O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI
IJTIMOIY ISh KAFEDRASI
JORIY NAZORAT
Fan «Davlat pensiy ta’minoti»
Bajardi: 3- kurs 17.92 - guruh talabasi
h. salimjonov
FARG‘ONA-2020
1 - joriy nazorat
Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga o‘tilishining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? Pensiya tizimining moliyaviy holatini yaxshilash, pensionerlarning moddiy ta’minlanganlik darajasini oshirish va pensiya ta’minotini boshqarishni optimallashtirish yo‘li bilan xizmatlar sifatini yaxshilash islohotlarning maqsadi hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishishda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhim o‘rin tutadi. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyatinig maqsadi
davlat tomonidan kafolatlangan pensiya ta’minoti tizimida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish
daromadlarga mo‘ljallangan majburiy badal, yig‘im va ajratmalarning to‘liq yig‘ilishini ta’minlash
aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish uchun moliyalashtirish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida va to‘liqligicha ta’minlashga erishish
Pensiya ta’minotida zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qo‘llashning asosiy maqsadi - pensiya ta’minotining turli jarayonlarida axborotlarga bo‘lgan talabni qondirish, davlat miqyosida moliyaviy axborotlarni qayta ishlashning yangi axborot tizimini yaratish 145 natijasida moliyaviy resurslarni boshqarishni tubdan o‘zgartirishga qaratilgan bo‘lib bu tizim faoliyatida yanada yuqori samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. XXI asrga kelib pensiya ta’minoti tizimini isloh etish dunyoning barcha mamlakatlari oldida turgan dolzarb va muhim vazifalardan biriga aylangan. Pensiya ta’minoti tizimini isloh etishning asosiy sababi davlatning pensiyaga oid majburiyatlarini bajarishi uchun moliyaviy resurslarining yetishmasligidir va bu muammo aholining keksayib borishiga muvofiq kuchayib murakkablashib boradi va mamlakatlarda vujudga kelgan iqtisodiy, ijtimoiy va demografik vaziyatlardan kelib chiqqan alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatlar uzoq muddatli istiqbolda pensiya tizimi barqarorligini yaxshilashga yo‘naltirilgan bir qator muhim qadamlarni qo‘ydilar.
2. “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni, ahamiyatini tushuntiring. 1993 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonuni va hukumat tomonidan qabul qilingan boshqa me’yoriy hujjatlar amal qilayotgan pensiya ta’minoti tizimining huquqiy asosini tashkil etadi. "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonunining mohiyati - pensionerlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularni ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida huquqiy himoyalash, pensiya miqdorini bevosita mehnat stajining davomiyligi va ish haqi miqdoriga bog‘liqligini ta’minlash tashkil etadi. Mazkur qonunning negizi va uning MDH davlatlari pensiya tizimlaridan asosiy farqi, pensiya hisoblash sxemasidir. Ushbu sxema bo‘yicha barcha turdagi «pensiyalar uch qismdan iborat bo‘ldi”: 5 Birinchi qism kafolatlangan bo‘lib, pensiyaning tayanch miqdorini tashkil etadi. Bu qism O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining talabidan kelib chiqqan bo‘lib, pensiyaning eng kam miqdori davlat tomonidan belgilanadi, ya’ni “pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas”. 6Ikkinchi qism pensiya tayinlash uchun talab etilgan stajdan ortiq bo‘lgan har bir to‘liq yil uchun pensiya miqdorini oshirishdir. Bu qismning zarurligi bozor iqtisodiyoti 5 O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonuni. 25 modda. O‘zbekistonniig yangi qonunlari . 9son. T: Adolat, 1995. 3b. 6 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston. 1992. 17b. 49 talablaridan kelib chiqib, har bir shaxsning mehnat staji davomiyligini inobatga olish imkonini beradi.
3. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida jamg‘arish mexanizmi qandayamal qiladi? Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga badallarni qayta taqsimlashning davlat mexanizmi yordami bilan individuallashtirilgan hisobraqamlardan foydalangan holda, moliyaviy ta’minlash, pensiya tizimini tashkil etishning o‘ziga xosligi, belgilanan yagona badallarni hisobga olib, pensiya miqdorini belgilash kabilar xosdir. Jamg‘arib boriladigan pensiyani olish uchun muayyan jamg‘arma stajiga ega bo‘lish va qonunda ko‘rsatilgan pensiya yoshiga yetish zarur. Jamg‘arish tamoyiliga asoslangan pensiya tizimida badallar kapitallashtiriladi va pensiya hisobi individual hisob asosida shakllantirilib boriladi, shaxsiy hisoblarda jamg‘arilgan jamg‘arma badallari pensiya darajasini belgilaydi. Jamg‘ariladigan pensiya tizimlari hukumatning moliyaviy kafolatlaridan foydalanadi, ular daromadni ta’minlash imkonini beruvchi moliyaviy bozorlarning ishtirokchilariga aylanadi. Natijada pensiya to‘lovlari ishlovchilarning nafaqat pensiyaga chiqqunga qadar bo‘lgan ish haqidan, balki, mehnat faoliyati mobaynida to‘langan badallari miqdoriga foizni ifoda etadi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining qo‘llanishi mavjud pensiya tizimidagi kamchiliklarni kamaytirish va uning afzalligini kuchaytirishga yo‘naltirilgandir. Hozir bizda ikki xil avlodlar birdamligi va jamg‘arma tuzilmalarining tarafdorlari mavjud.
4. Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotidan foydalanish tartibiqanday? Respublikamizda pensiya ta’minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, davlat ijtimoiy ta’minoti bo‘yicha majburiy badallar to‘liq yig‘ilishini ko‘paytirish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar to‘plashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 444-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorga muvofiq, 2001 yil 1yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga aylantirildi. Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armaning daromadlari va harajatlari har yili jamlangan budjetning tarkibiga kiritildi. 2014 yildan amalga kiritilgan “Budjet kodeksi”ning 36- moddasida ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi jamlanma budjet tarkibidagi davlat maqsadli jamg‘armasi ekanligi e’tirof etilgan. O‘zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risida Nizom ishlab chiqilib, ushbu me’yoriy hujjatga asosan, Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh resurslarini O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi muddatli depozitlarga hamda qisqa muddatli davlat obligatsiyalariga joylashtirishga ruxsat beriladi.
5. Bu tizimda qanday imtiyozlar belgilangan? Respublikamizda aholini turmush darajasini oshirish, pensiya tizimi sohasini rivojlantirish ishlari yanada takomillashtirilmoqda. Mamlakatimiz qonunchiligida aholining huquq va manfaatlarini himoyalashni mustahkamlashga qaratilgan qator imtiyozlar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining ayrim moddalariga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega fuqarolar toifasi ham nazarda tutilgan. Xususan, ekologiya falokati mintaqasida ishlaganlarga imtiyozli pensiya tayinlash huquqi 1993 yil 3 sentabrdagi qonun bilan joriy qilingan, Chernobil atom elektr stansiyasida yuz bergan halokat asos sifatida olingan. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, ekologiya falokati mintaqasida ishlagan fuqarolarga imtiyozli pensiya tayinlash normasi faqat O‘zbekiston Respublikasi pensiya qonunchiligida mavjud. Boshqa biror bir davlat qonunchiligida bunday me’yor nazarda tutilmagan. Shularni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 9- moddasiga o‘zgartish kiritildi.
6. Majburiy va ixtiyoriy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotlaridaqanday tafovutlar mavjud? Pensiya ta’minotining majburiy va ixtiyoriy shakllari mavjud bo‘lib, bu shakllar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat turli mamlakatlar va ta’minotning rivojlanish bosqichlarida turlichadir. Majburiy ijtimoiy ta’minot maqsadli budjetdan tashqari jamg‘armalar orqali ta’minlanuvchi davlat ijtimoiy kafolatining alohida turi bo‘lib, to‘liq bo‘lmagan o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida amalga oshiriladi. Davlat bu jamg‘armalarning moliyaviy 22 barqarorligi va majburiy ijtimoiy ta’minot dasturlarini amalga oshirishning kafolati sifatida maydonga chiqadi. Majburiy pensiya ta’minotining ikki shakli mavjud: majburiy ijtimoiy ta’minot va majburiy professional ta’minot. Umumiy majburiy ijtimoiy ta’minot mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlovchi shaxslarning barchasiga tadbiq etiladi. Majburiy professional ta’minot jarohat olish ehtimolligi yuqori bo‘lgan ishlarda, xususan xavfli va noqulay mehnat sharoitlarida ishlovchi kishilarga tadbiq etiladi. Majburiy professional ta’minotda ta’minot badallari darajasi majburiy umumiy ta’minotga qaraganda yuqori bo‘ladi. Ixtiyoriy ijtimoiy ta’minot jamoaviy birdamlik va o‘zaro yordam tamoyili asosida shakllanadi. Ta’minot jamg‘armalarini boshqarishdagi haqqoniylik va oshkoralik, o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilining to‘liq amalga oshirilishi, ish beruvchilar va yollanma ishlovchilarning ijtimoiy sherikligi, ta’minotviy to‘lovlar va dasturlarining ta’minotlanuvchilarning daromad darajalariga bevosita bog‘liqligi ixtiyoriy ijtimoiy ta’minotning o‘ziga hos xususiyati hisoblanadi. Majburiy ijtimoiy ta’minot tizimida davlat kafolatining yetarli darajada bo‘lmasligi va ta’minotlanuvchilar daromadining yuqoriligi ixtiyoriy ijtimoiy ta’minot jamg‘armalarini majburiy ta’minotga qo‘shimcha, to‘ldiruvchi tarzida qarash imkonini beradi.
7. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida moliyaviy resurslardanfoydalanish va ularni jamg‘arish tamoyillarini tushuntiring. XXI asrga kelib pensiya ta’minoti tizimini isloh etish dunyoning barcha mamlakatlari oldida turgan dolzarb va muhim vazifalardan biriga aylangan. Pensiya ta’minoti tizimini isloh etishning asosiy sababi davlatning pensiyaga oid majburiyatlarini bajarishi uchun moliyaviy resurslarining yetishmasligidir va bu muammo aholining keksayib borishiga muvofiq kuchayib murakkablashib boradi va mamlakatlarda vujudga kelgan iqtisodiy, ijtimoiy va demografik vaziyatlardan kelib chiqqan alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatlar uzoq muddatli istiqbolda pensiya tizimi barqarorligini yaxshilashga yo‘naltirilgan bir qator muhim qadamlarni qo‘ydilar. Pensiyaga chiqish yoshi oshirildi, to‘lovlarni indeksatsiyalash qoidalari o‘zgardi: ish haqiga bog‘liqlik o‘rniga iste’mol bahosi qimmati indeksi va ish haqi o‘zgarishini (Vengriya, Polsha, Chexiya Respublikasi) yoki faqat iste’mol bahosi indeksi o‘zgarishini hisobga olgan holda indeksatsiyalash qo‘llanila boshlandi. Yuqori daromad darajasiga ega mamlakatlar o‘zlarining majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarmoqdalar. Shu bilan birga, mamlkatlarda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan to‘lanadigan soliq miqdori ishlovchilarni rasmiy sohadan ketishlari uchun jiddiy sabab va rag‘bat bo‘lib xizmat qilmoqda.
8. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi organlarnitavsiflang. Davlat pensiya ta’minotini boshqarish ob’ektlari bo‘lib turli moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. Masalan, budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar va boshqa pul jamg‘armalarini tashkil qilish va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar boshqarish ob’ektlaridir. Bu moliyaviy munosabatlarni boshqarishga xizmat qiluvchi tashkiliy tuzilmalar (moliya organlari, soliq idoralari, korxonalardagi moliyaviy xizmatlar va bo‘limlar) esa moliyani boshqarish sub’ektlaridir. Davlat pensiya ta’minotini boshqarish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • Moliyaviy munosabatlarni boshqarish; • Pul mablag‘lari jamg‘armalarini boshqarish; 99 • Moliyaviy apparat faoliyatini boshqarish. Moliyaviy munosabatlarning har bir sohasi va har bir bo‘g‘inida boshqarish sub’ektlari bu munosabatlarga ta’sir etishning o‘ziga xos maxsus usullaridan foydalanadilar. Shu bilan birga, bu usullar ma’lum umumiylikka ega bo‘lgan funksional elementlardan iborat, bular: rejalashtirish, operativ boshqarish va nazorat. O‘zbekistonda davlat pensiya ta’minotini umumiy boshqarishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Oliy majlis, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devoni amalga oshiradi. Davlat pensiya ta’minotini operativ boshqarish esa moliyaviy apparatga yuklatilgan. Uning yordamida davlat pensiya ta’minotining barcha tarkibiy bo‘g‘inlarida moliyaviy faoliyat ustidan boshqaruvni amalga oshiradi. Aynan moliyaviy apparat moliyaviy rejalashtirish, hisob va tahlil, nazorat va tartibga solish, moliyaviy rejalarni tuzish va boshqarish ishlarini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |