Nazorat uchun savolllar:
Shaxs rivojlanishidagi biologik omillar nima?
Shaxs rivojlanishidagi sotsial omillar nima?
Kasbiy yetuklik va shaxs komilligi tushunchalari
Shaxsiy fazilatlarning kasb tanlashdagi roli qanday?
Xayolot (fantaziya)ning ahamiyatliligi nimada?
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
QURILISH FAKULTETI
“IJTIMOIY FANLAR VA SPORT” KAFEDRASI
USLUBIY KO‘RSATMA
“KASBIY PSIXOLOGIYA” FANIDAN AUDITORIYADAN TASHQARI MUSTAQIL TA‘LIMNI I TASHKIL ETISH
METODIKASI VA TEXNOLOGIYASI
Institut Ilmiy Kengashi
tomonidan tasdiqlangan
bayon№_________
“___” “______”_ 2022 yil
Oʼzbekiston respublikasi oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2019 yil 07 dekabrdagigi 1000-son buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Kasbiy psixologiya” fаn dаsturiga muvofiq tayyorlandi.
Uslubiy ko‘rsatmaning asosiy maqsadi talabaga mustaqil ta‘lim haqida tasavvurni, tushunchani hosil qildirish, talabaning mustaqil ishi mazmun-mohiyati, ko‘rinishi hamda uni tayyorlash texnologiyasi, shuningdek “Kasbiy psixologiya” fani hususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarni mustaqil ta’limga yo‘naltirishdan iboratdir.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma institut bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar: M.I.Mamayunusova
N.Gʻ.Oltmisheva
M.A.Usmonova
M.S.O‘rinbayeva
M.Nuriddinov
Taqrizchi: FarPI. dots. A.Kamilov
Ushbu uslubiy ko‘rsatma “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasining uslubiy seminarida ko‘rib chiqilgan va ma‘qullangan.
Bayon № ____ “___” __________ 2022 y
Qurilish fakulteti uslubiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
Bayon №_____ “___”___________2022 y
Fakultet ilmiy-uslubiy kengash raisi : ___________ . ___________
Talabaning darsdan tashqari mustaqil ishi (bundan buyon matnda - DTMI)
“Kasbiy psixologiya” fanidan mustaqil taʼlimni tashkil etish boʼyicha tayyorgarlik koʼrish yuzasidan
Koʼrsаtmа vа tаvsiyalаr
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2018 yil 07 dekabrdagigi 1000-son buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Kasbiy psixologiya” fаn dаsturiga muvofiq tayyorlangan ishchi oʼquv dasturi asosida oʼtkaziladi.
Unda talabalarning tavsiya etilgan darslik va uslubiy qoʼllanmalar, ishlanmalar asosida bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, talabalarning boʼsh vaqtlarida ilmiy maqolalar va tezislarni tayyorlash orqali talabalar bilimini oshirish tavsiya qilinadi.
Mustaqil taʼlim mashgʼulotlari talabalarning fan yuzasidan oʼtkaziladigan maʼruzalarni tinglash va qoʼshimcha adabiyotlar bilan shugʼullanishda mustaqil tayyorgarlik koʼrish orqali olgan bilimlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida rejada belgilangan mavzular asosida tashkil etiladi.
Mustaqil taʼlim mashgʼulotlari guruhlarda tashkil etib, unda zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalar: BBB, bumerang, aqliy xujum, klaster, jamoaga boʼlinib bellashuv kabi usullaridan foydalanib takdimot yoki referatlar tayyorlash tavsiya etiladi.
Mustaqil taʼlim mashgʼulotlarida dastlab oʼqituvchi tomonidan talabalarning darsga tayyorgarlik darajasi aniqlanadi. Unda belgilangan mavzu boʼyicha tayyorgarligi hamda mustaqil oʼrganish uchn tavsiya etilgan mavzu boʼyicha tayyorlagan ishlanmasi nazorat qilinadi.
Mustaqil taʼlim talabalarning darslardan tashqari vaqtlarida yakka yoki guruh bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Mustaqil taʼlim mashgʼulotlarida dastlab oʼqituvchi tomonidan talabalarning darsga tayyorgarlik darajasi aniqlanadi. Unda belgilangan mavzu boʼyicha tayyorgarligi hamda mustaqil oʼrganish uchn tavsiya etilgan mavzu boʼyicha tayyorlagan ishlanmasi nazorat qilinadi. Mustaqil taʼlim talabalarning darslardan tashqari vaqtlarida yakka yoki guruh bilan birgalikda amalga oshiriladi.
“Kasbiy psixologiya” bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan. Mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va fan bo’yicha belgilangan mashg’ulot turlariga rejalashtirilgan mustaqil ta’lim mavzulari quyidagi ko’rinishida shakllantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |