- 9 -
Tayanch tushunchalar
Falsafiy bilimlar tizimi, falsafiy g’oyalar, falsafiy nazariyalar,
falsafaning asosiy vazifalari, dunyoqarash.
Takrorlash uchun savollar
1. Fanlarning ajralish va o`zaro qo`shilish tamoyilini qanday
tushunasiz?
2. Falsafiy bilimlar tizimiga qaysi fanlar kiradi?
3. Falsafiy g’oya va nazariyalarning shakllanishi qanday ro`y bеradi?
4. Falsafiy fanlarning vazifalariga doir asosiy xususiyatlar
nimalardan iborat?
3-mavzu.
Mustaqillik va falsafiy dunyoqarashning yangilanish
zarurati
Reja:
1. Ijtimoiy taraqqiyot va falsafiy tafakkur.
2. Istiqlol va falsafiy tafakkurning yangilash zarurati.
3. Yangi mafkuraviy tamoyillar shakllanishida falsafaning
o`rni va ahamiyati.
4. Falsafiy dunyoqarashning yangilanish jarayoni va yoshlar
tarbiyasi.
Tariхiy rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyot va falsafiy tafakkurning
aloqadorligi. Insoniyat falsafiy dunyoqarashining o`zgarish dialektikasi,
uning tarixiy va ijtimoiy jarayonlarga bog’liqligi. Falsafiy tafakkurning
ijtimoiy jarayonlardan oldin ketishi yoki orqada qolishi muammolari.
Istiqlol
va
falsafiy
dunyoqarashning
o`zgarishi
zarurati.
Mustaqillik - falsafiy tafakkur o`zgarishining asosi va shart - sharoiti.
Mafkuraviy bo`shliq va uni yangi mafkura bilan to`ldirishning falsafiy
vazifalari.
Mustaqillikni
mustahkamlash,
yangi
tafakkurni
shakllantirishda falsafaning o`rni va ahamiyati.
Falsafiy dunyoqarash o`zgarishida ta`lim-tarbiya jarayonining
ahamiyati. Mustaqillik davrida ijtimoiy fanlarni o`qitish talablarining
o`zgarishi. Jahon falsafasining asosiy yo`nalishlari va g’oyalarini
o`rganish – davr talabi. Falsafiy dunyoqarashning o`zgarishi va yoshlar
kamoloti. Yoshlar ongida yangicha dunyoqarashni shakllantirish
vazifalari.
- 10 -
1- ko`rgazma
2-ko`rgazma
.
Tayanch tushunchalar
Tarixiy rivojlanish, falsafaning asosiy vazifalari, dunyoqarash,
falsafiy tafakkur, dunyoqarashning yangilanishi, tafakkurning o`zgarishi.
Takrorlash uchun savollar
1. Dunyoqarashning o`zgarishi ijtimoiy taraqqiyotga qay darajada
bog’liq?
2. Dunyoqarashning o`zgarishida mamlakat mustaqilligi bosh omil va
zarur sharoit bo`lib xizmat qilishi nimalarda namoyon bo`ladi?
3. Dunyoqarashning o`zgarishi komil insonni voyaga yеtkazishda
qanday o`rin tutadi?
4. Mamlakatimizda falsafiy dunyoqarash qanday asosiy yo`nalishlar
asosida amalga oshmoqda?
Ijtimoiy falsafa
Inson falsafasi
Tarix falsafasi
Huquq falsafasi
Siyosat falsafasi
Din falsafasi
Mafkura falsafasi
San`at falsafasi
Madaniyat falsafasi
Tabiat falsafasi
Do'stlaringiz bilan baham: