“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Birinchidan
, “kami” faqatgina yapon millati bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlash; 
ikkinchidan

Sintoiylik nuqtai nazaradan agar chet ellik kishi sintoga e’tiqod qilib, “kamiga” ibodat qilsa 
yapon bo‘lmagan kishining bunday qilishi axloqsizlik sanaladi. SHu bilan birga, sintoiylik 
yaponlarni boshqa dinlarga e’tiqod qilishlariga qarshilik qilmaydi. Mana shuning uchun ham 
deyarli barcha yaponlar, sintoiylik bilan bir qatorda, yana boshqa bir dinga e’tiqod qiladilar. 
Agar yaponlarni diniy e’tiqodiga ko‘ra guruhlarga ajratib, umumiy soni hisoblanadigan bo‘lsa, 
ularning soni mamlakat umumiy aholi sonidan ko‘p chiqadi. 
Sintoiylikda har bir ibodatxonaning o‘z xudosi bo‘lib, uning boshqa ibodatxonalarga hech 
qanday aloqasi yo‘q. 
Oddiy yapon kishi uchun uning o‘z ibodatxonasi, unda amalga oshiriladigan marosimlar, 
yilda bir marta bo‘ladigan rangin bayramlar hayotining zaruriy qismi bo‘lib qolgan. Uning ota-
bobolari ham shunday yashaganlar, o‘zi ham undan oshirmasdan shu tarzda yashaydi. 
1868 yilda Meydzi islohotlaridan keyin sintoiylik ruhoniylarini o‘qitadigan ta’lim tizimini 
yaratishga harakat qilingandi. 
Kannusi
deb ataladigan bunday ruhoniylik lavozimi odatda meros 
sifatida o‘tar edi. 1945 yilda konstitutsiya yo‘li bilan din davlatdan ajratildi. 


Ibodatxonada turli ibodatlar amalga oshiriladi. Dindorlar altar oldida turib, maxsus katakli 
qutiga biror tanga tashlaydilar, ta’zim qiladilar, bir necha marta chapak chaladilar va ibodat 
so‘zlarini qaytaradilar. Sinto ibodatxonalarida har xil bayramlar ham tashkil qilinadi. 
Sintoiylikning keng tarqalgan bayramlaridan biri Motsuridir. Bu bayram ba’zi 
ibodatxonalarda yilda bir marta, ba’zilarida esa ikki marta nishonlanadi. Ko‘pincha bu bayram 
dehqonchilik ishlarining boshlanishi, hosil yig‘ib olish, shuningdek, ibodatxona yoki mahalliy 
xudoga bag‘ishlangan sana bilan bog‘liq bo‘ladi. Bayram juda yuqori kayfiyatda o‘tadi. 
Ruhoniylar bayram haqida faqatgina doimiy ibodatga keladigan kishilarni emas, balki atrofdagi 
barcha aholini xabardor qiladilar. Motsuri bayramida juda ko‘p odam to‘planib, ular tantanalar 
va o‘yin-kulguda qatnashadilar. Ayrim ibodatxonalarda Motsuri rang-barang karnaval 
ko‘rinishida o‘tadi. 
Har bir ibodatxonada “sintay” xudosi turadigan “xonden” (muqaddas joy) bor. Xondenning 
yonida “xayden” (ibodat qiluvchilar turadigan joy) bo‘ladi. Ibodatxonalarda xudolar timsoli 
yo‘q. Ammo ba’zi ibodatxonalar sher, ba’zilari tulki, maymun yoki kiyik timsollari bilan 
bezatilgan. Bu hayvonlar muayyan xudolarning elchisi hisoblanadi. Bularning barchasi 
sintoiylikning turli-tuman, o‘ziga xos milliy e’tiqodlar bilan chambarchas bog‘liqligini 
ko‘rsatadi.
Xalq orasida tulki tabiatiga ega bo‘lgan odamlarni sehrgar, folbin, bashoratchilik 
xususiyatiga ega deb hisoblaydilar. Ular tulki timsolidagi xudoga sig‘inadilar. Qadimda yaponlar 
bo‘riga sig‘inishgan. YAqin-yaqinlargacha ular bo‘rini Akami tog‘larining ruhi deb hisoblab 
kelishgan. SHuningdek, yaponlar toshbaqa, ilon, chuvalchang, baliq, ninachi, akula, krab kabi 
ko‘plab turli hayvonlarni muqaddas hisoblab, ularning timsollarini yomon ruhlardan himoya 
qiluvchi, omad-baxt keltiruvchi narsalar sifatida uylari, ibodatxonalariga osib qo‘yadilar. Undan 
tashqari, o‘simliklardan ba’zi daraxt va gullarni, jonsiz narsalardan tog‘, buloq, tosh kabilarni 
ham ilohiylashtiradilar. SHuni ta’kidlash kerakki, ushbu urf-odatlar diniy e’tiqoddan ko‘ra 
ko‘proq xalqning qadimiy tasavvurlari bilan bog‘liq.
Iudaizm
- eng qadimgi dinlardan bo‘lib, eramizdan oldingi XIII asrda yahudiylarning 
milliy dini sifatida vujudga kelgan. Bu din o‘zining asosiy aqidalarini bevosita o‘sha davrda 
mavjud bo‘lgan politeistik dinlardan olgan. Uning paydo bo‘lishi va mustaqil monoteistik din 
sifatida maydonga chiqishi markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy 
bog‘liqdir. 
Hozirgi Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehqonchilik va chorvachnlik bilan 
shug‘ullangan ko‘chmanchi yahudiy qabilalari yashagan. Bu qabilalarda din sifatida aiimizm, 
magiya, fetishizm, sehrgarlik va turli o‘simlik hamda hayvonlarga sig‘inish hukmronlik qilgan. 
YAhudiy qabilalari o‘zlarini muayyan hayvonlarning nomlari bilan ataganlar. Iudaizmning 


"muqaddas'' kitoblar to‘plamida hayvonlarni va o‘simliklarni, tabiatdagi dahshatli, stixiyali 
kuchlarni, arvoxlarni va boshqalarni e’zozlash izlari bor. 
Ruhoniylar iudaizmning obro‘sini ko‘tarish maqsadida yahudiylar "mumtoz xalk.", unga 
dinni xudoning o‘zi ato etgan, degan fikrni ilgari surardilar; hozir ham qisman shunday. Buning 
isboti sifatida ular asrlar davomida jamiyatda sodir bo‘lgan ulkan ijtimoiy o‘zgarishlar iudaizm 
ta’limotiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi, u yagona milliy dinligacha qoldi, shuning uchun 
uning ijtimoiy va gnoseologak ildizlari ham yo‘q, deb jar solmoqdalar. Aslida esa yahudiy 
xalqining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga muvofiq iudaizm, boshka dinlar kabi, shakl va mazmunini 
bir necha bor o‘zgartirgan. 
Iudaizm politeizmdan monoteizmga o‘tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan 
kechirgan. Bu jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga o‘tguncha bo‘lgan davrni 
o‘z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalarn ko‘p xudolarga e’tiqod qilganlar. 
Har bir qabilaning, har bir urug‘, hatto shaharning o‘z xudosi bo‘lgan, shuningdek moddiy olam 
hodisalarining har bir guruhi alohida xudoning nomi bilan bog‘langan. "Sening shaharlaring 
qancha bo‘lsa, xudolarning shahri ham shunchadir", deyiladi Tavrot yozuvlarida. Iudaizmda 
mahalliy avliyolar xisoblanmish Iso (Iisus), Ravin, Ibrohim (Avraam), Ishoq (Isaak) YOqub 
(Iakov), YUsuf (Iosif) va boshqalar. Bular boshqa dinlarda ham payg‘ambar deb tan olingan. 
Eramizdan avvalgi X asrda iudaizm yahudiy qabilalari o‘rtasida sinfiy tabaqalanish ro‘y 
berishi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida mavjud qabilaviy dinlar 
asosida shakllangan. 
Ammo tarixiy fenomen sifatida iudaizmning rivojlanishi qabilalar o‘rtasidagi munosabatlar 
taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq edi. CHunki qabilaviy xudolar evolyusiyasi natijasida yagona 
xudo yuzaga kela boshlagan edi. Bu jarayon o‘sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga 
asoslanishi muqarrar edi. Rivojlanishning muayyan davrida eng kuchli qabilalar xudosi boshqa 
qabila xudolaridan yuqori turuvchi bosh xudo hisoblana boshlagandi. Falastindagi Ruvim, 
Simon, Levin va Iuda singari eng mashhur qabilalar obro‘si ko‘tarila boshlagan. Bularning 
orasida Iuda qabilasi kuchli hisoblanib, obro‘si juda oshib ketgan, uning xudosi YAxve esa 
barcha xudolardan yukori turuvchi yakka hukmron xudo sifatida qabul qilingan. Bunga qadar 
politeizmda YAxve tog‘-tosh, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi sifatida tasvirlangan. 
quldorlik davlatining barpo etilishi va rivojlanishi yahudiy qabilalarini yaqinlashishi va 
birlashishiga olib kelgan. YAhudiy davlati vujudga kelishi bilan yahudiy qabilalari o‘zlarini erda 
hukmdor deyish bilan cheklanmasdan, yagona xudoni ham osmon hukmdori sifatida tan 
olishgan. 
SHu tariqa YAxvedan boshqa xudolarga e’tiqod qilishga barham berilgan. Ilgarigi qabila 
xudolaridan biri bo‘lgan YAxve yakka deb e’tirof etilgan. qudus (Ierusalim) shahrida markaziy 


ibodatxona qurilgan va yahudiy milliy-davlat dini vujudga kelgan. YAhudiylik monoteizm sinfiy 
munosabatlar bilan bevosita bog‘liq ravishda yuzaga kelganligi uchun jamiyat hayotidagi 
tengsizlikni oqlagan. 
Iudaizm milliy-davlat dini sifatida podsho himoyasidagi ruhoniylar mavqeini 
mustaqkamlagan, hamda podshoning g‘oyaviy himoyachisiga aylanganlar. YAhudiy ruhoniylari, 
kohinlar politeistik dinlardagi aqida, rivoyat, mifologik qarashlarni, urf-odat, marosimlarni 
hukmron sinf manfaatlarini ko‘zlab, yangi monoteistik din talablariga moslab qayta ishlash 
orqali iudaizmning asosiy aqidaviy ta’limotlarini o‘zida aks ettiruvchi muqaddas kitoblarni 
yaratdilar. 
SHunday qilib, iudaizmning rivojlanishi va bu din ta’limotining vujudga kelishi uzoq 
davrlarni o‘z ichiga olgan. SHulardan dastlabkisi Bibliya davri, deyiladi. Bibliya tekstlari bir 
necha yuz yillar davomida yuzaga kelgan. U ikki qismdan - qadimiy axdnoma (Vetxiy zavet) va 
YAngi axdnoma (Novy zavet) dan iborat. Iudaizm ruhoniylari YAngi axdnoma tannax deb 
ataydilar. Iudaizm tarafdorlarining fikricha, tannaxni xudo - YAxve "mukaddas yozuvlar" 
sifatida yahudiylarga yuborgan. Aslida esa YAngi axdning mualliflari uni yozishda qadimgi 
SHarq xalqlarining turli diniy e’tiqod va tasavvurlari, tarixiy hikoyalar va afsonalar, mif va 
diniy-falsafiy qarashlar, muhabbat kissalari va boshqa shunga o‘xshash manbalardan 
foydalanganlar. 
Quldorlik tuzumi davrida iudaistlar davlati Assiriya, Vaviloniya va yunonlar tomonidan bir 
necha bor bosib olinishi tufayli yahudiylar Falastinni tashlab ketishga majbur bo‘ldilar. 
Eramizning 70-yillarida rimliklar yahudiylarning diniy markazi Kuddus sharif ibodatxonasini 
buzib tashladilar. O‘z ibodatxonasidan mahrum bo‘lgan yahudiylar turli joylarda mahalliy 
yig‘ilishlar - sinagoglar
70
tashkil etdilar. 
YAhudiy diniy yozuvlari asosan 2 qismdan: Tavrot va Talmuddan iborat. YAhudiy dinida 
muqaddas hisoblangan Tavrot eramizdan ilgarigi ming yillik ichida shakllangan 5 ta kitobdan 
iborat. Tavrotni sharxlash natijasida avvalo Mishna, so‘ng Gemara paydo bo‘lgan. Ularni 
qo‘shishdan vujudga kelgan risolalar to‘plami Talmud deb atalgan. U yaxudiy jamoalarida diniy 
urf-odat, marosim me’yorlari, ijozatlar, taqiqlar, fukarolik munosabatlari, oilaviy hayot va 
boshqalarga oid ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan. 
YAhudiy dinidagi asosiy aqida yakka xudo - YAxvega e’tiqod qilishdir. Diniy aqidalardan 
birida zamona oxir bo‘lgach, YAxve o‘z elchisi Mahdiy (Messiya) ni yuborib, "mumtoz xalq" ni 
dunyoga hukmron qilarmish. Iudaizmda maxdiylik g‘oyalariga keng o‘rin berilgan. Muso 
70
Кейинчалик синагога (грекча 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish