“ijtimoiy fanlar” kafedrasi


O`zbekistonda fuqarolik huquqining asosiy rivojlanish bosqichlari



Download 359,12 Kb.
bet4/128
Sana27.01.2022
Hajmi359,12 Kb.
#412364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
Fuqarolik huquqi talabalarga

3.O`zbekistonda fuqarolik huquqining asosiy rivojlanish bosqichlari. Fuqarolik huquqi kishilar o`rtasidagi kundalik hayotiy ehtiyojlar bilan bog`liq bo`lgan odatdagi, doimiy, normal mulkiy munosabatlarni, shaxsiynomulkiy munosabatlarni tartibga solganligi sababli ham u boshqa huquq tarmoqlariga nisbatan qadimiyroq ildizlarga ega, deb aytish mumkin. Insoniyat mavjudligining eng qadimgi davrlarida fuqarolik huquqi ko`proq odat huquqi me'yorlari ko`rinishida bo`lganligini tasavvur etish qiyin emas. O`zbekiston hududida qadimdan istiqomat qilgan ajdodlarimiz o`rtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarning ilk bosqichlarini musulmon huquqiga qadar bo`lgan davrdan boshlash mumkin. O`sha davrlarda amal qilgan huquq manbalari haqida biz juda ham kam ma'lumotlarga egamiz. Biroq bizgacha yetib kelgan tarixiy manbalarga, masalan, “Avesto” kitobiga asosan aytish mumkinki, mol-mulk, majburiyat huquqi, meros masalalarini tartibga solishga qaratilgan muayyan manbalar mavjud bo`lgan.

O`zbekiston hududida VI asrlardan to XX asr boshlariga qadar fuqarolikhuquqiy munosabatlar musulmon huquqi me'yorlari asosida tartibga solingan. Albatta, bunda musulmon huquqining sunniylik oqimi, xanafiya mazhabi asosiy o`rin egallagan. Musulmon huquqi amal qilgan davrlarda huquqning asosiy manbai Qur'oni Karim hisoblangan. Qur'oni Karimda mol-mulk, meros, vasiylik va homiylik, hadya, xayr-ehson, majburiyat munosabatlarida ahdga sodiqlik va shu kabi masalalarni tartibga soluvchi ko`rsatmalar mavjud. Qur'oni Karimda tartibga solinmagan fuqarolik-huquqiy munosabatlar sunna, ijmo, qiyos orqali tartibga solingan.

Sunna – Muhammad payg`ambar (s.a.v.)ning so`zlari, ko`rsatmala-ri, xattiharakatlaridir. Ular Hadislar ham deyiladi. Hadislar Qur'ondan keyingi ikkinchi muqaddas manba hisoblanadi. Ijmo – Qur'on va Hadisda aniq ko`rsatma berilmagan huquqiy masalalarni hal etishda faqihlar va mujtahidlarning to`planib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarish, ya'ni fatvo berishidir. Qiyos – islomda shariat manbalaridan biri bo`lib, Qur'on, Sunna, Ijmoda biror huquqiy masalaga aniq javob topilmaganida, uni shunga o`xshash masalaga taqqoslash yo`li bilan hukm chiqarishdir.

Shuni faxr bilan aytishimiz mumkinki, musulmon huquqini shakllantirishda va rivojlanishida buyuk ajdodlarimiz Burhoniddin Marg`inoniy, Imom al-Buxoriy, Ubu Iso Muhammad bin Iso Termiziylar muhim rol o`ynadilar. Ular tomonidan musulmon huquqining muhim manbai Hadislar to`planib, tizimga solindi, sharhlar tayyorlandi. Ayniqsa, Marg`inoniyning “Hidoya” nomli ko`p tomli asari asrlar davomida musulmon huquqida asosiy qo`llanma sifatida xizmat qilmoqda. Ma'lumki, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Markaziy Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston hududining katta qismi (Buxoro amirligi, Qo`qon va Xiva xonligi) Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olindi. Shu sababli ham O`zbekiston hududida yerli aholi uchun musulmon huquqi me'yorlari bilan birga, XIX asr oxirlari – XX asr boshlaridan Rossiya imperiyasining fuqarolik qonunlari qo`llana boshlandi. Bu qonunlar faqat yerli, tub joyli bo`lmagan kishilargagina qo`llangan, deb o`ylash noto`g`ri bo`lur edi. O`sha vaqtlarda tub joy aholisi ham kompaniyalar, shirkatlar, zavodlar, korxonalar, banklar tashkil eta boshlagan, Rossiya va boshqa xorijiy tijoratchilar bilan faol munosabatga kirishgan12. Ularning qimmatbaho qog`ozlar, tijorat amallari bilan bog`liq munosabatlarini tartibga solish bevosita Rossiya fuqarolik qonunlari bilan tartibga solina borgan. Demak, bu davrlarda fuqarolik munosabatlari o`ziga xos dualistik asoslar – musulmon huquqi va Rossiya imperiyasi qonunlari bilan tartibga solingan, desak bo`ladi.

Bunday dualistik asoslar Buxoro va Xorazm Xalq Respublika-lari fuqarolik qonunlariga ham xos bo`lgan. To`g`ri ushbu respublikalarda yagona kodifikatsiyalashgan fuqarolik qonuni bo`lmagan (Xorazm Respublikasi bundan mustasno. Chunki u yerda 1924 yilning 7 noyabrida Grajdanlik kodeksi qabul qilingan). Shariat, odat bilan birga, RSFSR qonunchiligi asosida ishlab chiqilgan me'yorlar ham amal qilgan. Mulkchilik munosabatlarida xususiy mulk bilan bir qatorda davlat mulki, vaqf mulki, turli kooperativlar mulki mavjud bo`lgan. Shartnomalar ko`pincha og`zaki, katta summalarda bo`lsa guvohlar ishtirokida, ko`chmas mulk bilan bog`liq bo`lsa yozma ravishda tuzilgan13. O`zbekistonda fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda sovet davri bir tekis kechmaganligi, ziddiyatli bo`lgan-ligini qayd etmoq kerak. 1917 yilgi Oktabr to`ntarishidan keyingi dastlabki “harbiy kommunizm” davrlarida amalda korxonalar o`rtasida pulsiz muomala – naryadlar asosida mahsulotlar ayirboshlash, kartochkalar orqali iste'mol mollari taqsimoti amalga oshirilgan, erkin savdo ta'qiqlangan14. Bu davr shu bilan yakunlandiki, xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlariga nafrat bilan qaragan marksistik hokimiyat yangi iqtisodiy siyosat davriga o`tishga, an'anaviy fuqarolik-huquqiy institutlaridan foydalanishga majbur bo`ldi. 1922 yil 31 oktabrda VSIK RSFSR Grajdanlik kodeksini qabul qildi va u 1923 yil 1-yanvardan boshlab amalga kirdi. Bu kodeks keyinchalik boshqa ittifoqdosh respublikalarning jumladan O`zbekiston SSRning ham grajdanlik kodeksiga namuna bo`ldi.

Turkiston ASSR 1924 yil dekabr oyigacha avtonom respublika sifatida RSFSR tarkibida bo`lganligi sababli, RSFSR qonunlari, jumladan yuqorida aytilgan Grajdanlik kodeksi ham Turkiston hududida bevosita amalda bo`ldi. O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topgandan so`ng O`zSSR Revolyutsion komiteti 1924 yil 27 noyabrda qaror qabul qilib, unda hokimiyatning tegishli organlari tomonidan O`zbekiston SSR uchun umumiy qonunlar tasdiqlanguncha uning tarkibiga kiradigan xududlarda SSSR Hukumati tomonidan qabul qilingan qonunlar va O`zbekiston SSRning tegishli xududlarida qo`llanib kelingan mahalliy qonunlar amalda bo`lib hisoblanishi16 belgilandi.

O`zSSR tarkibiga kirgan sobiq Turkiston ASSR hududida, so`ngra Markaziy Osiyo respublikalarining milliy davlat chegaralanishi o`tkazilishi munosabati bilan O`zSSR tarkibiga o`tgan sobiq Buxoro va Xorazm Halq respublikalari hududlarida O`zbekiston SSR Markaziy Ijroya Komitetining 1928 yil 28 yanvar tarixiy qaroriga ko`ra RSFSRning 1922 yilgi Grajdanlik kodeksi amalda bo`lishi belgilandi17. Ushbu kodeksga «O`zSSR chegarasida amalda bo`lgan Grajdanlik kodeksi» yoki “O`zSSRda amalda bo`lgan Grajdanlik kodeksi” degan nom berildi. O`zSSR Markaziy Ijroiya Qo`mitasi va Xalq Komissarlari Kengashining 1929 yil 13 aprel qaroriga muvofiq esa O`zSSR chegarasida bo`lgan Grajdanlik kodeksiga “O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Grajdanlik kodeksi” nomi berildi18. O`zbekiston hududida ham amal qila boshlagan GKning matniga O`zbekiston mustaqil o`zgarishlar kiritishga haqli ekanligi belgilab qo`yildi19. O`zbekiston Respublikasida to XX asrning 60-yillar boshlarigacha amal qilgan fuqarolik qonunchiligi o`z davri ziddiyatlari mazmunida aks ettiradi. Amalda fuqarolarning o`z fuqarolik huquqlarini amalga oshirish imkoniyatlari chegaralangan, xususiy mulk, tadbirkorlik ta'qiqlangan, huquq me'yorlarida mafkuraviy aqidalar ustuvor o`rinni egallagan edi. Deyarli barcha mol-mulk davlat qo`lida to`plangan, kuchli ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, harbiylashtirilgan tartibintizom fuqarolik qonunlari ta'sirini amalda zaiflashtirgan edi.

50-yilning o`rtalarida SSSR Grajdanlik kodeksi loyihasi ishlab chiqildi. Bu holat Ittifoqdagi respublikalarning nomiga bo`lsa ham, davlat suvereniteti mavjudligini amalda yo`qqa chiqarib, yagona qonunni joriy etishga olib kelishi mumkin edi. Biroq 1957 yilda SSSR Konstitutsiyasiga kiritilgan o`zgarishlar, ya'ni “iliqlik” (ottepel) davri bu g`oyani amalga oshirishga to`siq bo`ldi. 1956-1964 yillarda fuqarolik qonunchiligini kodifikatsiyalash bo`yicha sivilist olimlar o`rtasida juda katta bahs-munozaralar bo`lib o`tdi. 1961 yilda SSR Ittifoqi va ittifoqdosh respublikalar Grajdanlik qonunchiligi asoslarining qabul qilinishi bu bahslarga chek qo`ymadi. Bu bahslar ostida davlatga tegishli korxonalargina iqtisodiyotda yakka hukmronlik qilgan shart-sharoitlarda ular o`rtasidagi munosabatlarni fuqarolik qonunchiligi bilan emas, balki xo`jalik huquqi bilan tartibga solish, ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi bo`ysunish (vertikal) va shartnomali (gorizontal) munosabatlarni muayyan ma'muriy-buyruqbozlik usuli bilan tartibga solish yoki fuqarolik qonunchiligini bu munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohasidagi mavqeini saqlab qolish haqidagi qarashlar yotar edi. SSR Ittifoqi va ittifoqdosh respublikalar Grajdanlik qonunchiligi Asoslari asosida ishlab chiqilgan va 1963 yil 23 martda qabul qilingan O`zbekiston SSRning Grajdanlik kodeksi 8 bo`lim, 622 moddadan iborat bo`lgan. Uning mazmunida kommunistik mafkura aqidalari singdirilgan bo`lib, bu uning davlat mulkining imtiyozli huquqiy holatidan, fuqarolarning mulk huquqi cheklanganligi, jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari nazarda tutilmaganligi, juda ko`p masalalarni tartibga solish mahkamaviy hujjatlar ixtiyoriga berib qo`yilganligi va shu kabi holatlarda o`z aksini topgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishgan, mamlakatimizda bozor munosabatlarini qaror toptirish, huquqiy demokratik davlatni shakllantirish bosh maqsad sifatida belgilab olindi. Amaldagi GK esa bu vazifalarni bajara olmas edi.

Shu sababli ham o`sha davrdan boshlab fuqarolik qonunchiligi rivojida yangi bosqich boshlandi. Bu bosqichning xarakterli xususiyati shundaki, bunda GKning iqtisodiyot sohasini tartibga soluvchi me'yorlari amalda qo`llanmay qo`yildi. Ularning o`rniga Mulkchilik to`g`risidagi, Tadbirkorlik to`g`risidagi, Xo`jalik jamiyatlari va shirkatlari to`g`risidagi, Kooperatsiya to`g`risidagi, Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risidagi yangi qabul qilingan qonunlar ishlay boshladi. Ushbu qonunlarda xususiy mulk, tadbirkorlik o`zining huquqiy asoslariga ega bo`ldi, jamoat birlashmalari, turli tadbirkorlik tuzilmalari tashkil etishga va faoliyat yuritishiga keng yo`l ochildi hamda ularni amalga oshirish kafolatlari belgilab qo`yildi. Plan-rejaning iqtisodiyotda shartnomalarga nisbatan ustunligi bekor qilindi. Yuqorida sanab o`tilgan qonunlar o`tish davrida fuqarolik qonunchiligining o`zagini tashkil etdi, deb aytish mumkin. Ayni vaqtda eski GKning ayrim me'yorlari bozor munosabatlari tizimini shakllantirishga to`sqinlik qilishi mumkin edi. Bu salbiy ta'sirni bartaraf etish talab etildi. 1992 yilda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingandan keyin O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qo`mitasi GK 96-moddasi 2-qismini, ya'ni davlat mulkini qonunsiz egallashlaridan qaytarib olish bo`yicha talablarga nisbatan da'vo muddatini qo`llamaslik haqidagi me'yorni, Respublikamizda barcha mulk shakllarining tengligi va teng huquqiy himoya qilinishi xususidagi Konstitutsiyaning 53-moddasiga zid deb topdi, shu sababli ham u yuridik kuchga ega emas, deb belgilandi. Ayni vaqtda GKning bittadan ortiq uy-joyga shaxsiy egalik huquqining bekor bo`lishi haqidagi normasi (GKning 121- moddasi), yuridik shaxslar o`rtasidagi, o`zaro talablarga nisbatan qisqartirilgan da'vo muddati belgilash haqidagi norma (84-modda)lar ham bekor bo`ldi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin fuqarolik qonunlarini tubdan qayta qurish, bozor tizimi, huquqiy demokratik davlat talablari, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida yangilash vazifasi ko`ndalang qo`yildi. Fuqarolikhuquqiy munosabatlarni tartibga solishda eski GK o`rniga og`irlik markazini o`z zimmasiga olgan joriy qonunlarni uzviy bog`laydigan, yaxlit tizimga soladigan, ular o`rtasidagi mutanosiblikni ta'minlaydigan yangi FK ishlab chiqish lozim edi. Mamlakatimizda bu boradagi sa'y-harakatlar 1992 yil o`rtalaridan boshlandi.

Avvaliga bu jarayon respublikamiz sivilist olimlari guruhi faoliyati doirasida kechgan bo`lsa, keyinchalik keng miqyoslarga ko`chdi. MDH davlatlari, shu jumladan, Rossiya, Qozog`iston, Ukraina, Yevropa mamlakatlari olimlari bilan respublikamiz olimlari ham MDH mamlakatlari uchun FK modelini yaratishda hamkorlik qilishdi. Bunday hamkorlikning zarurati quyidagilar bilan izohlanadi: –birinchidan, MDH mamlakatlari, shu jumladan, O`zbekiston bozor munosabatlari tizimini qaror toptirishni o`z pirovard maqsadlari qilib belgilashdi. Bozor munosabatlari tizimi huquqiy asoslari barcha uchun umumiy jihatlarga ega. Demak, ushbu umumiy jihatlarni har qaysi MDH davlati yakka-yakka ishlab chiqqanidan ko`ra, birgalikda, hamkorlikda ishlab chiqishi maqsadga muvofiq edi; –ikkinchidan, bunday hamkorlikda, Yevropa mamlakatlari sivilist olimlari ishtirokida FK modelini yaratish rivojlangan mamlakatlar fuqarolik qonunlarining eng ilg`or tajribasidan foydalanishga imkon berardi; –uchinchidan, FKning yagona modeli (namunaviy andozasi) asosida MDH mamlakatlari o`z fikrlarini ishlab chiqarishlari bu mamlakatlar va rivojlangan mamlakatlar fuqarolik qonunlarining bir-birlariga yaqinlashuviga, ular o`rtasida ziddiyatlar yoxud nomuvofiqliklarni kamaytirishiga, oxir-oqibatda o`ziga xos yagona huquqiy maydon vujudga kelishiga ko`maklashdi. Bu esa mamlakatlar o`rtasidagi iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi. O`zbekistonda yangi FKni ishlab chiqishda, eng avvalo, fuqarolik qonunchiligining tarkibi to`g`risida bahs-munozaralar bo`lib o`tdi. Bunda asosan Yevropa mamlakatlarining ba'zi olimlari O`zbekistonda FKdan Savdo kodeksini alohida ajratib chiqarishni taklif etdilar. Xususiy huquq tizimini ikkiga ajratadigan dualistik tizimda fuqarolik huquqi va savdo huquqi alohida-alohida huquq sifatida mavjud bo`ladi va bu qator rivojlangan mamlakatlarda amal qiladi (masalan, Fransiya Savdo kodeksi (1807y.), Germaniya Savdo tuzuklari (1896y.), AQSH Namunaviy savdo kodeksi (1958y.). Biroq bu nuqtai-nazar O`zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini kodifikatsiyalashtirish jarayonida sezilarli ta'sir ko`rsata olmadi va rad etildi. Buning o`ziga yarasha sabablari bor edi. Birinchidan, mamlakatimizda ma'muriy-buyruqbozlik tizimi oqibatlarini bartaraf etish, bozor munosabatlari tizimiga o`tish bosqichida birdaniga fuqarolik qonunchiligini ikkiga bo`lish, uni qo`llash amaliyotda jiddiy qiyinchiliklar, anglashilmovchiliklarni keltirib chiqarishi, sivilist olimlar guruhida ixtisoslashuv, bo`linishga olib kelishi va bu esa fuqarolik huquqi fani rivojiga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin edi. Ikkinchidan esa, hozir butun dunyoda fuqarolik va savdo huquqi normalarining yaqinlashuvi, unifikatsiyalash jarayoni ketayotgan bir vaqtda mamlakatimizda fuqarolik huquqini ikkiga ajratish dunyo mamlakatlaridagi fuqarolik qonunlari umumiy rivojlanish yo`nalishiga nomuvofiq bo`lgan bo`lur edi.

Shuni ta'kidlash o`rinliki, yangi FKni ishlab chiqish va amalga kiritish bilan fuqarolik huquqining rivojlanish jarayoni to`xtab qolgani yo`q. Aksincha, bugun o`z rivojining yangi bosqichiga qadam qo`ymoqda. Bundagi asosiy strategik yo`nalish bozor munosabatlari tizimini mustahkamlash, fuqarolik-huquqiy munosabatlarini amalga oshirish jarayonini erkinlashtirish, shaxsiy huquqlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish va muhofaza qilish darajasini yuqoriga ko`tarish hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, O`zbekistonda fuqarolik huquqining rivojini quyidagi davrlar va bosqichlarga bo`lish mumkin:

1.Musulmon huquqi davri. Bu XIX asrning 2-yarmigacha davom etgan.

2.Dualistik davr. Bu davr XIX asr oxiri va XX asr boshlarini o`z ichiga oladi. Bu davrda fuqarolik munosabatlari musulmon huquqi normalari bilan birga ayrim sohalarda Rossiya imperiyasi qonunlari bilan ham tartibga solingan.

3.Sovet davri. Bu davr bir necha bosqichlarga bo`linadi. Birinchi bosqich 1917-1924 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davrda Turkiston, shartli ravishda Buxoro va Xorazm Respublikalarida amal qilgan fuqarolik normalarining o`ziga xosligini ko`rsatish mumkin. Ikkinchi bosqich 1925 yildan to 60-yillar boshlarigacha bo`lgan vaqtni o`z ichiga oladi. Bunda fuqarolik qonunlarining ahamiyati, ayniqsa, iqtisodiyot sohasida juda kam bo`lgan. Uchinchi bosqich o`tgan asrning 60-yillar boshlaridan to 80-yillar oxiriga qadar davom etgan. Bu davrda ma'muriy tizim ustuvorligi sharoitida fuqarolik normalari amal qilgan.

4.O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi bilan fuqarolik qonunchiligi rivojida sifat jihatdan yangi davr boshlandi. Bu davrni ham ikki bosqichga bo`lish mumkin. Birinchi bosqichda – 1991 yildan 1997 yilgacha fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda asosiy og`irlik markazi eski GKga emas, yosh, mustaqil davlatning joriy qonunlari zimmasiga tushgan. Yangi FK amalga kiritilgandan boshlab esa fuqarolik qonunchiligi rivojining yangi bosqichi boshlandi.

Download 359,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish