“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Richard Brensonning ilhom baxsh etuvchi 33 qoidasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet383/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Richard Brensonning ilhom baxsh etuvchi 33 qoidasi:
1. Ishbilarmon bo‘la turib xato qilmagan bo‘lsangiz, siz ishbilarmon emassiz. 
2. Hayotda faqat o‘lim va soliqlar oldida chorasizmiz. Biznesda esa faqat bir narsaga 
ishonch hosil qilish mumkin: bir kuni barchasi rejadagidek bo‘ladi. 
3. Yoqmagan ishga qo‘l urmang. 
4. Men biznesga doim yoqimli mashg‘ulot sifatida qaraganman va ba’zan ish qayerda 
tugab, shaxsiy hayot qayerda boshlanganini ham sezmay qolaman. 
5. Pul — muvaffaqiyatning yomon ko‘rsatkichi. Undan faqat shon-shuhratgina o‘tishi 
mumkin. 
6. Menga qo‘l uchida xizmat ko‘rsatishsa ham, xursand bo‘laveraman. Yo‘q, men 
noqulaylikni yaxshi ko‘rmayman - shunchaki, eng yaxshi biznes-g‘oyalarim menga 
sifatsiz xizmat ko‘rsatilgandan keyin paydo bo‘lgan. 
7. Birovning fikriga quloq tutish va o‘zimning g‘oyalarimdan-da yaxshi takliflarni qabul 
qilishga tayyorligim 40 yil davomida menga faqat yordam bergan. 


8. Axloq — biznesda quruq so‘z emas. Butun mazmun shunda. 
9. Biznes odamlar hayotini yaxshilash va boyitishga yo‘nalgan, aks holda uni boshlashga 
ham hojat yo‘q. 
10. Kamroq va’da berib, ko‘proq bajargan ma’qul, aksi emas. 
11. Ishbilarmon muvaffaqiyatsizlikni salbiy tajriba deb qabul qilmasligi kerak: bu 
shunchaki qing‘ir yo‘l orqali o‘rgatuvchi soha. 
12. Muvaffaqiyat sizni butun umr boqmaydi. 
13. Men uchun xodim o‘z ish beruvchisi uchun uzr so‘rashidan-da yomonroq holat yo‘q. 
14. Men avvalgidek odamlar bilan yozishishni emas, yuzma-yuz suhbatlashishni afzal 
deb bilaman. 
15. Men butun umrim davomida ish xonasidan imkon qadar uzoqroq yurganman va 
asosan uch joyda ishlaganman: uyda, yaxtada va gamakda. 
16. Dushmanlaringiz bilan do‘st tutining — bu biznes uchun ham, hayot uchun ham 
yaxshi qoida. 
17. Muvaffaqiyat o‘z-o‘zidan kelmaydi: uning ustida ishlash kerak. 
18. Biznesda hayotdagi kabi yaxshilik qilish muhim. 
19. Men baxtli insonman. Tabassumni kanda qilmayman. Men odamlarni, hayotni, hazil-
huzulni yaxshi ko‘raman. Kulgi qalbni yumshatadi, degan gapga qo‘shilaman. 
20. Ishbilarmonlikda konservativ fikrlashga o‘rin yo‘q, zero u sizning qanotingizni 
sindiradi, zaif, dalillarni baholay olmaydigan qilib qo‘yadi va oxir-oqibat "o‘ldiradi". 
21. Ishonchim komil: "mumkin emas" degan sindiruvchi so‘z sizni to‘xtatishiga yo‘l 
qo‘ymaslik kerak. 
22. Men uchun biznesni yo‘lga qo‘yish — faxrlanish, qobiliyatli kishilarni birlashtirish va 
atrofdagilarning hayotini jiddiy o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan soha. 
23. Oldindan o‘ylangan tavakkalga qo‘l urishdan qo‘rqmang. Ba’zan shunisi ham yaxshi. 
24. Yodingizda bo‘lsin: hali hech kim o‘limi oldidan idorada kam vaqt o‘tkazganidan 
afsuslanmagan. 
25. Men hatto uy kiyimida ham ishbilarmon bo‘lishdan to‘xtamayman va albatta, jiddiy 
kostyum kiyganim bilan ishbilarmonlik xislatlarim oshib qolmaydi. 
26. Ishchilaringizga o‘z elektron manzilingiz va telefon raqamingizni ma’lum qiling. Ular 
sizni sababsiz bezovta qilishmaydi, lekin sizning xatti-harakatlaringiz ularga kuchli 
psixologik rag‘bat beradi: ular muammo yechimi sizning ishtirokingizni talab qilsa, 
istagan vaqt sizga murojaat qilishlari mumkinligini bilishadi. 
27. Haqiqiy yetakchilik u yoki bu qaror nima uchun qabul qilinganini aniq va xotirjam 
tushuntirib berishdan iborat. 


28. Qandaydir ish zavq bag‘ishlamay qo‘ysa, men o‘zgarishlar haqida o‘ylay 
boshlayman. Hayot uni norozi kayfiyatda o‘tkazish uchun haddan tashqari qisqadir. 
29. Mening shiorim: quvonib yasha, pul esa keladi. 
30. Hayotda doim nimanidir yutasiz, nimanidir yo‘qotasiz. G‘alabani mamnun va quvnoq 
qarshi ol. Mag‘lubiyat uchun afsuslanma va kayfiyatni tushirma. Hech qachon ortga 
qarama - qaragan bilan o‘tmishni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Biroq men o‘tmishdagi 
xatolarimdan xulosa chiqarib yashashga harakat qilaman. 
31. Agar yangi biznes boshlab, mendan qaysi saboq bilan o‘rtoqlashishim mumkinligi 
haqida so‘rasangiz, shunday deb javob beraman: Har bir shartnomani imzolayotganda 
tartibga rioya qiling. Qizg‘anchiqlik qilmang, lekin g‘alaba sari intiling". 
32. O‘ylashimcha, qulab tushmagunimcha tanlagan yo‘limdan to‘xtamayman. 
33. Hayotda imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligiga ishonchim komil. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish