“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Hinduiylik (Induizm)
murakkab din bo‘lib, u ijtimoiy tashkilot, turli dinlar qorishmasidir. 
U kastachilik asosiga qurilgan. Braxmanlik bilan buddaviylik o‘rtasida kasta ta’limoti bo‘yicha 
kurashni ifodalovchi hinduiylik dini shakllandi. Bu dinga Hindiston aholisining 83% e’tiqod 
qilib, uning asosiy sharti Hindistondagi kasta tizimini qabul qilishdir. Hinduiylikda besh qoida 
va aqida tan olingan.
1.
Vedalarning muqaddasligi; 
2.
Guru (pir, ustoz) ning tan olinishi; 
3.
Muqaddas joylarga ziyoratga borish; 


4.
Sanskrit muqaddas til ekanligi; 
5.
Sigirning muqaddas ekanligi tan olingan. 
Hinduiylikda braxmanlar asosiy o‘rin egallab, kengroq “Mahobxorat” muqaddas yozuvlar 
qatoriga qo‘shilgan. Braxmanlar eski aqidalar zamon talabiga javob bermasligini ko‘rgach, yangi 
qonun-qoidalarga xos turli oqimlarni yuzaga keltirib, buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar. 
Hinduiylik braxmanlikdan farq qilib unda “Mahobxorat” va boshqa she’riy matnlar sanskrit 
tilidan zamonaviy hind tiliga tarjima qilinib, asl matni bilan bir xil hisoblangan. Hinduiylikda 
braxmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan yoki ayollardan bo‘lishi 
mumkin.
Hinduiylikda trimurti (uchlik) – Braxma, Vishnu, SHiva xudolari asosiy bo‘lib, Braxma 
ularning eng kattasi, dunyoni yaratgan xudosi. SHunga qaramay, hinduiylikda asosan Vishnu va 
SHivaga topinadilar. Hinduiylik ikki asosiy oqimga bo‘linadi: 
1.
SHivaga sig‘inuvchilar oqimi. 
2.
Vishnuga sig‘inuvchilar oqimi. 
SHiva 
–kambag‘allar xudosidir. U Rigvedaning birinchi nusxalarida Pudra nomi bilan zikr 
etilgan. U Ishana, SHivara, Maxadeva (Buyuk xudo) nomlari bilan ham ataladi. SHivaizm 
Hindistonda 13 ga yaqin asosiy oqimlari mavjud. Bu oqimlar tridandina, smart, dandi, 
lingachilar, yoglar maktra, shakta va boshqa oqimlar bo‘lib, xalq orasida SHivaning bir ming 
sakkizta nomi mavjud.
Vishnu
. Hozir Hindistonda birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi ilohdir. Rigvedada u 
quyosh xudosi – birinchi darajali xudo hisoblanib, ibodat paytida uni Savitar Roxita, Surya, 
Audita nomlari bilan ataydilar. U “Krishna bilan qo‘shilib yarim inson, yarim xudo shaklidagi 
qahramon deb tan olinadi”.
“Mahobxorat” va “Ramayana” dostonlarida “Avatara” – insonning Vishnuga qo‘shilib 
ketishi haqida so‘z yuritiladi. Vishnu ba’zida to‘rtqo‘lli qilib tasvirlanadi. Vishnu hech qachon 
inson va hayvonni qurbonlik qilishlarini talab qilmagan.
Krishna murakkab obraz bo‘lib u haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq, osmon, quyosh 
bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, engilmas qahramon sifatida ta’riflanadi.
Vishnuizm bayramlari turli-tuman bo‘lib, ular bir necha kunlarga cho‘zilib ketadi. Ular 
duolar o‘qish, ta’zim bajo keltirish, ommaviy diniy marosimlarda qatnashish, hadya, 
qurbonliklar atash, ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi hovuzlarda cho‘milish kabilar bo‘lgan. 
Bu marosimlar faqat ruhoniylar boshchiligida bajariladi. Sigir muqaddas hayvon hisoblanganligi 
uchun u xudolar qatorida e’zozlanadi. U keyinchalik “tirik but”ga aylanib, SHivaning ma’budlik 
o‘rnini to‘ldirdi. Vishnuizmda muqaddas hayvon maymun bo‘lib Rigvedada “Vrishakani (erkak 
maymun) timsolida Xanumanning timsolini ko‘rishimiz mumkin”,-degan rivoyat keltirilgan. 


Maymun Ram (Ramayana dostonidagi odam-xudo) ning ittifoqchisi maymun –xudo 
Xanumanning vakili sifatida ulug‘lanadi.
Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb e’tiqod 
qilinadi. Hinduiylikning aqidaviy, marosimiy, ramziy sohalaridagi tizimi murakkablashib ketadi. 
Xalq ommasi doirasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga sig‘inish davom etmoqda. 
Hinduiylik eramizdan oldingi dinlar - braxmanizm va vedaizmning evolyusiyasi natijasida 
eramizning birinchi ming yilligi o‘rtalarnga kelib shakllangan. SHu davrdan boshlab hinduizm 
hukmron dinga aylangan. Hinduizm sinkretik din bo‘lib, turli e’tiqodlar, urf-odat va marosimlar, 
mahalliy diniy e’tiqod va qarashlarning murakkab kompleksi sifatida voke bo‘lib, urug‘-qabila 
dinlari elementlarini, braxmanizm, buddizm va jaynizmning asosiy goyalarini qamrab algan. 
Hinduizm o‘zining yagona tashkilotiga ega emas. 
Hinduizm insonning tug‘ilganadan to vafot etishigacha bo‘lgan huquq va vazifalarini 
belgalab va cheklab qo‘yadi. SHuning uchun unda marosimchilikka keng o‘rin berilgan. 
Hinduizm kishilarning ijtimoiy tengsizligani oklaydi va abadiylashtiradi, ruhning bo‘lmasligi va 
ko‘chib aylanib yurishi (sansara ta’limoti), qayta tug‘ilishi (karma ta’limoti), gunoh ishlar uchun 
javob berishi, jannat va do‘zax kabi aqidalarni o‘z ichiga oladi. 
Hinduizm politeistik din bo‘lib, unda ko‘p xudolilik elementlari saqdangan. Hinduizm 
ta’limotida xudoning uch xil ko‘rinishda tasavvur etilishi (trimurti) eng oliy, ilohiy, yakka 
xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu xristianlikdagi uch yuzli xudoga o‘xshaydi. 
Hinduizm ta’limoticha, olam paydo bo‘lib, emirilib, yo‘q bo‘lib turadi, ya’ni olamning 
yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir davr olamning yuksak 
rivojlangan cho‘qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan tugaydi, insonlar gunohga 
botib ketgach, olam yo‘qoladi. 
Hinduizm jamiyatning tabaqalarga bo‘linishini aks ettiruvchi savob va jazo (karma) 
g‘oyasiga asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da’vo kilinadi: 1) dxarma - oila va 
jamiyatda diniy talablarni bajarish: 2) artxa - foydali ishlar qilish, zarur materiallarga ega bo‘lish; 
3) kama - muhabbat tuyg‘ulariga erishish, his-tuyg‘ularni qondirish; 4) moksha - o‘zgarish 
zanjiridan butunlay xalos bo‘lish. 
Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari o‘z xudolariga bag‘ishlab minglab katta-
kichik ibodatxonalar kurganlar. Bu dinga e’tiqod kiluvchilar "muqaddas joylar", daryolar va 
boshqa har xil narsalarga sig‘inadilar. Hind xalqi orasida yovuz ruhlarga e’tiqod qilish keng 
tarqalgan. Ular turli hayvonlar - ho‘kiz, sigar, maymun va ilon kabilarga ham sig‘inadilar, ularni 
muqaddaslashtiradilar. Masalan, hinduizm tarafdorlari sigirni sahiylik manbai va go‘zal ayol 
timsoln deb hisoblaydilar. Ruhoniylar sigirlarni so‘ymaslik va go‘shtini emaslikni targ‘ib 


kiladilar. Ammo hinduizm sigar sutini ichishni va undan xo‘jalikda ish hayvoni sifatida 
foydalanishni ta’qiqlamaydi. 
Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga e’tiqod 
qiluvchilar Banoras shahrini ham mukaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga ko‘ra, go‘yo Gang daresi 
qirgog‘ida kishi hayotdan ko‘z yumsa, narigi dunyodagi hayoti ancha engillashar, jannatga yo‘l 
olar degan diniy fikr bor. 
Hinduizmning xarakterli xususiyatlari, yuqorida qayd kilingandek, jamiyatdagi kishilarni 
tabaqalarga - kastalarga
67 
ajratishdir. Hozirgi paytda kishilarni tabaqalarga bo‘lish taqiqlangan. 
Ammo tabaqalarga bo‘linish minglab yillar davom etganligi va kishilarning ongiga chuqur singib 
ketganligi uchun bu masalada muayyan qiyinchiliklar yuz bermoqda. Hinduizmning "muqaddas" 
yozuvlariga Veda
68
,
Upanishadlar
69
kiradi. Keyinchalik "Maxabxarata" va "Ramayana" dostoniga o‘xshash, 
diniy marosimlar va urf-odatlar singdirilgan har xil afsona, rivoyat, hikmatli so‘zlar, epik 
dostonlar paydo bo‘la boshladi. 
XIX asrning boshlarida hinduizm milliy-ozodlik harakati g‘oyalariga katta ijobiy ta’sir 
ko‘rsatdi. SHu bilan hinduizmda shovinistik diniy e’tiqodlarni targ‘ib qilgan bir qator oqimlar 
ham paydo bo‘lgan. 
Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, SHri Lanka, Bangladesh, Gavana 
va hindlar yashaydigan boshka hududlarda tarqalgan. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish