“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi. Go‘zallik va uning



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi. Go‘zallik va uning 
muqobillari 
Estetika falsafiy fanlardan biri sifatida o‘z kategoriyalarini ishlab chiqqan bo‘lib, ulardan 
asosiylari – go‘zallik, ulug‘vorlik, fojialilik, kulgililikdir. Estetika fanining barcha muammolari 
aslida go‘zallik muammosi bilan muayyan darajada bog‘liqdir. Go‘zallik nafosat olamining 
mag‘zi, asosiy belgisi, bosh xossasi, asosiy mohiyatini tashkil qiladi. Har qanday estetik 
muammoning echimini topganimiz sari go‘zallik yanada yorqin namoyon bo‘lib boradi. Estetik 
munosabatlarni estetik ob’ekt va estetik sub’ekt tabiatini in’ikos etish bilan birga go‘zallikning u 
yoki bu tomonlari ham mushohada etiladi. 
Go‘zallik
– bu asosiy estetik qadriyat bo‘lib, uni idrok 
etish qobiliyati esa estetik sub’ektning asosiy xossasidir. Bu xususiyat estetik ong va uning 
asosiy qismlariga ham taalluqlidir. 


Estetik his-tuyg‘u,
eng avvalo go‘zallikni his etish jarayonini anglatadi. 
Estetik orzu
esa 
go‘zallikni inson xohlagan u yoki bu tasavvurlar tarzida ifodalaydi. 
Estetik did
bo‘lsa ko‘p 
jihatdan shaxs va jamiyat nimani go‘zallik sifatida, nimani xunuklik sifatida idrok etishida 
namoyon bo‘ladi. 
Estetik qarashlar
go‘zallikning tabiati va mohiyati haqidagi fikrlarni anglatadi. 
a) Mutafakkirlarning aytishlariga qaraganda, go‘zallik haqida fikr yuritish va uni bayon 
qilish nihoyatda murakkab va mashaqqatli jarayondir. Go‘zal, ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otadigan 
narsani ko‘rsatish oson. Lekin o‘sha narsa nima uchun go‘zal ekanligini tushuntirib berish qiyin. 
Go‘zallikning tabiati va mohiyati haqida juda ko‘p fikr-mulo-hazalarning mavjudligi uning 
murakkabligi, ko‘p qirraligidadir. Ilmiy tushunchalar tizimida ham go‘zallik muammosini 
tushuntirish ancha qiyin. SHuning uchun go‘zallik muammosiga falsafiy yondoshish zarur. 
Qadimgi yunon faylasufi Platon bu muammoni ilk bor «Nima go‘zal?» va «Go‘zallik 
nima?» degan savollarga ajratish bilan tarixga go‘zallik haqidagi falsafiy ta’limotning asoschisi 
bo‘lib kirgan edi. Go‘zallikni u jonli, hissiyotli, o‘zgaruvchan narsalar olamidan ajralib qolgan 
abadiy ruh - g‘oya sifatida ta’riflaydi.
Go‘zallik tuyg‘udan yuqoriroq tabiatga ega bo‘lgani uchun uni faqat aql vositasida 
anglash mumkin. Go‘zallik haqidagi bu «Platon yo‘nalishi» F.Akvinskiy, Gegel ijodida davom 
ettirildi. Gegel fikricha, mutlaq ruh–g‘oya go‘zallikning namoyon bo‘lishidir, san’at 
go‘zallikning asl makonidir, go‘zallik bu aniq turdagi hodisalar kamolotining namunasidir, ya’ni 
go‘zallik mukammallik va kamolot bilan bog‘liqdir. “SHunday narsa go‘zalki, agar undagi 
tug‘ma belgilar to‘la tarzda namoyon bo‘lsa, shunday inson go‘zalki, agar unda yaxshi insoniy 
fazilatlar va sifatlar mujassamlashgan tarzda ko‘rinsa”. Ingliz faylasufi D. YUm fikricha, 
go‘zallik narsalar sifatini bildirmaydi, balki narsalarni mushohada qilayotgan inson ruhi 
darajasida amal qiladi; ya’ni har bir inson ruhi o‘zi belgilagan, tanigan, anglagan go‘zallikni 
ko‘radi. Bu ta’limotlarda go‘zallikning ma’naviy mazmundorligi masalalari aks etadi. 
Ikkinchi yo‘nalish: Qadimgi yunon mutafakkiri Aristoteldan boshlanadi. Aristotel 
go‘zallikni real voqelik in’ikosi sifatida talqin etadi. U go‘zallikni moddiy olamning moslik, 
aniqlik, hamohanglik, mezon-o‘lchovlik kabi miqdoriy va makonli tavsiflari bilan bog‘lab 
mushohada qiladi. 
Aristotel fikriga ko‘ra, go‘zallik zaminida inson va narsalarning bir-biriga muvofiqligi, 
loyiqligi, mosligi aqidasi yotadi. O‘zining mazkur g‘oyasini asoslash uchun u «o‘ta kichik narsa 
go‘zal bo‘la olmas edi, chunki oz vaqt ichidagi tasavvur qorishib ketadi, o‘ta ulkan narsa go‘zal 
bo‘la olmas edi, chunki uni idrok etish birdaniga sodir bo‘lmay, uning birligi va yaxlitligi 
yo‘qolib ketadi», - deb uqtiradi. Go‘zallik muayyan mezon – o‘lchov ko‘rinishdagina namoyon 
bo‘ladi. Uning fikricha, go‘zallik sifatiga nafaqat tabiat hodisalari, balki adolat, mardlik, sahovat, 
donishmandlik kabi yaxshi insoniy fazilatlar ham kiradi. 


Uyg‘onish va ma’rifatparvarlik davri estetik qarashlarida go‘zallikning tabiiy qonunlarini 
ishlab chiqish, ularni san’at sohasiga ham tadbiq etishga urinishlar bo‘lgan. Masalan, Didro 
go‘zallikning ichki mazmundorligi, san’at asarlariga nisbatan ifoda kuchi haqida fikr yuritib, 
go‘zallik bilan go‘zallikni baholash o‘rtasida sub’ektiv omil muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish