“ijtimoiy fanlar” kafedrasi



Download 359,12 Kb.
bet112/128
Sana27.01.2022
Hajmi359,12 Kb.
#412364
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128
Bog'liq
Fuqarolik huquqi talabalarga

3.Mualliflik huquqi

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo'lmish fan, adabiyot va san'at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadrqimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat'i nazar, tatbiq etiladi. Mualliflik huquqi quyidagi biron-bir ob'ektiv shaklda bo'lgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi:

yozma (qo'lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo);

og'zaki (omma oldida so'zlash, omma oldida ijro etish va hokazo);

ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo);

tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr va hokazo);

hajmli-fazoviy (haykal, model`, maket, inshoot va hokazo);

boshqa shakllardagi.

Mualliflik huquqi g'oyalar, printsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki kontseptsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi.

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo'lmish fan, adabiyot va san'at asarlariga nisbatan tatbiq etilishini anglatadi. Biroq, FK va amaldagi boshqa qonun hujjatlarida«asar» tushunchasining legal ta'rifi mavjud emas.

Mualliflik huquqining ob'ekti to'g'risida gap borar ekan, amaldagi qonun hujjatlarida u yoki bu asarni mualliflik huquqi ob'ekti deb e'tirof etishga ta'sir ko'rsatmaydigan belgilar sanab o'tilgan. FKda berilgan ta'rifga muvofiq, «mualliflik huquqi» asarlarga nisbatan, ularning:

a) maqsadi;

b) qadr-qiymati;

v) ifodalanish usulidan qat'i nazar, tatbiq etiladi.

Bulardan anglashiladiki, asar o'quvchilarning keng doirasi o'rtasida tarqatish yoki faqatgina tor doiradagi odamlar tanishishi uchun mo'ljallanganligi ahamiyatga ega emas. Masalan, talabaning kurs ishi taniqli muallif tomonidan yozilib, katta qadr-qimmatga egaligidan yoki yozishni endigina boshlayotgan muallif tomonidan yozilganligidan qat'i nazar, har qanday holatda ham asar, ya'ni kurs ishi mualliflik huquqi ob'ekti sifatida e'tirof etiladi. Xuddi, shuningdek asar nashr etilganligi yoki bittagina qo'lyozma nusxada ekanligi, radio orqali eshittirilganligi yoki sahnada o'qilganligi ham ahamiyatga ega emas, ya'ni asarning ifodalanish usuli uni mualliflik huquqi ob'ekti sifatida e'tirof etilishiga ta'sir qilmaydi.

2. Mualliflik huquqi oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi. Asarni oshkor qilish tushunchasi O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 iyulda qabul qilingan O'RQ–42-sonli «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida»gi Qonunida mavjud. Chunonchi, mazkur Qonun 3-moddasining to'rtinchi xatboshisiga muvofiq, asarni oshkor qilish deyilganida: «muallifning roziligi bilan amalga oshirilgan, asarni chop etish, omma oldida namoyish etish, omma oldida ijro etish, efirga uzatish yoki boshqacha usulda yuborish yo'li bilan ilk bor asardan barchaning voqif bo'lishi uchun imkon beradigan harakat» tushuniladi.

Bu o'rinda shuni ta'kidlash joizki, asarning u yoki bu usulda oshkor qilinganligi fakti ko'pincha mualliflik huquqini muhofaza qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Masalan, asarga bo'lgan mualliflik to'g'risida nizo paydo bo'lganida, agar muallifning asari nashr qilib bo'lingan yoki o'quvchilarning keng doirasiga ma'lum bo'lsa va boshqa shu kabi hollarda muallif o'z huquqlarini muhofaza qilishi oson bo'ladi.

Biroq, roman u nashr etib bo'linganidan keyingina mualliflik huquqi ob'ektiga aylanadi (ya'ni, huquqiy muhofazaga ega bo'ladi) deb o'ylash noto'g'ri bo'ladi.

3. Ayni bir vaqtda huquqiy muhofaza ob'ektiga aylanish uchun asar ob'ektiv ravishda mavjud bo'lishi kerak. Ushbu qoida umuman huquq ob'ektlarining barchasiga ham teng ravishda taalluqlidir. Masalan, uy qurish g'oyasi emas, balki uyning o'zi mulk huquqi ob'ekti bo'lishi mumkin. Xuddi shuningdek, asarning o'zi ham ob'ektiv ravishda mavjud bo'lishi kerak, zero, kartina yaratish fikrining birgina o'zi qonun bilan muhofaza qilinmaydi. FKning 1041-moddasida belgilanganiga ko'ra mualliflik huquqi «biron-bir ob'ektiv shaklda bo'lgan» asarga nisbatan tatbiq etiladi. Mazkur modda ana shu shakllarning ro'yxatini ham o'z ichiga olgan. Biroq, bu ro'yxat tugal emas, uni yana davom ettirish mumkin. Bunda yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, asar mavjud bo'lishining (ifodalanishining) muayyan shakli uni mualliflik huquqi ob'ekti sifatida e'tirof etish uchun ahamiyatga ega emas.

Masalan, asar nomoddiy, his qilib bo'lmaydigan, ma'naviy predmet sifatida namoyon bo'ladi. Asarning u yoki bu ob'ektiv shaklda ifodalanishi, qoida tariqasida, uni u yoki bu moddiy predmet shaklida — kitob, kasseta, haykal va boshqa shu kabilarda aks ettiradi. Bundan faqatgina omma oldida so'zlash, omma oldida ijro etish va boshqa shu kabi asarni og'zaki ifodalash shakli mustasno. Bu o'rinda shuni nazarda tutish kerakki, intellektual ijodiy faoliyat natijasiga yoki individuallashtirish vositasiga bo'lgan mutlaq huquq bunday natija yoki individuallashtirish vositasi aks ettirilgan moddiy ob'ektga bo'lgan mulk huquqidan qat'i nazar mavjud bo'ladi. Xuddi shunga o'xshash qoida «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida»gi Qonunda ham mavjud (38-modda, oltinchi qism): asarga bo'lgan mualliflik huquqi asar aks ettirilgan moddiy ob'ektga bo'lgan mulk huquqi bilan bog'liq emas. Qandaydir moddiy ob'ektga bo'lgan mulk huquqini yoki egalik qilish huquqini boshqa shaxsga berish ushbu ob'ektda aks ettirilgan asarga bo'lgan mualliflik huquqini boshqa shaxsga berishga sabab bo'lmaydi, qonunda nazardatutilgan hollar bundan mustasno.

4. Mualliflik huquqi ob'ektlari bo'lgan asarlarda asarning shaklini farqlash qabul qilingan. Bu o'rinda shakl deyilganida asar tilining elementlari tushuniladi. Asarlarning tili ular ijodning qaysi turiga taalluqliligiga qarab farqlanadi. Masalan, musiqa asarlariga — tovushlar (notalar) tili, tasviriy san'at asarlariga — chiziqlar, ranglar tili xosdir.

Ana shuni hisobga olgan holda mualliflik huquqi faqatgina asarning shakl elementlarini yoki shakl va mazmun elementlarini birgalikda muhofaza qiladi. Mazmun elementlarining birgina o'zi qonun bilan muhofaza qilinmaydi. Sharhlanayotgan moddaning uchinchi qismida belgilanganiga muvofiq, mualliflik huquqi g'oyalar, printsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki kontseptsiyalarga tatbiq etilmaydi.

Bu masalada amaliyotda uchrab turadigan rasmiy yondashuvga yo'l qo'ymaslik kerak. Masalan, ko'pgina ilmiy, shu jumladan ilmiy-publitsistik ishlar turli «kontseptsiyalar», «tizimlar» va boshqa shu kabilar nomi bilan yuritiladi. Biroq, bu hol ular mualliflik huquqi ob'ektlari hisoblanmaydi, degan ma'noni anglatmaydi.

FKning 1042-moddasida mualliflik huquqi ob'ektlarining turlari ko`rsatib o`tilgan. Unga ko`ra,

Mualliflik huquqi ob'ektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o'quv, publitsistik va boshqa asarlar);

dramatik va stsenariy asarlar;

matnli va matnsiz musiqa asarlari;

musiqali-dramatik asarlar;

xoreografiya asarlari va pantomimalar;

audiovizual asarlar ;

rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa

tasviriy san'at asarlari;

manzarali-amaliy va sahna bezagi san'ati asarlari;

arxitektura, shaharsozlik va bog'-park barpo etish san'ati asarlari;

fotografiya asarlari va fotografiyaga o'xshash usullarda yaratilgan asarlar;

jo'g'rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo'g'rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;

barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari;

ushbu Kodeksning 1041-moddasida belgilab qo'yilgan talablarga javob beruvchi boshqa asarlar.

FKning 1044-moddasida esa mualliflik huquqi ob'ektlari hisoblanmaydigan materiallar ko`rsatib o`tilgan.

Quyidagilar mualliflik huquqi ob'ektlari hisoblanmaydi:

rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;

rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);

xalq ijodiyoti asarlari;

oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar;

insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.

FKning 1065-moddasiga muvofiq Mualliflik huquqining amal qilish muddati quyidagicha:

Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin ellik yil davomida amal qiladi, ushbu moddada va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Hammualliflikda yaratilgan asarga bo'lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr ko'rgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi.

Taxallus ostida yoki imzosiz qonuniy oshkor qilingan asarga bo'lgan mualliflik huquqi asar oshkor qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Agar ko'rsatilgan muddat ichida taxallus ostidagi yoki imzosiz asar muallifi o'z shaxsini ma'lum qilsa yoki bundan buyon uning shaxsi shubhaga o'rin qoldirmasa, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddatlar qo'llaniladi.

Muallifning vafotidan keyin birinchi marta e'lon qilingan asarga bo'lgan mualliflik huquqi asar e'lon qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Mualliflik huquqi, mualliflik ismiga bo'lgan huquq va muallif obro'sini himoya qilish huquqi muddatsiz muhofaza qilinadi.

Asarga O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq muhofaza berilgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi hududida mualliflik huquqining amal qilish muddati ushbu moddaga binoan belgilanadi. Lekin bu muddat asar kelib chiqqan mamlakatda belgilangan mualliflik huquqining amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak.

Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash muddatning o'ta boshlashi uchun asos bo'ladigan yuridik fakt yuz bergan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan e'tiboran boshlanadi.


Download 359,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish