Ijtimoiy samara beradigan turizm ham boshqa mamlakatlar singari
O’zbekistonda ham rivojlangan. Bu soha bevosita aholining ijtimoiy sohaga
muhtoj qatlamini, ya‟ni maktab o’quvchilarini, pensionerlarni, talaba-yoshlarni,
nogironlarni, keksa nuroniylarni, urush va mehnat faxriylari kabi aholining shunday
toifasini sayohat qildirish tushuniladi. Eng muhimi ushbu sohaga qo’yilgan
investitsiya foyda olish uchun emas, balki ijtimoiy qullab-quvvatlash uchun
mo’ljallangan bo’ladi. Bu maqsad uchun mablag‟ davlat byudjeti, davlat
tashkilotlari va turli nodavlat jamg‟armalar va shaxslar (jismoniy, yuridik)
ajratmalari hisobidan shakllanadi.
Butunjahon turizm tashkiloti (VTO) esa – turizmning beshta turini istiqbolli
yo’nalish deb e‟lon qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |