Iboralarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
Omonim ibora: Uyini boshiga ko‘tarmoq – onasini boshiga ko‘tarmoq, uch kungacha bir burda non ham og‘zimga olmadim – men uning bema’ni qiliqlarini hech qayerda og‘zimga olmadim va h.k.
Sinonim ibora: Toqati toq bo‘lmoq – sabr kosasi to‘lmoq, yaxshi ko‘rmoq – ko‘ngil bermoq, terisiga sig‘madi – boshi osmonga yetdi
Antonim ibora: Ko‘ngli oq – ichi qora, ko‘kka ko‘tarmoq – yerga urmoq
Ko‘p ma’nolilik hodisasi: bosh ko‘tarmoq – sekin sog‘aymoq
– sekin qaramoq
– qo‘zg‘olon
Iboraning so‘z, so‘z birikmasi va gapdan farqi
so‘z to‘g‘ri va ko‘chma ma’noda, ibora esa faqat ko‘chma ma’noda
so‘z birikmasi va gap bir-biriga erkin bog‘lanadi, ibora esa bunday emas
ibora nutqqacha tayyor holda bo‘ladi
so‘z birikmasi va gapni o‘zgartirish mumkin, iborani esa o‘zgartirib bo‘lmaydi.
QISQACHA IBORALAR LUG‘ATI
Do'stlaringiz bilan baham: |