“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Faoliyatning tuzilishi va turlari



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

 
2.Faoliyatning tuzilishi va turlari. 
ega. Perseptiv vazifaga yana bir misol sifatida aniqlash jarayonini keltirish mumkin. Bunday 
vazifalarni kundalik hayotimizda muntazam holatda ko‘z bilan chamalash masalalarini hal 
etishda, chehralarni, ovozlarni tanib olishda va h.k.da bajarishga to‘g‘ri keladi. Barcha 
vazifalarni hal etish uchun har biriga mos ravishda farqlash, aniqlash, o‘lchash, tanish va boshqa 
harakatlar ko‘rinishidagi perseptiv harakatlar amalga oshiriladi. 
Psixik jarayonlar (idrok, diqqat, xotira, tafakkur va h.k.)ni faoliyat nazariyasi nuqtai 
nazaridan faoliyatning alohida shakli sifatida o‘rganib, ma’lum axborotlar – faoliyatning 
umumiy tuzilishi, darajalari, kechish shakllari va h.k.ni qo‘llash mumkin va zarurdir. 
Har 
qanday 
faoliyat 
real 
shart-
sharoitlarda, 
turli 
usullarda 
va 
turlicha 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har 
bir harakat ma’lum narsaga - predmetga 
qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli 
harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan 
bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o‘zgarishlar qilish orqali, bilimlar 
zahirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning 
aynan 
nimalarga
yunaltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. 
Tashqi 
faoliyat
shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o‘zgartirishga 
qaratilgan faoliyat bo‘lsa, 
ichki faoliyat
- birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik 
jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki - aqliy, psixik 
faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro‘y beradi, 
tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. 
Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni qattiq tovush bilan tashqi 
nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o‘zicha gapirishga o‘rganib, o‘ylaydigan, mulohaza 
yuritadigan, o‘z oldiga maqsad va rejalar qo‘yadigan bo‘lib boradi. 
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi - 
muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida 
ham aqliy, ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo‘ladi. Masalan, fikrlayotgan 
donishmandni kuzatganmisiz? Agar o‘ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi 
etakchi faoliyat aqliy bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari, hattoki, tana va qo‘l harakatlari 
juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to‘xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, 
undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni 


amalga oshirayotgan - misol uchun, uzum ko‘chatini ortiqcha barglardan halos etayotgan 
bog‘bon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun 
ortiqcha ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi. 
Aqliy harakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga 
oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday 
harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi 
ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: 


Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish