Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda ma’lumot, axborot, g`oyalar almashinuvi jarayoni.
Kichik guruh – a’zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug`ullanuvchi va bevosita shaxslararo munosabatda bo`luvchi kishilar guruhi.
Ko`nikma – odamening ma’lum ishni bajarishga tayyorligida ko`rinadigan qobiliyati. K. mahoratning asosini tashkil etadi.
Longityud tadqiqot – sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda o`rgansh.
Metod – bilishning nazariy va amaliy o`zlashtirish usullari yig`indisi.
Metodologiya – tadqiqot, tekshirish usuli bo`lib, bilishning nazariy va amaliy o`zlashtirish usullari yig`indisidir.
Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq faoliyatga undovchi sabab.
Motivatsiya – odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui. Malaka – mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining
avtomatlashgan usullari.
Mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o`rganadigan fan.
Mehnat faoliyati psixologiyasi – bu psixologiyaning bir sohasi bo`lib, inson shaxsini mehnat sub’ekti sifatidagi shakllanishi xususiyatlarini, mehnatning shart-sharoitlari, yo`llari va usullarini ilmiy jihatdan o`rganadi.
Mehnat – inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o`zgartirishga qaratilgan maqsadli faoliyat.
Mutaxassislik – faoliyatning aniq shakli bo`lib, mehnat egasining kasbiy tayyorligi, mehnat vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi.
Mehnat sub’ekti (egasi) – bu faol harakat qiluvchi, anglash va o`zgartirishga layoqatli, ong va iroda bilan ish olib boruvchi individ yoki ijtimoiy guruh.
Muloqot – ikki yoki undan ortiq odamlarning o`zaro bir-biriga ta’sir etishi.
Melanxolik - temperament turlaridan biri bo`lib, psixik faollikning sust, tez ta’sirlanuvchanlik, xatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta’sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Monologik nutq – bir odamning o`z fikrlarini og`zaki yoki yozma ravishda ifodalash nutqi.
Monolog – ma’ruzachi tomonidan nutq so`zlanishi, ma’ruzachi aktiv, tinglovchi passiv bo`lgan jarayon.
Mobil shaxs - shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o`tish va moslashish imkoniyatining yuqori darajada kuzatilishi.
Negativizm - individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o`zicha mustaqil fikr, mavqeni namoyon qilishi.
Norasmiy – odamlarning birgalikdagi muloqot va faoliyatlarida ular orasidagi munosabatlarning o`zaro ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning ko`zda tutilishi.
Noverbal - nutqsiz ifodalangan xarakat, mimika, xolatlarning boshqa shaxsga yo`naltirilishi.
Nizolar – o`zaro ta’sir ko`rsatayotgan kishilarning qarama-qarshi turishi, bunda fikrlar, pozitsiyalar, qarashlar teskariligi kuzatiladi.
Nizo turlari – nizolarning kimlar orasida yuzaga kelishiga ko`ra farqlari: shaxslararo, guruhlararo, shaxsiy, etnik, milliy; namoyon bo`lish xususiyatiga ko`ra: ochiq, yopiq, uzoq muddatli, qisqa; mavqe yoki darajaga ko`ra: vertikal va gorizontal; yo`nalishiga ko`ra: destruktiv va konstruktiv.
Nizo bosqichlari – uch bosqichda, ya’ni nizo oldi, nizo va nizodan keyingi bosqichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |