maqsadga muvofiq, zero mahobat ulug‘vorlik ifoda topgan hajmdir. Me’morlikning san’at
sifatidagi estetik mohiyati uning kulgililik xususiyatini inkor qilishi va ulug‘vorlik xususiyatini
barqaror etishi bilan bog‘liq, hech bir san’at turida ulug‘vorlik bu qadar o‘zini yaqqol namoyon
qilmaydi.
Ko‘rgazmali-amaliy san’at.
Ko‘rgazmali-amaliy san’at qadimdan, mehnat qurollari,
hunarmandchilikning rivojlanib borishi bilan kundalik turmush ehtiyoji uchun qo‘llaniladigan
ash’yolarni bezash, me’morlik inshootlarini turli naqshlar va koshinlar vositasida go‘zallashtirish
orqali estetik telablarga javob berib keladi. Aynan ana shu san’at turida hunarmandchilikning
san’atga aylanishi ro‘y beradi. M., aytib o‘tganimizdek, XVIII-XIX asrlardagi Buxoro-Qo‘qon
uslubida naqshlangan go‘zal mis qumg‘onlar dastlab faqat o‘zining muayyan maqsadga xizmat
qilishi bilan diqqatga sazovor edi. Lekin hozirgi paytda ular har biri betakror san’at namunasi,
misgar ustaning san’atkorlik mahorati tajassum topgan ma’naviy qadriyat tarzida idrok etiladi.
YOki yog‘och o‘ymakorligini olaylik, uni biz hozirgi paytda hunar emas, san’at mahsuli tarzida
qabul qilamiz.
Haykaltaroshlik-monumental san’at.
Eng qadimgi, ibtidoiy davrlardan boshlab hozirgacha
haykaltaroshlik o‘z maqeini yo‘qotmay kelayotgan san’at turlaridan biri. Bu san’atning asosida
faqat oniy, bir lahzalik san’at tasviri yotadi. Haykaltarosh tomonidan ana shu eng muhim
harakatini topish hamda unga mos nur va soyani tanlash yuksak isde’dodni talab qiladi.
Haykaltaroshlik monumental san’at deyiladi. CHunki ko‘pincha
u katta hajmli haykallar
yoki majmularni o‘z ichiga oladi. Ayni paytda uning kichik hajmdagi va har biri o‘ziga xos
bo‘lgan holda muayyan yuzalikda shakllar uyg‘unligini tashkil etadigan ko‘rinishlari ham
mavjud. Haykaltaroshlikning birinchi hiliga alohida makonni egallagan va har hil rakkursda
tomosha qilish mumkin bulgan asarlar kiradi. Istiqloldan so‘ng mamlakatimizda monumental
san’atning milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini shakllantirishdagi ahamiyati, uning
ma’naviyatimizning yuksalishidagi o‘rni masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Bu borada
Prezidentimiz Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat - engilmas kuch” asarining “Vatanimiz
taraqqiyotining mustahkam poydevori” deb nomlangan bobida Sohibqiron Amir Temur
bobomizning siymosini har tomonlama to‘liq va haqqoniy aks ettirish uchun bergan tavsiyalarini
alohida qayd etish mumkin. Jumladan, “1993 yili Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga
o‘rnatiladigan haykalni ilk bor muhokama qilganimiz esimda, - deb hotirlaydi Prezidentimiz, -
Haykaltaroshlar taqdim etgan variantda Sohibqiron qo‘liga nayza tutgan holda tasvirlangan edi.
Men bunga e’tiroz bildirib, «Sohibqiron bobomiz qo‘lida
nayza emas, otning jilovini tutib
turgani ma’qul, - degan fikrni bildirdim. Buning ramziy ma’nosi bor. CHunki, saltanatda nayza
ko‘targan odamlar ko‘p bo‘lgan, ammo jilov Amir Temurning qo‘lida bo‘lgan. Bu mustahkam
davlat tizimini qo‘lda mahkam tutib turishni anglatadi. SHu bilan birga, buyuk ajdodimizning
ikkinchi ko‘lini baland ko‘tarib, dunyodagi barcha
insonlarga tinchlik-omonlik, baxtu saodat
tilayotgan asnoda aks ettirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Qolaversa, xalqimizda har bir ish
bismil-loh aytib, o‘ng qo‘l, o‘ng oyoqdan boshlanadi. Bu haykadda esa ot nima uchundir chap
oyoqdan odim tashlayapti».Muhokama ishtirokchilari bu fikrga qo‘shilishdi
va haykaltaroshlar
bildirilgan fikrlar asosida yangi variantni yaratishdi.”
Ana shunday izlanish va tajribalar asosida keyinchalik Farg‘ona shahrida - Ahmad
Farg‘oniy, Urganchda - Muhammad Muso Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi, Navoiy shahrida
- Alisher Navoiy, poytaxtimizda - G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya singari
allomalarimiz, yozuvchi va shoirlarimiz haykallarini, Mustaqillik
va Xotira maydonlarida
zamonaviy monumental san’atimizning noyob namunasi sifatida tan olingan Mustaqillik va
ezgulik monumentini, Motamsaro ona haykalini, Termiz shahrida Alpomish, Qarshi shahrida esa
«El-yurt tayanchi» va boshqa o‘nlab monumental san’at asarlari barpo etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: