriy nomidagi Islom mas'hadi, Eshon Boboxon nomidagi ayollar madrasasi, Abulqosim va Ko`kaldosh madrasalari faoliyat ko`rsatmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-maydagi Qarori bilan Toshkent shahrida islom ta'limoti va falsafasini, o`zbek xalqining diniy, tarixiy va madaniy merosini chuqur o`rganish maqsadida Xalqaro islom tadqiqot markazi tashkil etildi.
Mazkur markazning asosiy vazifasi diyorimiz musulmonlariga milliy qadriyatlarimizni va haqiqiy islom ta'limotini yetkazish, mavjud islomiy osoriatiqalar tarixini o`rganish, nodir qo`lyozma asarlarni tadqiq etish, ular bilan keng jamoatchilikni tanishtirish, darslik va qo`Uanmalar, lug`atlar tayyorlash va nashr qilishdan iboratdir. Mamlakat televideniyesi orqali berilayotgan «Ma'rifatnoma», «Ziyo» ko`rsatuvlari xalqning ma'naviyatini yuksaltirishda, diniy ma'rifatini o`stirishda katta ahamiyat kasb etib bormoqda.
O`zbekiston musulmonlariga mislsiz erkinlik va imkoniyatlar berilgan. Ular bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatiga egadirlar. Har yili mamlakatimizdan o`rtacha 4 mingga yaqin fuqarolar Makkai munawara va Madinai mukarramaga safar qiladilar.
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va mustahkamlamay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ma’naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, imon-irodasini, e’ti¬qodi¬ni mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchdir. Тarix guvohlik beradiki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qo¬tish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmon¬larning e’tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqtidorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilar edi. Eski tuzum o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g‘oyalarni singdirishga urinardi. Тariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. Biroq og‘ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz o‘zligini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi. Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo‘l ochil¬di. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’min¬lovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi.
„Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o‘z yo‘liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo ma’naviy islohotlar — qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo‘lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo‘lish — bundan og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q bu dunyoda“.Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Xo‘sh, ma’-naviy meros nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo‘lmoqda? Ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar — siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuyidir. Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo‘l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o‘sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun ma’naviy meros bo‘lib qoladi. Har bir avlod ma’naviyatni yangidan yaratmaydi, mavjud ma’naviy merosga tayanadi, biroq uni qanday bo‘lsa shundayligicha, ko‘r-ko‘rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtayi nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi. Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni maj¬buran singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31- modda.O‘zbekistonda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarda quyi¬dagi tamoyillarga amal qilinmoqda:
• dindorlarning diniy tuyg‘ularini himoya qilish; • diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmala¬rining xususiy ishi deb tan olish; • diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; • ma’naviy tiklanish, umuminsoniy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida diniy uyushmalar bilan muloqot qilish; • dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish; • din va e’tiqodga sig‘inish erkiga qonun bilan belgilangan cheklashlar orqaligina daxl qilish mumkin; • diniy da’vatlar bilan hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqeyi tiklandi, diniy ulamolarning qadr-qimmati o‘z joyiga qo‘yildi. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariningfaoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o‘zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy-hududiy bir¬liklari, maydonlari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqil davlatimizning qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi.
Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma‘noda turli soxalarda qo’l-laniladi. Qadriyatlar to’grisidani fan bu aksio-logiyadir. Bu atama ilmiy bilimlar soxasiga o’tgan asrning ik-kinchi yarmida nemis aksiologii E.Gertman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Garbda bu atama grekcha «qadriyat» va «fan», «ta‘limot» tushunchalariga asoslanadi. qadriyatni aksiologik nuqtai–nazardan talqin qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, ob‘ektiv asosi va sub‘ektiv jihatlari, namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini o’rganishga imkon beradi.
Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. qadriyatlar inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan vokelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan kategoriyadir.
Ma‘naviy madaniyat yoxud «ma‘naviyat»ning маg’зиni (ядросиni) qad-riyatlar атшкил эатди. Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yokinarsaning o’ziga xos xususiyati yokixossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning у yokibu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir. qadriyatlar inson bisotida turli - tuman ehtiyojlarning va his - tuyg’u-larning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo’layotgan voqealarni, hodisa-larni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun o’at qadrli, o’at muhim ahamiyatga ega bo’lgan, у yokibu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo’lishи mumkin. Xuddi шuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyat kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, ob‘ektiv va sub‘ektiv qadriyat-larga bo’lish mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qad-riyatlariga bo’lish mumkin. Shuningdek, qadriyatlarni haqi-qatni, ezgulikni, go’-zallikni ulug’lovchi qadriyatlarga ajratiш mumkin.
Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy -ma‘naviy rataqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, isatklari, atlab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‘nosi o’zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning atrbiyaviy ahamiyatga baho berganda konkret atrixiy shart - sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur.
Qadriyatlar insonning orzulari - istаklari, niyatlari -umidlari, bir so’z bilan aytganda ideal sifatida namoyon bo’ladi. Xuddi shuning uchun ham buyuk nemis faylasuflari V.Vindelüband, G.Rikkert at‘kidlaganidek, qadriyatlar hech qachon ob‘ektga ham, sub‘ektga ham bog’liq bo’lmagan musatqil olamni vujudga kel-tiradi. Bu olam makon va zamon qonunlaridan ustun turadi. Shuningdek, inso-niyatning buyuk ma‘naviy xazinasi bo’lgan qadriyatlar hech qachon o’zgarmaydi, balki M.SHeler, N.Gartman aytganidek, insonning qadriyatlar haqidagi atsav-vurlari o’zgaradi. Butun olam qadriyatlar bilan to’lib - toshgan bo’ladi va borliqqa hamisha yangi ma‘no ato eatdi. Shuning uchun ham, butun voqelik qadriyatlarning «o’ziga xos namoyishi»dan iboratdir.
Hozirgi zamon Qadriyatshunos olimlarining fikriga ko’ra, qadriyatlarning ham o’ziga xos qonunlari bor. Bu qonunlar inson irodasiga bo’y so’nmaydi. qadriyatlar ob‘ektiv olamning sub‘ektiv in‘ikosi bo’lgani uchun, kishilarning amaliy faoliyatiga o’z at‘sirini o’tkazadi. Hatto odamlar turmush atrzini o’zgartiradi. Xuddi shuning uchun ham, kishilar o’zlarining turmush atrzlarini insoniyat yaratgan qadriyatlar atlablariga qarab o’zgartirib boradilar.
Sharq muatfakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino qadriyatlar haqida fikr - mulohaza yuritganlarida, eng avvalo, insonning ma‘naviy - ahloqiy fazilatlari, xislat-lari, xosiyatlarini, insonning ruhiy - ma‘naviy kamoloti uchun yordam beradigan buyuk xazinasini tushunganlar. Musulmon Sharqi mamlakat-larida keng atrqalgan diniy-falsafiy at‘limot - atsavvuf namoyondalari ham, qadriyatlar deganda insonning qadr - qimmati, uning ruhiy - ma‘naviy yetukligiga qarab belgilanmog’i lozimligini qayat - qayat atkrorladilar. Xususan, atsavvufning eng yirik oqimlaridan biri Kubraviyada at‘kidlanishicha, insonning ruhiy - ma‘naviy yetukligini ifodalovchiasosiy mezonlar: atvba, zuhd, atvakkul, qanoat, uzlat, atvajjuh, sabr, muroqaba, zikr, rizo hisoblansa, atsavvufning boshqa bir oqimi - Naqshbandiyada qayd etilishicha, insonning ruhiy - ma‘naviy kamolatini ifodalovchimezonlar: Xush dar dam, nazar bir qadam, safar dar vaatn, xilvat dar anjuman, yodkard, bozgasht, nigohdosht, vuqufi adadiy, vuqufi zamoniy, vuqufi qalbiy hisoblanadi. Atsavvuf falsafasining buyuk na-moyondalari Najmiddin Kubro, Ahmad ßssaviy, Abduholiq g’ij-duvoniy, Aziziddin Nasafiy, Bohouddin Naqshbandiy, Hoja Ahror Valiy kabilar inson ma‘naviy qadriyatlarining asosida poklik, hayo, sabr - bardosh, qanoat, chidam, beozorlik, hokisorlik kabi insoniy xislatlarni qo’yishgan. Yuqoridagi fikr-mulo-hazalardan ko’rinib turibdiki, qadri-yatlar ichida eng ulug’i, eng a‘losi insondir. Xuddi shuning uchun ham insonning ongi va faoliyatiga bog’liq bo’lmagan, undan atshqarida turgan bironat Qadriyat bo’lishi mumkin emas. Shunday ekan, qadriyatlar o’z mohiyati, mazmuniga qarab inson aql – zakovatini, axloq-odo-bini, mehnatga halol, vijdonan munosabatini, go’zal did va jismoniy kamolotni ulug’lovchi, turlarga bo’linmog’i darkor.
Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagio’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yokidiniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro-fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin.
Insonning qadr - qimmati, sha‘ni, or - nomusi, milliy g’ururi - milliy qadriyatlar bilan bevosiat bog’liq. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchifalsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakl-langan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu mil-liy o’ziga xoslik, o’ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida, san‘atida, tilida, dinida, atrixiy xotirasida, yashash ishlash va fikrlash atrzida, urf-odatlarida, rasm - rusumlarida, bayramu - sayillarida o’z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma‘naviy madaniyat ifodasi bo’lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo’shgan munosib hissasining hosilasidir.
Milliy qadriyatlarning negizini urf - odatlar, rasm -rusumlar, bayramu-sayillar atshkil eatdi. o’zbek milliy qadri-yatlari mazmunida insonparvarlik g’oy-alari yoatdi. Uzoq atrix davomida o’zbeklarning o’zaro munosabatlarida, kundalik turmush atrzida o’zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro hurmat, biri - biriga suyanish va yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik va oat - onaga hurmat, mehr - oqibat va sadoqat har tomonlama e‘zozlanib kelinadi. Milliy qadriyatlar o’sha mil-latga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazi-latlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy - madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko’rsatkichdir.
Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yokiinqirozi bilan bevosiat bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganimizda milliy qadriyatlar millatning o’tmishi va buguni bilan bog’liq. Shuning uchun ham, «milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham, millat - o’zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi - yangi qirralarini va jihatlarini sayqallashtirib, rataqqiyot jarayonida atkomillashtirib turi-shi ma‘nosida o’z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka atmon yetkazib boradigan eng asosiy ob‘ektdir» .
Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamon öivilizaöiyasi atlablariga mos yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham, O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon öivilizaöiyasi atlablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik Qadriyatlar xalqimiz turmush atrziga kirib kela boshladi. Inson haq - huquqlariga rioya qilish, atdbirkorlik erkinligi, matbuot erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qad-riyatlar jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar atrixiy jihatdan ham, etnik - madaniy jihatdan ham xalqimizning o’ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayat-qayat at‘kidlashni isatrdik».
Umuminsoniy demokratik qadriyatlarning eng muhimi - inson haq – hu-quqlari va erkinliklarini har tomonlama himoya qilishdir. Insoniyat atrixida Buyuk franöuz revolyuöiyasi (1789) qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquqlari dekloratöiyasi», 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambeliyasi atsdiqlagan «Inson huquqlarining eng umumiy dekloratöiyasi» - inson haq - huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan atrixiy hujjatlar edi. O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan musatbid tuzum sharoitida oyoq osti qilingan inson haq - huquqlari va erkinliklarini tiklash, uni himoya qilishga kirishdi. Insonning asosiy xuquqlari va erkinliklari O’zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni – Kons-tituöiyaning umumiy qoidalari va olti bobdan iborat ikkinchi bo’limida xuquqiy jihatdan musathkamlandi. Shuningdek, demokratiya, barqarorlik, oshkoralik, tinchlik, hamkorlik kabi Umuminsoniy qadlriyatlarning rivoj topishi uchun ham imkon yaratildi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unlashib borayotganligini, musatqillik yillarida O’zbekistonda vujudga kelgan - fuqarolarni tinch, totuv yashashga, barqarorlikka intilishida ham yaqqol ko’rish mumkin. Endilikda tinchlik, millatlararo totuvlik, barqarorlik O’zbekistonda yashovchi barcha xalq-larni, millatlarni, elatlarning buyuk ijtimoiy-siyosiy Qadriyatiga aylanmoqda. Ja-hon öivilizaöiyasining atlablariga mos tushuvchi bunday qadriyatlarni shakllani-shida va rivojlanishida, kishilar turmush atrzida musathkam o’rnashib olishida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bir qator xayrli tad-birlar turtki bermoqda.
Yuqoridagi fikrlarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yoki narsaning o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning u yoki bu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir.
2. qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro-fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin.
3. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Umuminsoniy qadriyatlar esa barcha millat vakillariga xos bo’lgan qadriyatlarni ifodalaydi.

Har qanday ijtimoiy hodisaning, shu jumladan, milliy g`oyani va milliy ma`naviy qadriyatlarning mohiyatini ochib berish uchun quyidagilarga aniqlik kiritish: tushunchaning ta`rifi (definisiyasi); tushunchaning tavsifi (xarakteristikasi); milliy ma`naviy qadriyatlarning mazmuni; ularning kelib chiqishi va rivojlanishi (evolyusiyasi); ijtimoiy maqsadi va vazifalari (funksiyalari); tuzilishi (strukturasi); amal qilish usul va vositalari (texnologiyasi); shakllari va ko`rinishlari tasnifi (klassifikasiyasi) va nihoyat, jamiyat hayotining boshqa sohalariga ta`sirini bilish lozim.


«Qadriyat» tushunchasi — juda keng tushuncha. Uning bir qismi — ma`naviy qadriyatlardir. Milliyma`naviy qadriyatlar «milliylik», «ma`naviyat» va «qadriyat» tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga oladi.
«Milliy ma`naviy qadriyatlar» tushunchasiga quyidagicha ta`rif berish mumkin: Muayyan millat vakglllari uchun zarur va aqamiyatli, aziz va ardokli bo`lgan, manfaati va maksadlariga xizmat kiladigan ma`naviy boyliklar, amallar va tamoyillar, yeoyalar va me`yorlar milliy ma`naviy Kadriyatlardir.
Xar bir xalqning o`zi uchun e`zozli, qimmatli bo`lgan ma`naviy boyliklari bo`ladi. Bular asrlar davomida avloddanavlodga o`tib kelgan, hozirgi kunda ham o`zining ahamiyati va Qadrini yo`qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan durdonalardir. Masalan, qirgaz xalqi «Manas» dostoni bilan, misrliklar qadimiy piramidalar, fransuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o`zbeklar Samarqandu Buxoro va Xiva bilan haqli ravishda faxrlanadilar.
Millat va elatlarning o`ziga xos tarixiy merosi, san`ati va adabiyoti bilan bir qatorda ularning urfodat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari ham ma`naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o`ziga xosligini saqlab qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol o`ynaydi.
Milliy ma`naviy qadriyatlarda xalqning dunyoqarashi va hayotga munosabati, ichki tabiati va turmush tarzi o`z ifodasini topadi. Bularda millatning ruhiy olami va tafakx kur tarzi, orzuumidlari va ideallari, vijdoni va ornomusi aks etadi.
Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmugs tarzida o`ziga xos mezon vazifasini o`taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo`layotgan faoliyat turlari va rasmrusumlarga baho beriladi. Yosh avlodning hayotiy mo`ljallari, «zamona qahramoni» haqidagi tasavvurlari ham ma`naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi.
Milliy ma`naviy qadriyatlar ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat rivojiga to`g`anoq bo`ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir.
Milliy g`oya va ma`naviy qadriyatlar orasida uzviy aloqadorlik o`zaro ta`sir mavjud bo`lib, bu quyidagilarda o`z ifodasini topadi:

Download 280 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish