Ijtimoiy fanlar va sport



Download 2,59 Mb.
bet17/75
Sana05.02.2023
Hajmi2,59 Mb.
#908053
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
Bog'liq
Kasbiy Psixologiya УМК

Nazorat savollari

  1. Kasb tushunchasining psixologik mohiyati

  2. Kasblarning tiplari

  3. Kasblarning turkumlari

  4. Kasb tanlash formulasi


Foydalanilgan adabiyotlar.

1. G’oziev E. Umumiy psixologiya: Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik; O’zR O’MTV, M.Ulug‘bek nomidagi O’zMU. - Т.: « O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010. - 544 b.


2. G’oziev E. O’spirinlar axloqi va ruhiyati. Oila etikasi va psixologiyasi. - Т.: Universitet, 2000. -33-38 b.
3. G’oziev E. Kasbiy psixologiya: Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik; O’zR O’MTV, M.Ulug‘bek nomidagi O’zMU. - Т.: « O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2008. — 213 b.
4. G’oziev E. Sotsial psixologiya: Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik; O’zR O’MTV, M.Ulug‘bek nomidagi O’zMU. — Т.: « O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2015.
5. Ivanov P.I. Umumiy psixologiya: Darslik. O’z R O’MTV. — Т.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. - 480 b.
6. Aleksandrov YU.I. Sistemnaya psixofiziologiya // Osnovi psixofiziologii: Uchebnik / YU.I. Aleksandrov, D.G. SHevchenko, I.O. Aleksandrov; Otv. red. YU.I. Aleksandrov. — М.: Infra-M, 1997. — 430 s.

4-Mavzu. Kasbiy motiv va motivatsiya, mehnat faoliyati motivlari


(2 soat)
Reja.

  1. Motiv va Motivatsiya xaqida tushuncha

  2. Motiv turlari.

  3. Ijtimoiy motivlarning vujudga kelishi.

  4. Ehtiyojlar va uning turlari.

  5. Emotsiya, emotsional xolatlar.



Tayanch iboralar: Shaxs faolligi, tashki faollik, ichki faollik, faoliyat, perseptiv xarakat, mnemik faoliyat, fikrlash faoliyati, imajitiv faoliyati, malaka, ko‘nikma, motiv, ijtimoiy ustanovka.
Shaxs xayotida faoliyat turlari o‘z – o‘zidan ro‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egallagan mavqei xam sababsiz, o‘z – o‘zidan ro‘y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq - atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengrok ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya - inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega», «nima uchun», «nima maqsadda», «qanday manfaat yo‘lida» degan savollarga javob qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‘zini tutishi sabablarini o‘rganish tarbiyaviy axamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jixati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni xatti-xarakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, extiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va xokazolar); v) tashqi sabablar - faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va xolatlari. ya’ni, bular ayni konkret xolatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir.
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozisiyalar xam deb ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi xam mumkin. ya’ni, ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning xakikiy sababini o‘zi tushunib etmaydi, «Nega» degan savolga «O‘zim xam bilmay koldim, bilmayman», deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqiv, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil xarakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharok bo‘ladi, ya’ni, dispozitsiya anglangan, ongli xisoblanadi.
Shu nuktai nazardan motiv - konkretrok tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan moyillik, xozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashxur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniksa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, xar bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baxolashga moyil bo‘ladi. Shunisi ajablanarliki, o‘sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari xam turlicha bo‘ladi. Bundan tashkari, bir shaxsning o‘zi xam o‘zidagi xolat, kayfiyatga bog‘liq xolda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo‘larkan. Shuning uchun xam odamning ayni paytdagi real xarakatlarini o‘sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan baxosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o‘xshash xolatlarni idrok qilishga ichki bir xozirlik - dispozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘rirok bo‘ladi. Shu ma’noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli taxlillar, xattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o‘z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygoxlarida: «Materiallarning qarshiligi» nomli kurs bor deylik. Shu kursni o‘zlashtirish va undan sinovdan o‘tish kupchilikka osonlikcha ro‘y bermaydi. Xali kurs boshlanmasdanok, yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, Bu kurs, uni olib boruvchi o‘kituvchi o‘ta talabchan, kattiqqo‘l kabi tushunchalar talaba ongida singishib qoladi. Bunday motivatsiya mana necha avlod talabalari boshidan kechirayotgan xolat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi xarakatlari konkret motivlar bilan izoxlanadi va tirishkok talaba uchun bu fan xam boshqa fanlar katori tinimsiz izlanish, uz vaktida darslarni tayyorlashni talab kilsa, boshqasi uchun (dangasarok talava uchun) bu darsdan keyin dars yo’q va u qachon shu semestr tugashini kutib xarakat qiladi.
Xar kanday motivlarning orkasida shaxsning extiyojlari yotadi. ya’ni, maksadli xayotda shaxsda avval u yoki bu extiyojlar paydo bo‘ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga boglik tarzda xulq motivlari namoyon bo‘ladi. Misol uchun talavaning ukuv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maksadi bilim, ilm olish, kizikuvchanlik extiyojini paydo qiladi. Bu extiyoj tarakkiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bogcha yoshidan boshlab koniktirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o‘kuv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart - sharoitlar va u erdagi bevosita bilim olishga karatilgan faoliyatning o‘zi, bola uchun motiv o‘rnini bosadi. yana bir oddiy misol: kilingizda kitov vor. Siz xali uni o‘qishni boshlamadingiz. Lekin o‘kish istagi bor, shu istakning ortida esa, o‘sha mazmunni bilish va uning tagiga etish extiyoji turadi. Rus olimi R. Ne’mov shaxsdagi motivatsion soxani kuyidagicha tasavvur qiladi. Umuman, xar qanday shaxsdagi mavjud extiyojlarni ikki guruxga bo‘lish mumkin:
Biologik extiyojlar - Bu - fiziologik (tashnalik, ochlik, uyku), jinsiy, moslashuv extiyojlari.
Ijtimoiy extiyojlar - Bu - mexnat qilish, vilish, estetik va axlokiy-ma’naviy extiyojlar.
Extiyojlarni biologik xamda ijtimoiy turlarga bo‘lganimiz bilan shu narsani unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi xar qanday extiyojlar xam ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni, ular o‘sha jamiyat va muxitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakteriga boglik bo‘ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli xisoblangan bizning
oziq - ovkatga bo‘lgan extiyojimizni olsak, u xam konkret muxitga karav turlicha xarakatlarni keltirib chikaradi. yana misol uchun, to‘y marosimlari yoki juda to‘kin dasturxon atrofida o‘tirgan odam nima uchun shunchalik ko‘up ovkat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu taviat kuyni yoki paxta dalasidagi xashar Bulsa-chi, bir Burda issik non xam Butun tanaga roxat vaxsh etuvchi malxam bo‘lib, ochlikni vilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovkat ev urgangan kishi oz-oz eyishga urgansa, yoshligidan normadan ortik ev urgangan odam vrach oldiga voriv, uzi uchun ozdiruvchi dori-darmon so‘rasa siraydiki, lekin uyda uzi emishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu xam madaniyatga, etikaga, oila muxitiga bevosita boglik narsa ekan -da.
Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi xakida gap ketganda, uning ikki tomoni yoki elementi ajratiladi: xarakat dasturi va maksad. Xarakat dasturi maksadga erishishing vositalariga aniklik kiritadi. Shuning uchun xam dasturda nazarda tutilgan vositalar maksadga erishishni oklashi kerak, aks xolda dastur xech narsa vermaydi. Masalan, va’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs etishib chikishini orzu qilib, uning oldiga juda ogir tarbiyaviy shartlarni ko‘yadilar, bola erkinligi bo‘giladi, u qat’iy nazorat muxitida ushlanadi. Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo‘lmaydigan, qaysar, uncha-muncha tashki ta’sirga berilmaydigan bo‘lib kolib, xar kanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo‘lib koladi. Shuning uchun xam motiv xar doim anglangan, extiyojlar muvofiklashtirilgan va maksadlar va unga etish vositalari anik bo‘lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo‘ladi.
Motivlarning turlari. Turli kasb egalari faoliyati motivlarini erganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ma’lum axamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat soxalarida muvaffakiyatga erishish motivi bo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Makklelland, D.Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar xisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv vor: muvaffakiyatga erishish motivi xamda muvaffakiyatsizliklardan kochish motivi. Odamlar xam u yoki Bu turli faoliyatlarga kirishishda kaysi motivga mo‘ljal qilishlariga karab fark qiladilar. Masalan, fakat muvaffakiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa xam yutukka erishish ular uchun oliy maksad bo‘ladi. Ular xali ishni boshlamay turiv, yutukni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha xarakatlarini ma’kullashlarini viladilar. Bu yilda ular nafakat uz kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashki imkoniyatlar - tanish - vilishlar, mavlag kavi omillardan xam foydalanadilar. Boshqacha xulq - atvorni muvaffikiyatsizlikdan kochish motiviga tayangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farkli, ishni boshlashdan avval nima Bulsa xam muvafikiyatsizlikka duchor Bulmaslikni iylaydilar. Shu tufayli ularda kuprok ishonchsizlik, yutukka erishishga ishonmaslik, pessimizmga uxshash xolat kuzatiladi. Shuning uchun Bulsa kerak, oxir - okivat ular varibir muvaffikiyatsizlikka uchrav, «Uzi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffikiyatli tugatgach, kitarinki rux bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, xar kanday ishni yakunlagandan sung, uning natijasidan kat’iy nazar, ruxan tushkunlikka tushadilar va ogrinish xissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu urinda talavchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffikiyatga yunalgan shaxslarning uzlariga nisbatan kuygan talavlari darajasi xam yukori Bulsa, ikkinchi toifa vakillarining talavlari aksincha, past bo‘ladi. Bunday tashkari xar birimizdagi uzimizdagi real koviliyatlar tugrisidagi tasavBurlarimiz xam ushBu motivlarning faoliyatdagi urniga ta’sir kursatadi. Masalan, uzidagi koviliyatlarga ishongan shaxs xattoki, magluviyatga uchrasa xam, unchalik kaygurmaydi, keyingi safar xammasi yaxshi bilishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina verilgan tanvex yoki tankidni xam juda katta ruxiy azov bilan kayguriv boshdan kechiradi. Uning uchun xam shaxsning u yoki Bu vaziyatlarda kaygurish sifati xam ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mexnatga, odamlarga va o‘z – o‘ziga munosabatlaridan kelib chikadi va undagi xarakter xususiyatlarini xam belgilaydi. Ularning xar birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas’uliyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffakiyatlarga erishishimiz bilan baxolasak bo‘ladi. Masalan, mas’uliyatli imtixon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtixon oldidan juda kayguradilar, xattoki, qo‘rqkadilar xam. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiklik bilan boshdan kechirib, ichidan xayajonlanayotgan bo‘lsalar xam, buni boshqalarga bildirmaydilar. yana uchinchi toifa kishilari umuman begam bo‘lib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofik tarzda, xar bir toifa vakillari ishining muvaffakiyati va faoliyatning samarasi turlicha bo‘ladi. Bunga xar bir shaxsdagi da’vogarlik darajasi xam ta’sir qiladi. Da’vogarlik darajasi yukorirok bo‘lganlar bilgan - bilmaganini isbot qilishga urinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini xam yaxshi aytib berolmay, yana o‘kituvchi bilan tortishmaydilar xam.
Shuning uchun xam xar birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashkari, shaxsiy xislatlarimizni xam bilishimiz va ongli tarzda xulqimizni boshqara olishimiz kerak.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish