2-mavzu Psixologiyaning ilmiy fan sifatida shakllanishi (19-20-asrlar).
R e j a :
Psixologiya xaqida umumiy tushuncha.
Psixologiya taabiy va ijtimoiy fan sifatida
Psixologiya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari.
Sharq mutafakkirlarining psixlogik qarashlari.
Talaba quyidagilarga e’tibor berishi lozim.
Psixologiya lotincha “psyuxe"-ruh, "logos"-fan, ta'Iimot degan so'zlardanoiinganbo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha qilib aytgandapsixologiya ruhshunoslik,insonshunoslik haqidagi fandir.
Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o’zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o’z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan1. Psixikaning asosiy vazifalari - aks ettirish - faoliyat va xatti-harakatlarni boshqarishdir.
Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko’rinishlarini o’rganuvchi fan.
Talaba ikkinchi savolda quyidagilarga e’tibor berishi lozim.
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi (Obyekt - kishilarning diqqatini o’ziga tortadigan moddiy va ma’naviy borliq. Predmet - moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o’rganiladigan masalalar).
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, kasbiy psixologiya kasb psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo’lib, aniq faoliyat, ya’ni ichki ishlar idoralari faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o’rganishga bag’ishlangan fan hisoblanadi.
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo’lib, umumiy psixologiyaning qonuniyatlarini o’rganadi va bu fanni samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.
Talaba uchinchi savolda quyidagilarga e’tibor berishi lozim.
Determinizm nimaq Determinizm so'zi sabab va oqibatning o'zaro birligini ifodalaydi. Bu prinsipga ko'ra sababsiz oqibat bo'lmaydi. Determinizm prinsipiga ko'ra psixika taraqqiyoti individning yashash muhiti bilan belgilanadi, ya'ni muhit o'zgarishi bilan psixika ham o'zgaradi. Masalan: qishloqda yaxshi dars o'ta olmaydigan qoloq bir maktabning o'quvchisi bilan shaharda maxsus chuqur ta'lim beriladigan lisey o'quvchisi tafakkuri o'rtasida farq bo'lishi tabiiy. Farqning sababi mavjud. Sababi muhit, shart-sharoitdir..
Ong va faoliyat birligi prinsipi. Bu prinsipga ko'ra ong va faoliyat o'zaro uzviy bog'liq hodisa hisoblanadi. Ya'ni biri ikkinchisini taqozo etadi. Mashhur rus psixologi Sergey Leonidovich Rubenshteyn psixologiyada ong va faoliyat birligi prinsipining asoschisi hisoblanadi. Dastlab bolada ongning shakllanishi uchun tug'ma imokniyatlar mavjud bo'ladi. Ammo uning shakllanishi bevosita faoliyatning shakllanishi bilan tarkib topadi. Ayni vaqtda faoliyat ongning shakllanishi va rivojlanishining negizi, o'z mohiyati manbai bo'lib xizmat qiladi. Ongsiz faoliyat bo'lmaydi, faoliyatsiz ong bo'lmaydi.
Psixikani faoliyatda taraqqiy etish prinsipi. Bu prinsipga ko'ra inson shaxsi va uning psixologik xususiyatlari faoliyatda taraqqiy etadi. Bu prisipning asoschisi psixologiyada faolyait nazariyasining asoschisi hisoblangan A.N.Leontyevdir. Leontyev o'zining «Psixika taraqqiyoti muammolari» nomli asarida quyidagi fikrni keltirgan: «Inson shaxsi va ongi faoliyatda shakllanadi, faoliyatd taraqqiy etadi va aynan shu faoliyatda namoyon bo'ladi».
Tarixiylik prinsipi. Psixologiyada biror voqelikni tadqiq etishni uning ayni paytgacha o'rganilish tarixi, jarayoni, ijobiy va salbiy jihatlari inobatga olinadi hamda tadqiqotchi tomonidan avval o'rganilmagan jihatlari yangilik sifatida kashf etiladi. Bu prinsipga asosan ilmiy tadqiqiy ishlarni amalga oshirishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |