Fakultet miqiyosida olib borilgan ma’naviy-marifiy tadbirlar.
2022 yil 9-fevral kuni buyuk shoir va mutafakkir, atoqli va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati hokimi X. Bozorov tashabbusi bilan Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimida menga birirtirilgan 1-bosqich 21.108, 21.110 -guruh talabalari bilan ishtirok etdim.
2022 yil 10-fevral kuni 20.144-guruh talabalari bilan birgalikda Yoshlar jamg‘armasi “COWORKING” o‘quv markazi psixologi Yo‘ldashevSherdorbek tomonidan tashkillangan “Muvaffaqiyatga erishish sirlari“ mavzusida o‘tkazilgan seminar –treningida ishtirok etdim.
2022 yil 14-fevral kuni universitet rektori B.Shermuhammadov bilan fakultet dekani, professor-o‘qituvchilari hamda tyutorlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdim.
Shu kuni universitet faollar zalida shox va shoir ZaxiriddinMuxammad Boburning 539 yillik tavalludiga bag‘ishlangan badiiy kechada 20.146-guruh talabalari bilan ishtirok etdim.
2022 yil 15-fevral kuni menga biriktirilgan 21.109-guruh talabalarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ajdodlar xotirasi qalbimizda” shiori ostida universitetdagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurdik.
2022 yil 16-fevral kuni fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi hamda fakultet tyutorlari bilan hamkorlikda fakultetimiz talaba qizlariga ARMning katta majlis zalida “Baxtli hayot sari 10 qadam. Erta nikohni oldini olish ” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Farg‘ona shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari maslahatchisi M. Ahmadaliyeva, fakultetimiz faxriy ustozi S.Musayevna, Farg‘ona shahar targ‘ibot guruhi rahbari D.Gafurovalar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.
2022 yil 16-fevral kuni fakultetimiz talabalari uchun Farg‘ona shahar statistika boshqarmasi xodimlari, fakultetimiz o‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari D. Yuldashev,fakultetning yoshlar masalalari va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh. Karimov hamda tyutorlar hamkorligidauniversitetning faollar zalida tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish” mavzusida seminar tashkillandi. Seminarda o‘zimga biriktirilgan 1-bosqich 21.108; 21.109; 21.110-guruh talabalari bilan ishtirok etdim.
2022 yil 17-fevral kuni jismoniy madaniyat fakulteti tashabbuskorligida universitet tyutorlari o‘rtasida muhtaram prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida tashkillangan sport musobaqalarida ishtirok etdim.
2022 yil 21-fevral kuni universitetning faollar zalida viloyat diniy qo‘mita Farg‘ona shahar bosh imom xatib noibi B.Suyarqulov, yoshlar masalalari va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari hamda fakultet tyutorlari hamkorligida fakultet talabalariga “Jaholatga qarshi ma’rifat“ va “Jinoyatga jazo muqarrar” mavzularida davra suhbati tashkilladik.
2022 yil 24-fevral kuni 21.108-guruh talabalari bilan yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasida tashkillangan “Yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirish va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusidagi seminarda ishtirok etildi.
2022 yil 26-fevral kuni fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi hamda fakultet tyutorlari bilan hamkorliklarida universitet talaba qizlariga “ Biz xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Oliy Majlis senati Xotin-qizlar va gender masalalari qo‘mitasi raisi, senator M. Kadirxonova, universitet professori Gender tadqiqotlar markazi rahbari T. Egamberdiyeva, viloyat IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor mayyor L. Xazratqulova, “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi yuristi D. Nurmatova, viloyat bosh imom-hatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Ahmadaliyevalar ishtirok etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |