«ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi


«Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi»



Download 0,58 Mb.
bet3/75
Sana20.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#393793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
МФУМ умк янги

«Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi» fani bo‘lajak pedagoglarni didaktik faoliyatga tayyorlash tizimida asosiy fanlardan biridir.

Oliy o‘quv yurtida yuqori malakali pedagog kadr tayyorlash mazmuni quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

1.Malaka tavsifi talablariga: nimani bilishi va bajarishi.

2.O‘qitish mazmuni amalga oshiriladigan tarbiyaning maqsad hamda vazifalariga mos kelishi.

3.O‘qitish mazmunini politexnik yo‘nalishda bo‘lishi.

4.O‘qituvchi tayyorlashning barcha tomonlarini birligi va o‘zaro bog‘liqligi.

5.Ta’lim berish mazmunining ilmiy va texnika taraqqiyoti talablariga mos kelishi.

6.Tayyorgarlikni keng shaklda bo‘lishi.

7.Nazariya bilan amaliyotni o‘zaro bog‘langan bo‘lishi.

8.Davlat ta’lim standartlari talablariga mosligi.



Yuqorida keltirilganlarni amalga oshirish uchun «Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fanining predmeti va ob’ektini to‘g‘ri aniqlab olishimiz kerak. Bu fanning predmeti, o‘qitishning ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari mazmuni, o‘qitish usullari, vositalari bilan mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo‘lgani uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamolati uyg‘unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunida ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi.

«Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi» fanining predmeti-ushbu fanni o‘rganishda talabalarning kasbiy malakalarini shallantirish jarayoni mazmuni, shakli va o‘qitish metodlaridir.

Fanning ob’ekti - texnika oliy o‘quv yurtlari sharoitida kasbiy ta’lim sohasida pedagog kadrlar tayyorlash jarayoni.

Fanning metodologik asosi va amal qiladigan negizi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi».

Ob’ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o‘rganish va o‘rgatish va kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro uzviy bog‘liqdir.

«Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi» fani o‘z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o‘rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo‘llari, metodlari va vositalari majmui tushuniladi. Bu fanning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik rivojlansa hamda takomillashtirilsa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi.

Fan bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda metodlardan foydalanish mumkin:

  1. O‘qituvchilar tayyorlash tajribalari. O‘quv-me’yoriy hujjatlari va unga bag‘ishlangan adabiyotlarni tahlil qilish.

  2. Suhbat va savolnoma.

  3. Pedagogik kuzatish.

  4. Pedagogik tajriba-sinov ishlari.

  5. Tadqiqotdan olingan natijalarga matematik ishlov berish.

Suhbat metodi - so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita alohida bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshning javoblarini yozmasdan erkin muomala formasida qo‘llaniladi.

Suhbat metodidan farq qilib, intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. O‘quvchilar ijodini o‘rganish-ularni o‘ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi xulosalar yasaladi.

Pedagogik kuzatish - odatda tabiiy kuzatish orqali o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muammolaridagi o‘zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’lim tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribani muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadini ko‘zda tutib idrok etish tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob’ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan tavsif va hokazolar hisobga olinadi.

Qayd qilish usuliga qarab kuzatish turlarga bo‘linadi. Bevosita va bilvosita qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayon kuzatuvchilarning hatti-harakatlari va hokazolarni yozib qo‘yish imkonini beradi. Bevosita qayd imkonini usuli biror bir hodisaning oqibatlari haqidagi faktik materialni boshqa shaxslar orqali yoki qandaydir asbob qo‘llash vositasida olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning vizual usullari xilma-xil texnika vositalarini qo‘llash bilan tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.

Pedagogik so‘rash metodi - tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribani biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashkil etadi. So‘rash savollarning mantiqiy o‘ylangan sistemasini, ularning aniq ifodalanishini, nisbatan ko‘pchiligi(3-5) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat’iy formadagi javobni («ha», «yo‘q») ham taqozo etishi mumkin.

Pedagogik tajriba-sinov metodi - ushbu tajriba ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o‘kaziladi.

Ta’limning, o‘qitishning vazifasi fuqarolar, yoshlarning eng asosiy Konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining aqliy-amaliy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o‘zi hohlagan kasbini ta’minlash, uni mukammal egallab, shu sohada baxtiyor faoliyat ko‘rsatish uchun moddiy-ma’naviy, tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iborat. Bu umumiy vazifadan ta’limning har bir bo‘g‘ini, turi va bosqichlarining o‘ziga xos vazifalari kelib chiqadi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish