“ijtimoiy fanlar” kafedrasi


Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining shakli



Download 359,12 Kb.
bet115/128
Sana27.01.2022
Hajmi359,12 Kb.
#412364
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128
Bog'liq
Fuqarolik huquqi talabalarga

2.Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining shakli.

FKning 603-moddasida Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining shakli belgilab berrilgan bo`lib,

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

Fuqarolar o'rtasidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi notarial guvohlantirilishi kerak. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi uchun qonun hujjatlarida majburiy yozma shakl va notarial guvohlantirish belgilangan. Sharhlanayotgan modda yozma shaklning aynan qaysi biri qo'llanilishi masalasida aniqlik kiritmasa-da, undan ikkala taraf tomonidan imzolanadigan yagona hujjat haqida so'z borayotganligi anglanadi.

Mazkur moddaga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga asosan fuqarolar o'rtasidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi notarial guvohlantirilishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksining 159–1-moddasiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga asosan mazkur qoidaga amal qilmaganlik, ya'ni uy-joy fuqarolar o'rtasida ijaraga berilganda notarial guvohlantirilgan shartnomaning mavjud emasligi, 2012 yil 1 fevraldan boshlab eng kam oylik ish haqining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga asos bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 25-moddasi ko'ra, turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinishi (ro'yxatdan o'tkazilishi) lozim. Mazkur moddaning 4-qismiga asosan turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasiga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining qoidalari qo'llaniladi. Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasining O'zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksi bilan tartibga solinmagan munosabatlari fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Turar joyni ijaraga berish shartnomasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat bergan organlar bilan turar joyni olayotgan fuqarolar o'rtasida yozma shaklda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.

Uy-joy Kodeksining 35-moddasiga asosan turar joyni ijaraga berish shartnomasining yozma shaklda bo'lishiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab bo'ladi.

Ijaraga beruvchi (munitsipal uy-joy tashkiloti yoki turar-joy mulkdori) va ijaraga oluvchi o'rtasida turar joyni ijaraga berish shartnomasining yozma shaklda tuzilishi taraflarning turar-joydan foydalanish bo'yicha huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi.

Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to'g'risida»gi Nizomning 14-bandiga asosan kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanish uy-joy egasidan vakolat olgan uy-joy fondiga xizmat ko'rsatish va uni tuzatish bo'yicha tegishli korxona bilan turar joyni egallash huquqini beruvchi order berilgan fuqaro o'rtasida turar joyni ijaraga olish shartnomasini tuzish orqali rasmiylashtiriladi.

Mazkur nizomga ko'ra turar joyni ijaraga berish shartnomasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat bergan organlar bilan turar joyni olayotgan fuqarolar o'rtasida yozma shaklda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.

Turar joyni ijaraga berish shartnomasining yozma shaklda bo'lishiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab bo'ladi.

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarining mulkdorlari, arendatorlari va ijarachilari ta'mirlash korxonalari bilan namunaviy shakli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan turar joylarga texnik xizmat ko'rsatish shartnomasini tuzadilar.

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi to'g'risidagi nizomlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 86-moddasiga muvofiq,turar joy arendasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinishi (ro'yxatdano'tkazilishi) lozim.

Binolar va inshootlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tuman, shahar kadastr daftarida, turar-joy binolari va inshootlari tuman reestr daftarida amalga oshiriladi.

Davlat ro'yxatidan o'tkazishda kadastr yoki reestr daftariga binolar va inshootlarga egalik huquqini yoxud boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo bo'lishi, boshqa shaxsga o'tishi, cheklanishi va to'xtatilishi) haqidagi, shuningdek ob'ektni tavsiflovchi boshqa ma'lumotlar to'g'risidagi ma'lumotlar yozib qo'yiladi.

Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 7 yanvarda 387-son bilan ro'yxatga olingan «Bino va inshootlarni (ijara, garov, servitut yoki egalik huquqining cheklanishi) davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risida»gi Yo'riqnomaning 55-moddasiga ko'ra, bino va inshootlarni bundan keyin ro'yxatga olish xuquqiy rejimi (ijara, garov, servitut yoki mulk yoki boshqa xuquqlarning chegaralanishlari) xujjatlarni taqdim etilishi bilan barobar olib boriladi (shartnomalarni, sud va xo'jalik sudining qarorlarini va boshqalar).

Ko'chmas mol-mulkka bo'lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ huquq egasining iltimosiga ko'ra amalga oshirilgan ro'yxatdan o'tkazishni ro'yxatdan o'tkazilgan huquq yoki bitim to'g'risida hujjat berish yoxud ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozish yo'li bilan tasdiqlashi shart (O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 84-moddaning 3-qismi).

O'zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 86-moddasiga muvofiq turar joy arendasi shartnomasi quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak:

turar-joyni arendaga berish tartibi va uning qiymati;

turar joy arendasining muddatlari;

turar joyni arendaga berish shartlari va arenda haqi miqdori, uni to'lash muddatlari;

arendaga beruvchi arendaga berayotgan turar joyning, muhandislik qurilmalarining holati to'g'risidagi ma'lumotlar;

shartnoma muddati o'tishi bilan turar joyni arendaga beruvchiga qaytarish tartibi;

arendaga berilgan turar joyga qarash, xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash bo'yicha taraflarning majburiyatlari;

arendaga berilgan turar joyni ijaraga berish yoki ikkilamchi arendaga berish imkoniyatlari, shartlari va tartibi;

taraflarning javobgarligi.

Turar joy arendasi shartnomasiga taraflarning kelishuvi bo'yicha qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi to'g'risidagi nizomlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 76-moddasi ham xizmat turar joyi ijara shartnomasining yozma shaklda tuzilishini nazarda tutadi. Xizmat turar joyi ijara shartnomasi shu turar joy mulkdori yoki u vakil qilgan organ bilan ish, xizmat vaqtida undan foydalanish uchun topshirilayotgan shaxs o'rtasida tuziladi. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 27 yanvardagi 24-son qarori bilan «Xizmat turar joyini ijaraga olish namunaviy shartnomasi» tasdiqlangan.


Download 359,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish