Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan



Download 1,64 Mb.
bet40/83
Sana11.04.2022
Hajmi1,64 Mb.
#542705
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
Bog'liq
5 6325499938012660880

Monizm prinsipi. Biror bir voqelikni tadqiq etishda alohida shaxsga taalluqli jihatlarni asos qilib olish va shu asosda xulosalar chiqarishni nazarda tutadi.
Monizm so'zi bitta alohida ma'nosini anglatadi.
Psixologiyaning sohalari.Psixologiya fani ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amal qiladi. Chunki qayerda inson faoliyat ko'rsatar ekan, o'sha yerda inson ruhiyati bilan bog'liq muammolar yuzaga chiqadi. Hozirgi kunda psixologiyaning 70 dan ziyod sohalari faoliyat ko'rsatmoqda. Masalan: umumiy psixologiya, medisina psixologiyasi, sport, muhandislik, oila, harbiy, yuridik, aviasiya, kosmik, yosh davrlar psixologiyasi, pedagogik, etnopsixologiya, differensial psixologiya va hokazolar. umumiy psixologiya-psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o'ziga xos jihatlarini o'rganadigan maxsus soha; pedagogik psixologiya-kishiga ta'lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o'rganishni o'z predmeti deb biladi; yosh davrlar psixologiyasi-turli yoshdagi odamlarning tug'ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o'zaro munosbatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o'zgarishi tamoyillarini o'rganadi; ijtimoiy psixologiya-odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo'ladigan tasavvurlar, fikrlar, e'tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o'rganadi; mehnat psixologiyasi-kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o'rganadi; muhandislik psixologiyasi-avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini, odam-texnika o'rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyat-larini o'rganadi; yuridik psixologiya-xuquq sistemasining amal qilishi bilan bog'liq masalalarning psixologik asoslarini o'rganadi; harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo'ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilanoddiy askarlar o'rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o'rganadi; savdo psixologiyasi-jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari, extiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko'rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan, modalar psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarni o'rganadi; tibbiyot psixologiyasi-shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq- atvorining psixologik jihatlarini o'rganadi.
Har bir soha o'zining o'rganish predmetiga, vazifalariga, maqsadiga va metodlariga ega.
Kasb psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo'nalishdagi muammolarni ma'lum ma'noda o'rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatdagi ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo'lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o'ziga xos va yetakchidir.
Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo'lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to'la anglash, rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o'rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo'lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya falsafa bazasidan oladiva shu bilan birga o'zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma'lumotlarga ega bo'lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan-falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog'liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoarashni shakllantiri muammosi ko'ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g'oyani shakllantirish kabit dolzarb vazifani bajarishda xizmat qilmoqda.
Sosiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o'z taraqqiyotining muhim bosqichiga o'tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko'lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo'lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta'minlash ishiga xitzmat qiladi. Qolaversa, huquqiy, demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O'zbekiston aholisining xuquqiy madaniyatini va demokratik o'zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta'minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar dunyoqarashlaridagi o'zgarishlarni o'z vaqtida o'rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o'zaro hamkorligi va aloqasi an'anaviy hamla azaliy bo'lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o'ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi «Ta'lim to'g'risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o'zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo'ydi. Milliy dasturda e'tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo'lib yetishishi, barkamolligini kafolotlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta'lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o'z uslub va qoidalari yetarli bo'lmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta'lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o'qitish texnologiyalarini bola tomonidan o'zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intelektual qobiliyatlarga nechog'lik ta'sir ko'rsatayotganligini o'rganish asosida ta'lim-tarbiya ishini tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg'ynlashtirishni taqozo etadi.
Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.q. psixik xodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob'yektiv o'rganish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e'tirof etgan holda psixologiya fani taibiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi.
Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyat va zurur bo'lib, u inson shaxsining o'z-o'zini boshqarish, psixik jarayonlarni takomillashtirish borasia axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o'z o'rnida foydalanadi.
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o'zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo'nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.


Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish