etishga yo‘l ochadi, tabiat, jamiyat va tafakkurdagi real jarayonlarni ular amalda qanday bo‘lsa,
shunday aks ettiradi. Dialektika narsalar va hodisalarni o‘rganishga ularning vujudga kelishi,
harakati va rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashadi, shu sababli u ob’ektiv jarayonlarni
konkret, har tomonlama o‘rganishga yo‘l ko‘rsatadi.Dialektika bilan bir qatorda rivojlanishning
metafizik konsepsiyasi,
sofistika, eklektika, ekzistensial dialektika, sinergetika va boshqa
konsepsiyalar mavjud.
5.Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi.
Kategoriya nima? Bu savolga javob berish
uchun biz qanday fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga
qanday etkazishimizni
ko‘rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar ko‘rinishida fikrlaymiz.
Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo‘lib, predmetlar umumiy va muhim
belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqea va hodisalar ma’nosini
anglaymiz, ularning o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh
so‘zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson
ixtiyorida mavjud bo‘lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni so‘zlar
yordamida ifodalaymiz.
So‘z –fikr va dunyo o‘rtasidagi vositachi
. U fikrlash omili, fikrni
ifodalash, uni boshqalarga etkazish vositasi hisoblanadi. So‘z boyligimiz qancha katta bo‘lsa,
bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. Ob’ektiv borliqni
aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini,
tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi.
Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda
narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan
ifodalanadi
. Masalan, «talaba», «universitet», «auditoriya» so‘zlari
muayyan darajada umumiy
va mavhumdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki
o‘ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi
mavhumlashtirish
(muayyandan
uzoqlashish)
mahsuli
hisoblanadi.
Mana
bunday
mavhumlashtirishning taxminiy yo‘li: «bu atirgul» («bu» so‘zi bilan aniq belgilangan); «atirgul»
(bu erda «bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul» so‘zi «bu atirgul» iborasidagidan
umumiyroq narsani qayd etadi. SHundan so‘ng bu iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda
mavjud barcha gullarni qamrab oladi. SHunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan
fikran uzoqlashamiz, chunki e’tibor barcha gullarda mavjud bo‘lgan umumiy jihatga qaratiladi.
«O‘simlik» so‘zi butun o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga oladi va yanada kengroq mavhumlik
hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo‘lida harakatni davom ettiramiz. Bu
yo‘lda «tirik» tushunchasi yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas,
balki hayvonot dunyosini ham o‘z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning
yanada yuqoriroq darajasida turadi. Bunday tushunchalar – kategoriyalar (yunon. –«asos»,
«umumiy baho») deb ataladi. Fikr bizning dunyo bilan o‘zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu
darajada umumlashtiradi. Dunyo o‘z xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-barangligi
jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz o‘zimiz yashayotgan dunyodan
qashshoqroqdir.
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqa
lari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir
.
Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan
iboratki, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va
aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va
aloqalarni aks ettiradi. Shunday qilib, dialektika kategoriyalari ob’ektiv
dunyoni ideal aks
ettirishning o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqelikni bilish va ma’naviy-amaliy o‘zgartirishning
asosiy tamoyillari bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zi hollarda,
umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq
kategoriyalari
dialektika kategoriyalari deb ham nomlanadi.
Dialektika kategoriyalarini ikki
turga
ajratish mumkin: substansion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar
.
Substansion kategoriya lar – bu boshqa kategoriyalardan qat’i nazar,
alohida-alohida
qo‘llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq»,«materiya», «harakat»,
«rivojlanish», «makon», «vaqt», «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular ob’ektiv voqelikning
muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan
aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi.
Munosabatdosh kategoriyalar
biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish
jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi
;
ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda, boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: