Xodimlar bilan muloqotda bo`lishga to`g`ri kelganda, u doimo xushmuomala bo`lib, odob-
axloq normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachon ular bilan tortishmaydi.
Olimlarning fikricha, bunday rahbar ishi olib borgan jamoada barcha ko`rsatkichlar doimo
orqada bo`ladi. Liberal rahbar bir ishda ko`p faoliyat ko`rsatmay, boshqa yerdan ish qidirishga
harakat qiladi.
Ushbu usullarning har biri o`z natijasiga ega bo`lib, jamoada turli xil ijtimoiy-psixologik
kayfiyatni vujudga keltirishi mumkin.
Tadqiqotlar natijasi shuni ko`rsatadiki, aslida hayotda sof demokratik
yoki sof avtoritar
rahbarni uchratish qiyin. Lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani uzoq muddat boshqara
olmasliklari ma’lum bo`ldi. Shuning uchun ham ular vaziyatga bog`liq, vaziyat konkret jamoa
unda qabul qilingan xatti-harakat normalari, shaxslararo munosabatlar tipi liderning ham,
rahbarning ham ish taktikasi va uslubini belgilaydi degan g`oya qabul qilinmoqda. Lekin bu
rahbarlik uslublarini psixologik
mazmun va mohiyatini, bilishning amaliy ahamiyati shundaki,
har bir uslubda o`ziga xos ijobiy tomoni bor. Mohir rahbar o`zini-o`zi tarbiyalar ekan, o`zi
rahbarlik qilayotgan jamoaga mos xususiyatlarni tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir.
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki ayrim hollarda
xato qilsa ham rahbar original fikrlar aytib, yo`l-yo`riqlar ko`rsata olishi, har bir ko`rsatilgan fikr,
qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Har qanday rahbar uchun kerak bo`lgan hislatdan
yana biri tom ma’noda «ziyoli» bo`lish
yoki boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo`lishdir.
Rahbar o`zidagi madaniyatni, avvalo, muomalada, odamlar bilan bo`ladigan muloqotlarda
namoyish qilmog`i kerak. Muomala madaniyati – bu o`rinli, aniq, qisqa, samimiy gapirish
madaniyati va ikkinchi tomondan, suxbatdoshni tinglash qobiliyatidir.
Rahbarlik va boshqarish ikki tarzdagi ijtimoiy hodisalardir.
95-rasm
Rahbarlik mavqe sifatida shaxsda egalik xususiyatini shakllantiradi. Bunda egalik o`z
xulqi, xatti-harakatlari va muomala munosabatlariga nisbatan egalik hissini vujudga keltiradi.
Boshqarish esa bevosita jamoaga qaratilgan bo`lib, uning psixologik natijasi o`zlikka
nisbatan
hurmat, o`zligini qadrlash, anglash kabilarni vujudga keltiradi. Rahbar doim o`z xodimlari bilan
mulokotda bo`ladi. Bu esa uni muloqot qilish ko`nikmalarini shakllangan bo`lishini talab qiladi.
Muloqot asosida ishni turli xil tarzda tashkillashtiradi. Jumladan, ishni byurokratik, demokratik
tarzda tashkillashtirishi mumkin. Xuddi mana shu muloqot shakliga ko`ra jamoada ijtimoiy fikr
vujudga keladi.
Rahbar o`zini-o`zi tarbiyalash, o`zini-o`zi kamol to’tirish mustaqil bilim olish ma’naviy
dunyosini uzluksiz ravishda takomillashtirish ustida harakat qilsa, demak uning istiqboli porloq.
Lekin uning faoliyatini nazorat qilmaslik, baholamaslik, rag`batlantirmaslik kabi omillar o`z
ustida ishlashni pasaytiradi, lavozimiga nisbatan sovuqqonlik namoyon bo`ladi.
Shu sohada
tizimda faoliyat ko`rsatayotgan hamkasblarining maslahatlari ishga munosabatlari uni
susaytiradi, asta-sekin faollik yo`qola boradi. Ishlab chiqarishda har xil xususiyatli muammolar
tinimsiz ravishda namoyon bo`lib turadi. Notanish yangi nostandart yondashishni taqozo etuvchi,
yangicha yechimni talab qiluvchi, ijodiylikka asoslanuvchi vositalar bilan qurollanish rahbarning
bosh vazifasi hisoblanadi.
Rahbarning professional muhim sifatlari masalasi oxirgi yillarda mutaxasislar va
amaliyotchilarni ko`proq qiziqtirmoqda. Bir guruh olimlar amerikalik hamda yaponiyalik
rahbarlar faoliyatini o`rganib, ularga xos bo`lgan eng muhim sifatlarning bloklarini ajratib,
rahbarlarning sifatlarini quyidagicha tabaqalaganlar:
Do'stlaringiz bilan baham: