12
1.2. Turizmning turlari va ko’rinishlari
Turizmdagi turlarni va ko’rinishlarni tasniflashdagi chalkashliklar ham
turizmdagi turlarga, turistlar sonini, harakatlanishini, xizmatlar turini ham
aralashtirish, turizmdagi haqiqiy turlar xilini aniqlashni ham qiyinlashtiradi, haqiqiy
turlarning qaysilari muhimrog’u, qaysi turlar o’z salohiyati bo’yicha keyinroq turadi,
ajratish mushkul.
M.N.Pardayev, R.Atabayev (2007 yil) keltirgan ma‟lumotlarida
Turizm turlari asosan quyidagi belgilari bo’yicha tasniflanadi. Bularga:
- turizm turlarini tashkil etish bo’yicha;
- xizmat ko’rsatishi bo’yicha;
- maqsadi bo’yicha;
- foydaliligi bo’yicha kabi belgilar kiradi.
Turizmni tashkil etilishi bo’yicha tasniflansa u ikki guruhga bo’linadi: rejali
tashkil qilingan, rejasiz o’zboshimcha harakat qiladigan.
Rejali tashkil qilingan turizmga davlat tomonidan qonunlar yoki boshqa
me‟yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadigan odamlarning harakati tushuniladi. Bu
faoliyatni davlat va nodavlat turistik tashkilotlari, turli firma va kompaniyalar
amalga oshirishi mumkin. O’zbekistondagi turizmning asosiy qismi rejali tashkil
qilingan turizmga kiradi.
Rejasiz o’zboshimcha harakat qilingan turizmga o’z ixtiyori bilan
mustaqil tashkil qilingan odamlarning harakat turi kiradi. Bu asosan ko’ngilli
turistik jamiyatlar, ittifoqlar va jismoniy shaxslar tashkil qilish orqali amalga
oshiriladi.
Turizmning ushbu turi orqali tog‟u-toshlarga sayohat, turistik yurish,
musobaqalar uyushtirish, boshqa hudud va mamlakatlarni ko’rib tomosha qilib
kelish uchun borish kabi faoliyatlar amalga oshiriladi. Bu jarayon ham turli turistik
birlashmalarning mamlakat qonunlariga va xalqaro me‟yorlarga zid bo’lmagan
ichki nizom va boshqa tartibga soluvchi me‟yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda turizmni tashkil qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar
13
tegishli ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo’lishlari lozim. Bu masala
«O’zbekturizm» tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi va shu tashkilot
muvofiqlashtirib beradi.
Turizm xizmat ko’rsatishi bo’yicha uch guruhga bo’linadi: ichki turizm,
milliy turizm va xalqaro turizm.
Ichki turizm bir mamlakat ichida odamlarning bir hududdan ikkinchi
hududga dam olish, davolanish, sport bilan shug‟ullanish, atrof-muhitni o’rganish
kabi maqsadlarda qisqa muddatli harakatidir.
Ichki turizm bir mamlakat ichida bo’lganligi tufayli u umumiy iqtisodiyotga
ta‟siri kam bo’ladi. Ammo bir hudud hisobidan ikkinchi, turistlarni qabul qiluvchi
hudud iqtisodiy samara, manfaat olishi mumkin.
Milliy turizm ham turistik faoliyat majmuasi bulib, u ichki turizm va tashqi
mamlakatlardan kelgan turistlarga xizmat ko’rsatish sohasini tulik qamrab oladi.
O’zbekistonda milliy turizm davlat va nodavlat tashkilotlaridan tarkib topgan
bo’lib, uni «O’zbekturizm» tashkiloti muvofiqlashtirib turadi.
Xalqaro turizm eng nufuzli turistik harakat bulib, bir mamlakatga boshqa
mamlakatdan kelgan turistlarni qabul qilish va boshqa mamlakatlarga turistik xizmat
ko’rsatishdir. Juda ko’p mamlakatlarda xalqaro turizm iqtisodiyotning muhim
sohasi sifatida katta foyda keltiruvchi faoliyat hisoblanadi. Bu holatdan kelib
chiqiladigan bo’lsa, O’zbekiston ham juda katta turistik salohiyatga ega
ekanligini inobatga olish va uni yirik foyda keltiradigan soha deb qarash lozim.
Turizm maqsadi bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi:
- salomatlikni tiklash;
- dam olish;
- sport musobaqalariga qatnashish yoki sport mashg‟ulotlarini o’tkazish;
- ilmiy va ma‟rifiy ekspeditsiya;
- atrof-muhitni, diqqatga sazovar turistik ob‟ektlarni o’rganish;
- ziyorat qilish kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: