Fanning maqsadi: « Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi» fanini o‘qitishdan maqsad talabalarni kelajakda ta’lim tizimida faoliyat yuritishi davomida ta’lim oluvchilarning ta’limi va tarbiyasi jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yecha olishida hamda ularning umumtexnika, maxsus texnologiya va ishlab chiqarish ta’limi darslarini olib borishiga yordam beradigan metodik kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Magistr hamma turlardagi kasbiy o‘quv yurtlarida kasbiy ta’lim berish bo‘yicha ishlashga tayyorlanadi. Magistr bo‘yicha malaka tavsifnomasi psixologo-pedagogik tayyorlashni ham ko‘zda tutadi. Metodik tayyorlashning mohiyati magsitrni kelgusidagi uning pedagogik faoliyat texnologiyasi, ya’ni ta’lim berish va tarbiyalash texnologiyasi bo‘yicha malakalarini shakllantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |