“ijtimoiy fanlar” kafedrasi


-mavzu. Vakillik va ishonchnoma



Download 359,12 Kb.
bet59/128
Sana27.01.2022
Hajmi359,12 Kb.
#412364
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128
Bog'liq
Fuqarolik huquqi talabalarga

8-mavzu. Vakillik va ishonchnoma.

REJA:

1.Vakillik tushunchasi.

2.Ishоnchnоma tushunchasi, shakli.

3.Ishоnchnоmaning muddati, ishоnchnоmani bеkоr qilish. Muddatlar.
Vakillik tushunchasi
Vakillik deb bir shaxsning ikkinchi shaxs nomidan yuridik harakatlarni amalga oshirishiga aytiladi. Ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomonidan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitim vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, o`zgartiradi va bekor qiladi (FKning 129-moddasi).

Vakillikning mohiyati shundaki, bunga asoslanib tuzilgan bitimlar faqat vakolat beruvchi uchungina muayyan huquq va majburiyatlarni tug`diradi, o`zgartiradi va bekor qiladi. Vakilning shaxsan o`zi esa, bitimlar yuzasidan hech qanday huquq va majburiyatlar olmaydi. Kishining shaxsi bilan bog`liq bo`lgan, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan bitimlarni vakil orqali tuzishga yo`l qo`yilmaydi. Masalan, nikoh shartnomasida kirishish alimentlarni undirish yoki to`lash bilan bog`liq majburiyatlar.

Vakillik orqali huquq layoqatini amalga oshirish, ya'ni huquqlar olish va majburiyatlarni bajarish mumkin bo`lmaganligi sababli vakillarning xizmatiga fuqarolar ham, yuridik shaxslar ham muhtoj bo`ladilar. Chunonchi, fuqaro o`ziga qarashli uy-joyni vakil orqali boshqarish yoki sotishi, tashkilotlar esa, vakillar orqali bir-birlari bilan har turli shartnomalar tuzishlari mumkin.

Muomalaga layoqatli fuqarolargina vakil bo`lishlari, vakillik qilishlari mumkin. Istisno sifatida ayrim hollarda o`n olti yoshga to`lib, pasport olgan fuqaro ham vakil bo`lishi mumkin. Fuqarolarning faqat bir-birlari uchungina emas, ba'zi hollarda tashkilotlar uchun ham vakil bo`lishlariga qonun yo`l qo`yadi. Masalan, savdo va ta'minot bo`limlarining agentlari, mahsulot tayyorlovchi vakil va boshqa xodimlar tashkilotlarning vakillari sifatida ish bajaradilar.

Yuridik shaxs faqat o`z ustavida nazarda tutilgan hollarda yoki o`z faoliyatining xarakteriga muvofiq bo`lgandagina fuqarolarning vakil yoki boshqa yuridik shaxs vakili sifatida harakat qilishi mumkin.

Tashkilotlarning mulkiy huquqlarini, shuningdek fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini qo`riqlash maqsadida qonun kimlarning vakil sifatida harakat qila olmasligini belgilaydi. Jumladan, tashkilotning bosh buxgalteriga o`zi ishlab turgan tashkilot uchun bankdan va moliya organlaridan naqd pul, shuningdek boshqa tovar, moddiy boyliklar olishga yo`l qo`yilmaydi. Savdo korxonalari va boshqa tashkilotlar o`zlaridan olingan vakolatnomalar yuzasidan hisobot bermagan mansabdor shaxslarni tovar boshqa ashyolarni olish uchun vakil qila olamaydi.

Sudda: voyaga yetmagan shaxslar, vasiylik va homiylik ostidagi shaxslar fuqarolarning vakillari sifatida qatnasha olmaydilar. Sudyalar, tergovchilar, prokurorlar qonuniy vakil sifatida (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) shuningdek, tegishli sud yoki prokuraturaning vakili sifatida qatnashish hollaridan tashqari, sudda vakil bo`la olmaydilar (FPKning 51-moddasi).

Vakolat beruvchi har qanday shaxs muomalaga layoqatli va muomalaga layoqatsiz fuqarolar ham, shuningdek yuridik shaxslar ham bo`lishi mumkin.




Download 359,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish