“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

motivatsiya
ni inson hulq-atvori, uning kelib chiqishi, 
yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar 
yig‘indisi sifatida belgilash mumkin. 
Tashkilotchi psixologlarning ish beruvchilarni motivatsiyalash hamda bandliklarini 
ta’minlashga urinishlarida yordamini ko’rib chiqishdan oldin nega har qanday ishchi yuqori 
standart yoki qiyin maqsadga erishishi mumkinligini batafsil ko’rib chiqamiz. 
O’sish imkoni bo’lgan har qanday ishda muvaffaqiyatga intiluvchi siz bilgan odamni 
eslang. Endi undan kamroq harakat qilayotganni eslang. 
Psixolog Genri Myurrey(1938) birinchi odamning erishuv motivatsiyasini malaka va g’oyalarni 
egallash uchun, boshqaruv uchun, shuningdek tezda yuqori standartga erishish uchun ahamiyatli 
yutuqlarga intilishi sifatida ko’rsatgan. 
Ularning qat’iyligi va real vazifalarni amalga oshirishini kutishingiz mumkin, yuqori 
darajadagi motivatsiyali odamlar ko’p narsaga erishadi. 
Intellekt testi 1foizning yuqorisida bo’lgan 1528ta kaliforniyalik bolalar hayoti davomida 
o’rganilgan. Qirq yil o’tgach tadqiqotchilar ko’proq va kamroq kasbiy muvaffaqiyat 
qozonganlarni solishtirganida motivatsion farqlarni topishdi. O’sha muvaffaqiyatliroqlar 
izzattalab, quvvatga to’la va qat’iyatliroq edi.Bolaligida ularning faol mashg’ulotlari ko’p 
bo’lgan. Ulg’ayganida ko’p guruhlarda qatnashishgan va tomoshabindan ko’ra sport 
musobaqalarining ishtirokchisi bo’lgan ( Golmen,1980). Iqtidorli bolalar qobilyatli 
o’rganuvchilardir. Tajribali kattalar matonatli ijrochilardir. 
O’rta maktab va universitet talabalari birgalikda tadqiq qilinganda o’zlashtiish,davomat 
va obro’ uchun intizomlilik intellektdan ko’ra yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan. Buyumlar, 
g’oyalar va odamlarni egallash, yuqori standartga erishish uchun “Intizom iste’doddan ustun” 
degan xulosaga kelishdi tadqiqotchilar. 
Anjela Dakvort va Martin Seligman nima uchun qiz bolalar ular bilan bir xil iqtidordagi 
o’g’il bolalardan ko’ra maktabda yuqori baho olishini tushuntiradilar(2005,2006). 
Biroq intizom iqtidorni takomillashtiradi. Ularning 20-yillari boshida top-skripkachilar 
o’qituvchi bo’lish niyatidagi boshqa skripkachi talabalardan ikki marta ko’p – 10000soat 
jamg’arishgan(Erikson va b., 2001,2006,2007). Iqtisod bo’yicha Nobel mukofotini olgan 
psixolog Gerbert Saymon(1998)ning tadqiqotlaridan 10yil qoidasi deb nomlangan qoida yuzaga 
keldi: jahon ekpert-klasslari sohasi bo’yicha o’n yildan kam bo’lmagan vaqt ya’ni haftasiga qirq 
soat, yiliga ellik hafta ishlashgan.Katta olimlar, sportchilar va rassomlar o’rganilganida 


aniqlandiki ularning barchasi yuqori motivatsiyaga va shaxsiy intizomga ega, o’z maqsadiga 
erishish uchun kuniga soatlab vaqt sarflashga tayyor ( Blum,1985). Bu yorqin yulduzlar nafaqat 
o’zining noodatiy talanti, balki kundalik intizomi bilan ajralib turgan. Yuqori natija 
gallon(4,5litr) ter bilan bir choy qoshiq ilhomning aralashmasiday tuyuladi.
88
Dakvort va Seligman qayd etganidek, o’ta omadli odamlarni o’zi qatori iqtidorli 
tengdoshlaridan jasorat – uzoq muddatli buyuk maqsadga nisbatan jo’shqin sadoqat ajratib 
turadi. Shunga qaramay intelligent qo’nq’iroqsifat egrilikdek namoyon bo’ladi,balki yutuq emas. 
Bu bizga muvaffaqiyat xom iste’doddan-da ko’p narsani qamrab olishini aytadi. Shuning uchun 
tashkilotchi psixologlar oddiy ishda ishlovchi oddiy odamlani jalb qilish va motivatsiyalash 
yo’llarini qidirmoqdalar. 
Hulq-atvorning paydo bo‘lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo‘nalganlik va ko‘zlangan 
maqsadga erishilgandan so‘ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga moyillik, alohida olingan 
hulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi 
tomonlari motivatsion jihatdan tushuntirishni talab etadi. 
«Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday mohiyatga 
ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi. 
Hulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi mumkin. 
Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang‘ich va yakuniy holatlari sifatida sub’ekt hulq-
atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida – tashqi va faoliyat sharoitlari namoyon bo‘ladi. 
Birinchi vaziyatda 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish