Tushuncha – narsa va xodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bitta so`z yoki so`zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkurning mantiqiy shakli.
Tushunish – biror narsaning ma’nosi va ahamiyatini anglash qobiliyati, asosiy erishilgan natijasi.
Taxlil – tafakkur qilish usuli, bunda murakkab ob’ektlar qismlarga bo`linib o`rganiladi.
Taqqoslash – narsa va xodisalar o`rtasidagi o`xshashlik va tafovutlarni aniqlashga asoslangan fikrlash operatsiyasi.
Trening – mashq qilmoq, guruxlarda muloqotning samarali tashkil etish usuli bo`lib, shaxsning muloqotga o`rgatish va obro`li bo`lishini rivojlantirish maqsadida o`tkaziladi.
Temperament – shaxsning individual-psixologik xususiyatlari majmui bo`lib, u kishida faoliyat va xulq-atvorning dinamik va emotsional tomonlari bilan xarakterlanadi.
Tobe shaxs – muloqot va boshqa jarayonlarda shaxsda ko`nikuvchanlik, boshqa kishilarga bog`liqlik, fikriga bo`ysunish xususiyatlarining tarkib topishi.
Umumlashtirish – voqelikdagi narsa va xodislarni umumiy va muhim belgilariga qarab fikran birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni.
Uyushganlik - guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy printsiplari, qadriyatlarini anglashlari.
Ustanovka – yo`nalish, kishining tevarak-atrofdagi odamlarga va ob’ektlarga nisbatan qanday munosabatda bo`lish, ularni idrok qilish, ularga baho berish va ularga nisbatan xarakatining tayyorlik xolati.
Faoliyat – insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli paydo bo`ladigan va tashqi olam bilan kishining o`z-o`zini bilishga, uni qayta qurishga yo`naltirlgan faolligi.
Faollik – tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak muhit bilan o`zaro ta’sirda bo`lishida namoyon bo`ladi.
Flegmatik – temperament turlaridan biri bo`lib, harakatlar sekinligi, barqarorligi, emotsional xolatlarning tashqi ko`rinishlari kuchli emasligida namoyon bo`ladi.
Xarakter – kishidagi barqaror psixik xususiyatlarining individual birligi bo`lib, shaxsning mehnatga, narsa va xodisalarga, o`ziga va boshqa kishilarga munosabatlarida namoyon bo`ladi.
Harakat – maqsadga muvofiq yo`naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig`indisi. H. Ongli faoliyatning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir.
Xulosa chiqarish – tafakkurning mantiqiy shakllaridan bo`lib, bir qancha xukmlar asosida ma’lum xulosa chiqariladi. X.ch. induktiv, deduktiv va analogik turlarga ajratiladi.
Xolerik – temperament turi bo`lib, xissiyot jo`shqinligi, kayfiyatning
tezda o`zgarishi, hissiyotning muvozanatsizligi va umuman xarakatchanligi bilan ajralib turishi xosdir.
Shaxs – ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug`ullanuvchi betakror odam.
Shaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o`zlashtirish jarayonidir.
Shaxslararo munosabat – muloqot jarayonidagi o`zaro ta’sir etish natijasida ro`y beradigan ijtimoiy-psixologik hodisalar.
Shakllar – bevosita va bavosita tur bo`lib, yuzma-yuz yoki vosita orqali amalga oshishi ko`zda tutiladi.
Shakllanganlik - odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo`lishi bilan bog`liq psixologik jarayon.
Shartli – odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga ko`ra biror guruhga taalluqli deb qarash.
Emotsiya – odam va hayvonlarning sub’ektiv ifodalangan ichki va tashqi qo`zg`oluvchilar ta’siriga javob reaktsiyasi.
Egotsentrizm – men, markaz ma’nosida individualizm va egoizmning eng tuban turi.
Ekstrovert shaxs – shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o`z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining yuqoriligi.
Empatiya – boshqa odamlarning psixik holatini tushunish qobiliyati. O`qish – shaxsning bilim va faoliyat usullarini egallashga hamda uni
mustahkam esda saqlab qolish jarayoni.
O`yin – faoliyat turlaridan biri bo`lib, bolalarning kattalar faoliyatini, ish xarakatlarini aks ettirishda ifodalanadigan va atrofni bilishga qaratilgan faoliyatdir.
O`z-o`ziga baho berish – shaxsning o`z-o`ziga baho berishi.
Qobiliyat – shaxsning ma’lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biror faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyati.
Qiziqish – shaxsning o`zi uchun qimmatli va yoqimli narsa yoki xodisalarga munosabati.
Qobiliyatlar – shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyati.
5310100 -Energetika
5310700 -Elektrotexnika. Elektromexanika Elektrotexnologiya
5310800 -Elektronika va Asbobsozlik
5310200 - Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo’nalishlar bo’yicha)
5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
va boshqarish
5310900 – Metrologiya standartlashtirish va maxsulot
sifati menejmenti
Do'stlaringiz bilan baham: |