ABDULLA AVLONIY
Yangi davr o’zbek madaniyati, adabiyotining asoschilaridan biri, bolalar adabiyoti, o’zbek milliy teatri, dramaturgiyasi, matbuoti, o’zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo’ygan, xalqimizning asl farzandi Abdulla Avloniydir.
Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkentning Mergancha mahallasida to’quvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Avval O’qchidagi boshlang’ich maktabda, so’ng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq ko’proq mustaqil o’qibo’rgandi, tez orada o’z davrining savodxon, ma’rifatparvar kishisiga aylandi. Avloniy asrimiz boshlarida o’lkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodxon qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod ko’rish, farovon etish yo’lida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda ko’p sohalarda faol ish olib bordi. 1907 yilda o’z uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi.
U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usuli jadid» maktablari uchun to’rt qismdan iborat «Adabiyot yohud milliy she’rlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yohud axloq» kabi darslik va o’qish kitoblari tuzdi. Maktabmaorif ishlariga yordam ko’rsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi«Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob do’konini ochdi.
Abdulla Avloniy o’zbek teatrining taraqqiyotida ham alohida xizmat ko’rsatdi. Uning «Turon» truppasi (1913) o’lkamizda tashkil etilgan birinchi professional teatr truppasi edi. Adib dramaturgiyada ham unumli faoliyat olib bordi. Tatar, ozarbayjon dramaturglarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi, o’zi ham «Pinak», «Advokatlik osonmi?», «Biz va siz» nomli pesalar yozib, sahnaga qo’ydi. fevral va oktyabr voqyealaridan so’ng Avloniy «Turon» nomli gazeta nashr etib, unda ilgor qarashlarni ilgari surdi.
1919—1920 yillarda Afgoniston elchixonasida bosh konsul vazifasida ishladi. Xizmatdan qaytgach, ma’rifatparvarlik faoliyatini davom ettirdi. Harbiy o’quv yurtida, O’rta Osiyo davlat universitetida o’zbek tili va adabiyotidan dars berdi, professor darajasiga ko’tarildi.
Ma’rifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934 yil 25 avgustda Toshkentda vafot etdi. Toshkentdagi Botkina qabristonida dafn etilgan.
ABDULLA QODIRIY
Abdulla Qodiriy yangi davr o’zbek adabiyotining asoschilaridan biri, o’zbek milliy romanchilik maktabining tamal toshini qo’ygan buyuk adibdir.
U 1894 yil 10 aprelda Toshkentda bogbon oilasida tugilgan. 910 yoshlarida eski usuldagi maktabda tahsil ko’radi. So’ng rustuzem maktabida o’qiydi. 1718 yoshlarida bir savdogarga prikazchiklikka yollanib, uch-to’rt yil ishlaydi. So’ng bogbonlik bilan tirikchilik o’tkazadi.
Abdulla Qodiriy ijodi 1913—1914 yillarda boshlands U shu yillari barcha iltor fikrli yoshlar qatori jadidchilik harakatmga qo’shilgan va o’zining ilk asarlarida ma’rifat, millat taraqqiyoti va hurligi g’oyalarini targ’ib eta boshlagan. Qodiriy dastlab ma’rifiy she’rlar yozdi. «Ahvolimiz», «Millatimiz», «To’y» kabi she’rlari jadid matbuotida e’lon qilindi.
1915 yili u Behbudiyning «Padarkush» fojiasi ta’sirida «Baxtsiz kuyov» pesasini yozadi. So’ng o’zi «milliy ro’mon» deb atagan «Juvonboz» hikoyasini yaratadi. Bu asarlar ham, avvalo, ma’rifatparvarlik qarashlari mahsuli bo’lib, jamiyatdagi chirkin illatlar va qoloq urfodatlarni keskin tanqid qilishga yo’naltirilgan.
1916 yilda yozilgan «Uloqda» hikoyasi A.Qodiriy ijodida badiiy izlanishlar rivojini ko’rsatadigan muhim hodisalardandir.
1917 yil fevral va oktyabr voqyealaridan keyin A.Qodiriy hayotida ham, ijodida ham o’zgarishlar ro’y berdi. U sho’ro idoralarida ishladi. «Ishtirokiyun» va «Qizil bayroq» gazetalarida adabiy xodmm, «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan bo’ldi. Moskvada V.Bryusov nomidagi jurnalistlar institutida tahsil oldi.
A.Qodiriy 1925—1926 yillarda «O’tgan kunlar» romanini e’lon qiladi. Bu to’laqonli realistik ilk o’zbek romani bo’lib, Qodiriyning jadidona siyosiy qarashlari yuksak badiiy ifodasini topgan asar edi.
1928 yili yozuvchi «Mehrobdan chayon» romanini e’lon qildi. Bu roman ham adibga katta shuhrat keltirdi. Bundan tashqari, A.Qodiriy «Obid ketmon» qissasining, «Toshpo’lat tajang nima deydi?», «Kalvak maxzumning xotira daftaridan» turkum satirik hikoyalarning, rus va Yearb adabiyotidan o’girilgan qator tarjimalarning ham muallifidir.
Abdulla Qodiriy 1937 yil oxirlarida hibsga olinib, 1938 yil 4 oktyabrda Toshkentda Bo’zsuv bo’yida qatl etilgan.
ABDURAUF FITRAT
Yirik davlat va siyosat arbobi, shoir va olim, nosir va dramaturg, ma’rifatparvar Fitrat 1886 yili Buxoroda ziyoli oilasida dunyoga keldi. Dastlab eski maktabda o’qidi, keyin Mirarab madrasasida tahsilni davom ettirdi.
Asrimiz boshlarida vujudga kelgan «Tarbiyai atfol» jamiyati ko’magida 1909—1913 yillarda Istambulda tahsil oldi. Bu yerda qizg’in ijod qildi. Shuning samarasi o’laroq, 1911 yili «Sayha» («Faryod») nomli she’riy to’plamini chop ettiradi. Turkiyadan qaytgach, Buxoroda o’qtuvchilik qiladi. «Yosh buxoroliklar» harakatida faol ishtirok etadi, uning bosh mafkurachisi, g’oyaviy yo’lboshchilaridan biriga aylanadi.
1917 yil aprelidan 1918 yil martigacha Samarqandda chiqib turgan «Hurriyat» gazetasiga muharrirlik qiladi. 1918 yili Fitrat Toshkentga keladi.
U bu yerda asosan ilmiy, ijodiy, ma’rifiy ishlar bilan ko’proq band bo’ldi. U bir qator darsliklar tuzadi, «Chig’atoy gurungi» nomli ijtimoiyadabiy tashkilotda faol ishtirok etadi.
1921 yili Buxoroga taklif etiladi. U xalq xo’jaligining bir qator sohalarini yaxshilashda, ayniqsa, maorif sohasida sezilarli ishlarni amalga oshiradi. Uning tashabbusi bilan bir guruh iqtidorli yoshlar Istambul, Berlin, Moskva kabi shaharlarga o’qishga yuboriladi. Buxoro maktablari uchun o’quv qurollari, darslik va qo’llanmalar nashr etish yo’lga qo’yiladi.
Fitrat 1921—1922 yillarda bir qator yuqori lavozimlarda ishlab, o’zining davlat arbobi sifatidagi iste’dodini ko’rsata oldi.
U 1923—1924 yillarda Moskva va Leningradda yashads Sharq tillari institutida ishladi. Turk arab, fors tillari va adabiyotidan yoshlarga dars berdi. Leningrad dorilfununi professorligiga saylandi. «Abulfayzxon», «Bedil», «Qiyomat», «Shaytonning tangriga isyoni» kabi asarlar yozib, chop ettirdi. Moskvadan qaytgach, respublikamizning ilmiy, madaniyma’rifiy hayotida faoliyat ko’rsatadi.
Fitrat tilshunos olim sifatida o’zbek tilining qoidalari to’grisida «Sarf», «Nahv» asarlarini yozdi.
Musiqashunos olim sifatida «Shashmaqom», «O’zbek klassik musiqasi ham uning tarixi», «Sharq musiqasi» kabi tadqiqotlar yaratdi. 30yillarda u ilmiytadqiqot muassasalarida, o’qituvchilar malakasini oshirish instituti va dorilfununda ishladi.
1937 yili «xalq dushmani» sifatida hibsga olinib, 1938 yili Toshkent shahrining hozirgi Yunusobod tumani Bo’zsuv qirg’og’idagi qatlgohda otib tashlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |