Qobiliyatlar - bu:
insonni individual xususiyati;
inson biron faoliyatga bo`lgan yaroqligi;
ushbu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanishidir.
Bundan tashqari qobiliyatlar bilim va malaka egallash dinamikasini aniqlaydi.
Qobiliyatlarni sifat faoliyatda o`z imkoniyatlaridan to`laroq foydalana olishni ko`proq yutuqlar
erishishni ko`rsatib beradi. Qobiliyatlar strukturasi yetakchi, tayanch xususiyatlar strukturasida
yetakchi, tayanch xususiyatlar farqlanadi.
Biror faoliyatning ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarilishini taqozo
qiladigan qobiliyatlar birikmasi -
talant
deb ataladi. Ijodiy faoliyatga qobiliyatli bo`lgan
kishilarni talantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin. Talantlilikni yuqori bosqichi
geniallik
deb
ataladi. Ijtimoiy hayotda, fan, adabiyot, san’at va shu kabi sohalarda prinsipial ravishda yangi
bo`lgan biror narsa yaratgan kishilar geniylar deb hisoblanadilar.
63-rasm
Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil
qiladi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui - iste’dod
deyiladi.
64-rasm
Qobiliyatlarni tarkib topishi va rivojlanishi
– bu ko`nikmalarni natijasi bo`lib, ular qancha
mustahkamlansa rivojlanish shuncha tez
boradi. Qiziqishlar qobiliyatlarni rivojlanishda
muhim rol o`ynaydi. Faoliyatga bo`lgan
qiziqishni motivatsiya orqali qo`llab-
quvvatlash faoliyat maqsadini odam uchun
aktual ehtiyojga aylantiradi.
Malakalar, ko`nikma va bilimlarga nisbatan kishining qobiliyatlari qandaydir imkoniyat
sifatida namoyon bo`ladi. Bu bilim va ko`nikmalar egallanadimi yoki egallanmaydimi,
imkoniyat haqiqatga aylanadimi yoki yo`qmi, bo`larning hammasi ko`plab sharoitlarga borliq
bo`ladi. Shart-sharoitlar jumlasiga, quyidagilar kiradi: tevarak-atrog`dagi odamlar kishining bu
bilim va malakalarni egallab olishdan mang`aatdor bo`ladimi yo yo`qmi; unga qanday ta’lim
beradilar, ana shu malaka va ko`nikmalar kerak bo`ladigan va mustahkamlanadigan mehnat
faoliyati qanday tashkil etiladi.
Kishining qobiliyati xilma-xil bo‘lib, qiziqishlar va o‘z ustida ishlash natijasida paydo
bo‘ladi va rivojlanadi. Faoliyatning mohiyatidan kelib chiqib, qobiliyat ham turlicha kasb
egalarida turlicha namoyon bo‘ladi, ayrim shaxslar bir necha sohalarga nisbatan ham qobiliyatli
bo‘ladilar.
Qobiliyatlar to‘g‘risida umumiy tushunchani vujudga keltirish uchun ularga aloqador
omillar, tarkiblar bo‘yicha ayrim ma’lumotlar keltirish maqsadga muvofiq: qobiliyatlar
shaxsning psixologik xususiyatlar ekanligi; mazkur xususiyatga bilim, ko‘nikma, malaka
orttirish bilan erishilishini bog‘lash muhimdir.
O‘zgaruvchanlik asosida qobiliyatning rivojlanib borishi tayin, yoshlar komillikda
jamiyat bilan ota-onasi hal qiluvchi rol o‘ynashini va hattoki o‘z intilishlari haqida o‘ylashni
boshlashadi.
Yoshlik davrida yoshlarning barcha uy fikrlari o‘ziga qaratiladi. Yosh avlod o‘z
tajribasini betakror deb o‘ylaydi, ota-onalar va do‘stlar uni tushuna olmasligini va hatto
birinchi uchrashuv yoki maktabni yomon ko‘rishni tushunmasligini xayoliga keltiradi.
Birinchi muhabbat paytida yoshlar hattoki, “Ona birinchi muhabbat nimaligini bilmaysiz”
deb aytishi mumkin. Piajening aytishicha, yoshlarning shunchalik intellektual darajaga etishi
bu insoniy qonuniyatdir. Ularning taxmin qilish qobiliyati yaxshi rivojlangan. Biz fikr
yuritishning yangi darajasini insoniy tabiat, haqiqatlik va adolat hamda yaxshilik va
yomonlik haqida fikr olib borgandagina ko‘ramiz.
Ikkiyuzlamachilikni payqash ba’zida ota-onalar bilan achchiq bahsga olib keladi.
Shuningdek yoshlarni o‘zining idealiga quloq solishga majbur qiladi. Balki Piaje (1972) ta’lim
va madaniyatning ta’sirini etarlicha baholamagandir. Shuning uchun ham rasmiy
qonunchilikka olib keladigan odamlar soni oshirib yuborilgan. Ba’zi bir yoshlar mantiq va
matematika fanlaridan etarlicha bilimga esa bo‘lmasdan turib, bu darajada tafakkur qilishga
qodir emaslar. Bolalik davrida qobiliyatlarning atrof-muhitdagi odamlar tomonidan tan
olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon-shuhrat
qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi
Albert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy (yangi geometriya
yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishida genial olim bo‘lib voyaga etishish dalolatnomasi
yo‘q edi. Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash
dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni
o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chikadigan farqlar qobiliyat to‘g‘risida mulohaza yuritish
imkonini beradi.
100
Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan,
bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon
bo‘ladigan individual psixologik xususiyatiga qobiliyat deyiladi.
Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar, ya’ni bir odamning boshqa bir
odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi. Psixologiya metodologik asosining
100
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 460-461b.
ko‘rsatishicha, qobiliyat imkoniyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatdagi
zaruriy mahorat darajasi hisoblanadi. Psixologiya fani qobiliyat bilan faoliyatning muhim
jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan,
ularning birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyat faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi,
lekin shunda ham aynan shu qobiliyatsiz amalga oshirilishi amri mahol faoliyat
ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni
o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar, mulohaza yuritish imkonini beradi.
65-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |