TRANSPLANTATSIYA
Transplantatsiya–odam va xayvonlarda potologik jarayon
natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan to‘qimalar va organlar o‘rniga sog‘lomini ko‘chirib
o‘tkazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan ma’lum. Teri, muskul, nervla , ko‘zning muguz
pardasi , yog‘, va suyak to‘qimasi , yurak , buyrak va boshqa organlar ko‘chirib o‘tkaziladi. Qon
quyish-transplantatsiyaning alohida turidir. Ko‘chirib o‘tkaziladigan to‘qima yoki organ kimdan
olinganiga qarab quyidagicha farqlanadi.
Ksenotransplantatsiya:
Ksenotransplantatsiya Transpantalogiya- yashashga umid qolmagan, dori darmonlar
foyda bermagan insonlarning so‘ngi chorasi va yashash uchun so‘nggi umidi bo‘lib qolmoqda.
Lekin ushbu muammo bugungi kunda ko‘pgina jinoiy holatlarga ya’ni, inson organlarini sotish
jarayonlariga olib kelmoqda. Ushbu muammolarni echimining bugungi kundagi yangi yo‘llardan
biri hioblangan, insonga xayvonning organi yoki to‘qimasini ko‘chirib o‘tish – ya’ni
ksenotransplantatsiyadir.
ABORT
Amaliy etikaning anchadan buyon ko‘pchilikka ma’lum muammosi, bu – abort.
To‘rtinchi haftaning oxirida homilada dastlabki yurak urishi paydo bo‘ladi . Sakkizinchi
haftaning oxirida esa miya tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish mumkin. Demak , har
qanday abort, xalq ta’biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni tiriklikka bo‘lgan
huquqdan mahrum etishdir. Xo‘sh, abortni axloqsizlik tarzida baholash kerakmi yo yo‘qmi ?
O‘lim jazosi:
O‘lim jazosi O‘lim, ma’lumki, axloqiy nuqtai nazardan eng ulkan yovuzlik hisoblanadi.
Ayniqsa majburiy o‘lim. SHunga ko‘ra, o‘lim jazosining huquqiy jihatdan qo‘llanilishi
mohiyatan jamiyat tomonidan yovuzlikka qarshi yovuzlik bilan javob berishdir. Payg‘ambarimiz
Muhammad alayhissalom islom dinining uch asosi borligini aytib, ularning birinchisi odam
o‘ldirmaslik ekanini ta’kidlaydilar. Buni imom G‘azzoliy «Mukoshafaat ul – qulub»da shunday
keltiradi: «Termiziy va boshqa hadischilar rivoyat qiladilar: Rasulluloh buyurdilarki: …
Islomning uch dasturi bor. Dinning tamoyili shular ustiga qurilgan. Kim shu asoslardan tashqari
chiqsa, bu bilan u kofirlikka qarab ketgan bo‘ladi: 1 – Qonni (odam o‘ldirishni) halol hisoblasa;
2 – Ollohdan boshqa iloh yo‘qligiga guvohlik (shahodat) bermasa; 3 – Farz bo‘lgan namozni va
ro‘zani inkor etsa».
Adabiyotlar:
44.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:“O’zbekiston”, 2021
45.
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-
sonli Farmoni.
46.
Mirziyoyev Sh.M. Янги Ўзбекистон стратегияси– Toshkent: “O’zbekiston” NMIU,
2021 yil
47.
Davronov Z., Shermuhamedova N, Qahharova M, Nurmatova M, Husanov B,
Sultonova A. Falsafa. Darslik,-Toshkent: TMU, 2021 yil, 2-nashr.
48.
Falsafa. Axmedova M. Tahriri ostida. Darslik – T.: O’FMJ, 2006. 339 b
49.
Falsafa asoslari. O’quv qo’lanma. Q. Nazarov va boshqalar.- T.: O’FMJ, 2018.
Do'stlaringiz bilan baham: |