§ Tirik va o‘lik tillar
Hozirgi davrda muloqot vositasi bo‘lib xizmat qilayotgan tillar tirik tillar hisoblanadi. Masalan, o‘zbek tili, ingliz tili.
Hozirgi davrda hech bir xalq uchun muomala vositasi bo‘lib xizmat qilmayotgan, lekin qoldiqlari bizgacha yetib kelgan tillar o‘lik tillar deb yuritiladi. Masalan, qadimgi hind (sanskrit) tili, qadimgi slavyan tili, qadimgi xorazmiy tili (XI asrgacha ishlatilgan, eroniy tillar oilasining sharqiy turkumiga kirgan), qadimgi arab tili, qadimgi fors tili, so‘g‘d tili.
§ Milliy (umumxalq) tili, adabiy til va shevalar
Milliy (umumxalq) tili – o‘zbek millatiga mansub barcha odamlar tomonidan ishlatiladigan til.
Milliy til tarkibi:
sheva: keldi-galdi, tom-uchak, shunday qilib-shuytib, doda-bobo;
so‘zlashuv nutqi: Hov oka, manga qareng, shahar bedarvozamas, tushundizmi?;
jargonlar: olampanoh, padari buzrukvor, volidayi muhtarama;
Do'stlaringiz bilan baham: |