Nizo hal etish yo`llari – komromiss, ya’ni kelishuv; joyida hal etish; nizodan chekinish; orqaga surish; qochish.
Operativ xotira – xotira turlaridan biri bo`lib, faoliyat bajarish jarayonida uzoq xotiradan vaqtincha foydalaniladi.
Oila – turmush qurish, qarindosh-urug`chilik asosidagi kichik guruh.
Psixika – yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funktsiyasi bo`lib, uning mohiyati tuyg`ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko`rinishida aks ettirishdan iborat.
Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsult va natijalarni (psixik obrazlar, xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) xosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon.
Psixologiya – odamning ob’ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg`u-hissiyot va boshqa psixik xolatlar orqali aks ettirish jarayonini o`rganadigan fan.
Psixik holatlar – psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga aytiladi. P.H. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat’iylik, tirishoqlik v.b.) shaxslarda ma’lum darajada barqaror bo`lib, ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi.
Pilotaj tadqiqot – tadqiqotning muammoli izlovchi turi, asosiy tadqiqotgacha o`tkaziladigan va soddalashtirilgan shakli.
Psixodiagnostika – shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlovchi va o`lchashni ishlab chiquvchi psixologiya usuli. Psixologiya metodlari – psixik xodisalarni va ularning
qonuniyatlarini ilmiy tomondan o`rganishning asosiy yo`l-yo`riq va usullari.
Psixokorrektsiya – shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini qo`llash jarayoni.
Psixologik xizmat – psixologiyani amaliyotda qo`llash tizimi. U turli sohalarda diagnostika, konsulьtatsiya, ekspertiza vazifalarini bajaradi.
Psixologik maslahat - shaxsning turli darajadagi o`z muammolarini yakka tartibda psixolog bilan tahlil etishiga qaratilgan psixologik xizmat turi.
Polilog – guruh ichidagi munozara bo`lib, barcha ishtirokchilar faoolashuvi kuzatiladi.
Pertseptiv tomon – shaxslararo munosabatlarda tushunish, his etish, idrok etishga qaratilgan jarayon.
Professiografiya - mehnat sub’ektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vositalari, sharoitlari, tashkil ot) bilan o`zaro munosabati va bog`liqligini o`rganish va aniqlashga qaratilgan kompleks metod.
Professiogramma - kasbning turli ob’ektiv xarakteristikalarining tasnifi.
Psixogramma - faoliyatning psixologik xarakteristikalarining tasnifi.
Rigid shaxs – shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o`tish va moslashish imkoniyatining past darajada kuzatilishi.
Rasmiy – odamlarning birgalikdagi faoliyatlarida, ijtimoiy rollar taqsimotida mavqe, martabaning inobatga olinishi
Real – birgalikdagi faoliyat jarayonida bevosita muloqot amalga oshishi imkoniyati.
Referent guruh – shaxsning har tomonlama ishongan, o`ziga yaqin tutgan guruhi.
Sangvinik – temperament turlaridan bo`lib, chaqqon, harakatchan, taassurotlari tez o`zgaradigan, boshqalarga nisbatan dilkashlik, mehribonlik xislatlari bilan xarakterlanadi.
Sanoat psixologiyasi – sanoat va ishlab chiqarishda turli yuzaga keladigan muammo va xolatlarni psixologik va ijtimoiy omillarini tahlil qilib olishga qaratilgan xizmatlari turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |