O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTET
IQTISODIYOT VA SERVIS KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI
FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Agrar ishlab chiqarish. Renta munosabatlari.
Bajardi: Turg’unov X.
Qabul qildi: Olimova N.
Farg‘ona - ______
Mundarija
Kirish…………...…………………………………………………….……...….…3
I Bob. Mamlakatimizda agrar ishlab chiqarish va renta munosabatlarini rivojlantirishning nazariy uslubiy asoslari
1.1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni va ahamiyati…………………….6
1.2. Agrar sohadagi islohotlarning huquqiy asoslarini yaratilishi…..........................17
II Bob. Agrar va renta munosabatlarining iqtisodiy tahlili
2.1. Agrobiznes faoliyati tahlili…………………………………………………...24
2.2. Mamlakatimizda agrar ishlab chiqarish va agro biznesni rivojlantirish…...…30
2.3.Agrar munosabatlarning iqtisodiy rivojlanishini takomilashtirish …...……... 38
Xulosa va takliflar...………..………………………………….…….……....…..42
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati..………………………….………………..44
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Agrar siyosatning asosi-davlatning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni to’g’ridan-to’g’ri boshqarib borishdan voz kechishdir Shavkat Mirziyayev Dunyo iqtisodida yetakchi o’rinlardan birini egallovchi agrar soha, eng avvolo, har bir davlatning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlanadi. Bundan tashqari tuproq, iqlim sharoitlari, ishchi kuchi eksport masalalari ham katta ahamiyatga ega. Mamlakatimizda qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Kurs ishining predmeti. Xususiy mulk, mulk egasi, mulkdorlar sinfi kabi iboralar hayotimizda kundalik ishlatiladigan va o’zining tub ma’nosi bilan yangi jamiyatni ifodalovchi iboralarga aylanib bormoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq boshqa sohalarda bo’lgani kabi agrar sohada ham keng islohotlar o’tkazishga alohida e’tibor berila boshladi. Xo’jalik yuritishning sovet davridan olgan, o’zini olamagan shakllaridan voz kechib,ularning o’rniga butun dunyoda joriy etilgan xususiy fermer xo’jaliklari tashkil etildi.1 Islohotlar o’tkazishdan maqsad, respublikamiz aholisini turmush darajasini oshirish, qishloq xo’jaligini barcha tarmoqlarini rivojlantirish, agrar sohaga rivojlangan mamlakatlar texnika va texnologiyalarini olib kirish, sohani har tamonlama rivojlantirish, mamlakatni iqtisodiy jihatdan yuksaltirishga qaratilgan. Bu borada Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning “Islohotlar-islohot uchun emas avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun ”1, -degan fikrlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |