"ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/231
Sana21.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#686666
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   231
Bog'liq
fayl 1545 20210823

«Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar 
dinor yoki dirham emas, balki ilmni meros qilib qoldirganlar»
(imom Termiziy 
rivoyati), hadisini keltiradilar» deb sharhlagan. 
Bugungi kundagi hanafiy olimlaridani biri Shunday deydi: «Mohir 
ustozlarning huzurida fiqhni o‘rganmagan kimsaning fatvo berishi mumkin emas. 
Ustozlar huzurida fiqhni o‘rgangan kishining fatvo berishi mumkin 
bo‘lmaganidek, o‘zi (mutaqil ravishda) fiqhiy kitoblarni mutolaa qilgan kimsaning 
ham fatvo berishi mumkin emas. Hatto u ahkom usullari, qoidalari va illatlari bilan 
tanishib chiqib, malaka hosil qilgan bo‘lsa ham, mo‘‘tabar kitoblarni boshqalardan 
ajratib olgan bo‘lsa ham mumkin emas».
Hatto Payg‘ambar (alayhis-salom) zamonlarida Qur’on oyatlari nozil 
bo‘layotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan va din ilmlarini U zotdan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri olgan sahobalar ham fatvo berishdan ehtiyot bo‘lib va xato qilishdan 
qo‘rqib javob berishni bir-birlariga havola qilib «falonchidan so‘ra» deganlar.
Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, barcha odamlarga, hatto u 
diniy kitoblarni o‘qib tuShunsa ham diniy masalalarda fatvo berishi mumkin emas. 
Balki fatvo berish chuqur bilimli, Shu sohada o‘zini ko‘rsatgan mutaxassis 
kishilarga mumkin bo‘ladi. Bu fikrni qo‘llash quyidagi rivoyat qo‘llaydi. Kishilar 
muhaddis olim, hanbaliy mazhabi asoschisi Ahmad ibn Hanbaldan yuz ming 
hadisni yod bilgan odam fatvo bersa bo‘ladimi, deb so‘raganlarida, u kishi, yo‘q, 
deb javob berganlar. So‘rovchilar yodlanishi lozim hadislarning sonini yuz 
mingdan oshirib borganlar, imom Ahmad yo‘q, deb javob beraverganlar, besh yuz 
mingga etganlarida, umid qilaman, deganlar. 


259 
Odamlar shariat bilimlarini bilish darajasiga ko‘ra xos va ommaga bo‘linadi. 
Xos kishilar muayyan soha bilan Shug‘ullanib, uni mukammal o‘rgangan 
mutaxassislar hisoblanadi. Omma esa, o‘zlarining kasblari bilan mashg‘ul bo‘lib, 
kerakli vaqtda mutaxassisga murojaat qilib, o‘z masalasini xal qiladilar. SHariy 
hukmlar masalasida ham xos kishilar – mujtahid-faqihlar Shug‘ullanib, ommaga 
uning masalalarini etkazib, tuShuntirganlar. Omma esa unga amal qilgan. SHariy 
nuqtai nazardan odamlar mujtahid va muqallidga bo‘linadi. Manbalarda mujtahid 
deb ijtihod qilish (muayyan ilmiy salohiyatga ega faqih olim shariatning mufassal 
dalillaridan shar’iy hukmlarni chiqarib olishi, ya’ni istinbot qilish jarayoni) 
faoliyati bilan shug‘ullanadigan kishiga aytilgan. Mujtahid olimlar shariatning 
mustaqil manbasi emas. Balki mujtahid shariat qonunlarini sharhlovchisi va uning 
manbalarni tushuntiruvchisi deb tan olinadi. 
Omma ijtihod qila olmaydigan, boshqacha qilib aytganda, mustaqil tarzda 
shariat manbalarini tushunmaydi va ulardan qanday hukm olinishini bilmaydigan 
kishilardir. Ular mujtahidga taqlid qiladi va u muqallid-taqlid qiluvchi deyiladi. 
Taqlid qiluvchi mujtahidning hukmiga amal qiladi. Musulmonlarning asosiy qismi 
Shu guruh – taqlid qiluvchilar guruhidan iborat. Shu kungacha yashagan 
musulmon olimlarining faoliyati natijasida mazhablar jamiyatda o‘z o‘rniga ega 
bo‘lgan. Mazhabsizlik va Shunga o‘xshash fikrlarni islom dushmanlari 
musulmonlar orasida tarqatishga harakat qilmoqda. Olimlardan SHoh Valiulloh 
Dehlaviy to‘rt mazhabdan biriga taqlid qilish haqida: «Bilginki, ushbu to‘rt 
mazhabning birini ushlashda (taqlid qilishda) ummat uchun katta foyda va afzallik 
bor. Ulardan yuz o‘girishda katta fasod bor», degan. 
Aslini olganda, musulmonlar Payg‘ambar (alayhis-salom)ga ergashadi, 
mujtahidlarga taqlid qiladi xolos. Ulamolarning tutgan yo‘llari haqida mashhur 
muhaddis Zahabiy: «Biz, to‘rt imom (Abu Hanifa, Molik, Shofeiy, Ahmad), ikki 
Sufyon (Sufyon Savriy va Sufyon ibn Uyayna), Avzoiy, Dovud Zohiriy, Ishoq ibn 
Rohuvayh va boshqa imomlar haq yo‘lda bo‘lganlar, deb ishonishimiz lozim. Ular 
o‘zlari haqda aytilayotgan ayb (gap)lardan pok bo‘lib, ularga e’tibor qaratilmaydi. 


260 
Boshqa mujtahid muayyan bir mazhabga ergashishi shart... Ikki haram imomi 
(Juvayniy) ta’kidlaganidek, sahobiy va tobeiylarga ergashib bo‘lmaydi, Chunki 
ularning mazhabi yozilmagan va shakllantirilmagan. Qozilik masalalari va fatvo 
berishda to‘rt mazhabdan boshqasiga taqlid qilinmaydi», degan. Boshqa bir olim 
Tojuddin Subkiy Shunday yozadi: «Ushbu to‘rt mazhab (hanafiy, molikiy, 
Shofeiy, hanbaliy), Alloh rahmati ila, e’tiqodda bir bo‘lgan. Ularning ayrim 
izdoshlari mo‘‘taziliylar va mujassimaga qo‘shilib ketganlariga qaramasdan, 
mutlaq ko‘pchiligi haqiqatga rioya qilganlar...». «Ahli sunna val-jamoa» olimlari 
to‘rt mazhabdan biriga taqlid qilish shart ekani borasida ixtilofga bormaganlar. 
Xulosa
qilib aytish mumkinki, islomdagi fiqhiy mazhablar musulmonlarning 
birligini saqlashga va xalqning diniy hukmlarga rioya etishlaridagi qiyinchiliklari 
oldini olishga xizmat qilgan. Biroq mazhablarni inkor qilish musulmonlar qalbiga 
turli Shubhalarni solish barobarida sof islom aqidasini buzish va jamiyatda ixtilofli 
holatlarni keltirib chiqarishga qaratilgan. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish